346
to‘lqinlarni tadqiq qilishga qaratadi. Ayniqsa u siklning davomiyligini jahondagi
oltin zaxiralarining tebranishlari bilan bog‘lab, uni 3 yil u 4 oyga teng, deb
hisoblaydi. Kitchin sikli iste‘mol tovarlari bozorida
muvozanatlik buzilishi va
tiklanishi davridan iborat bo‘ladi. Har bir sikl iste‘mol tovarlariga talab nisbatlari
o‘zgargandagi yangi muvozanatlik bilan tugallanadi.
Tsikllarning asosiy turlari
23.3-jadval
Tsikl turlari
Tsiklning
davomiyligi
Asosiy xususiyatlari
Kitchin tsikli
2–4 yil
Zaxiralar miqdori: YaMM, inflyatsiya,
bandlikning tebranishi, tijorat tsikllari
Jyuglyar tsikli
7–12 yil
Investitsion tsikl: YaMM,
inflyatsiya va
bandlikning tebranishi
Kuznets tsikli
16-25 yil
Daromad
investitsiya
uy-joy qurilishi
yalpi talab
Kondratev
tsikli
40-60 yil
Texnika taraqqiyoti, tarkibiy o‘zgarishlar
Forrester tsikli
200 yil
Energiya va materiallar
Toffler tsikli
1000-2000 yil
Tsivilizatsiyalarning rivojlanishi
Jyuglyar tsikli
«biznes-tsikl», «sanoattsikli», «o‘rtachatsikl» va «kattatsikl»
kabi nomlar bilan ham ataladi. Oldingi davrlarda iqtisodiy fan 7-12 yillik tsikllarni
ajratib ko‘rsatganligi tufayli, aynan shu tsikl Frantsiya, Angliya va AQShda foiz
stavkalari va narxdagi tebranishlarni tahlil qilish asosida
sanoat siklining tabiatini
o‘rganishga kata hissa qo‘shgan Kleman Jyuglyar (1819-1905 yy.) nomi bilan
ataladi. Jyuglyar tsiklining davomiyligi ayrim iqtisodchilar qayd qilgan asosiy
kapital faol qismining jismoniy eskirishi ro‘y beradigan davrga mos keladi.
Birinchi sanoat tsikli 1825 yili Angliyada metallurgiya
va boshqa yetakchi
tarmoqlard amashinali ishlab chiqarish hukmron mavqeni egallagan davrda
kuzatiladi. 1836 yildagi inqiroz dastlab Angliyad aboshlanib,
keyin AQShga ham
tarqaladi, 1847-1848 yillarda AQSh va qator Evropa davlatlarida boshlangan
inqiroz tub mohiyatiga ko‘r abirinchi jahon sanoat inqirozi bo‘lgan.
347
Agar XIX asrda sanoat sikli 10-12 yilni tashkil qilgan bo‘lsa, XX asrda
uning davomiyligi 7-9 yil va undan ham kam davrgacha qisqargan.
1857 yilda qator G‘arbiy Evropa davlatlarini
qamrab olgan birinchi jahon
tsiklik inqirozi ro‘y bergan. 1873 yilda XIX asrdagi eng uzoq va talafotli
inqirozdan keyin 1882 va 1990 yillarda yana yangi inqiroz kuzatilgan.
1900-1901 yillarda bir vaqtda Rossiya va AQShda metallurgiya sanoatida
boshlangan inqiroz shiddatli ravishda barcha Evropa davlatlariga tarqalgan.
Iqtisodiyot tarixiga ―Buyuk depressiya‖ nomi bilan kirgan 1929-1933
yillardagi inqiroz eng talafotli va uzoq davom etgan inqiroz hisoblanadi. Bu
inqiroz davrida jahon ishlab chiqarishi hajmi 44%ga, jahon savdosi 62%ga
kamaygan. Inqiroz kuchaygan davrda yetakchi davlatlarda
ishsizlikning umumiy
soni 30-40 mln. kishiga etgan.
―Buyuk depressiya‖dan keyin 1974-1975 yillardagi inqiroz bir vaqtda deyarli
butun rivojlangan mamlakatlarni qamrab olib, ishlab chiqarish 12% ga qisqargan.
Bir qator mamlakatlar uchun 1980-1982 yillardagi inqiroz eng talafotli
hisoblanib, bu davrda band qilinmagan ishlab chiqarish quvvatlari Italiyada 30%ni,
Kanadada 30%dan ortiqni, AQSh qayta ishlash sanoatida 32,4%ni tashqil qilgan.
Dostları ilə paylaş: