Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə226/327
tarix07.01.2024
ölçüsü3,74 Mb.
#201807
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   327
ЖУРАЕВ дарслик-2018

3.
 
Inqirozlarning mazmuni, belgilari va turlari 
Inqiroz bir siklni nihoyasiga yetkazib, yana muqarrar ravishda inqiroz bilan 
tugaydigan yangisining boshlanishiga asos soladi.
Inqiroz paytida ishlab chiqarish va bandlik qisqaradi, ammo narxlar har 
doim pasayish tamoyiliga berilmaydi. Bu fazaning quyi nuqtasida ishlab chiqarish 
va bandlik o‘zining eng past darajasiga tushib ketishi orqali tavsiflanadi. 
Shunga 
ko’ra, iqtisodiy inqiroz ishlab chiqarish (xizmat ko’rsatish) hajmining keskin 
tushib ketishini anglatadi.
Inqirozning sababi shundan iboratki, jamiyatda ishlab chiqarilgan tovarlar 
massasi to‘lovga qobil talabga mos kelmay qoladi. Natijada ishlab chiqarishning 
bir qismi to‘xtab tovarlar taklifi kamayadi, ishlab chiqarishning o‘sish davri uning 
tushkunligi bilan almashinadi. Iqtisodiyotning o‘sishi inflyatsiya, darajasining 


350 
keskin ko‘tarilishi sababli orqaga ketadi. Iqtisodiy o‘sishning uzoq muddatli 
tamoyillari ham ishsizlik, ham inflyatsiya oqibatida uzilib qoladi va 
murakkablashadi.
Rivojlangan tovar xo‘jaligi paydo bo‘lgunga qadar ishlab chiqarishning 
keskin qisqarishi odatda tabiiy ofatlar (qurg‘oqchilik, toshqinlar va h.k.) yoki 
urushlar va ular keltiradigan vayronagarchiliklar bilan bog‘liq bo‘lgan. Yirik 
mashinali ishlab chiqarishga o‘tilgan davrdan keyingi vaqt-vaqti bilan iqtisodiyotni 
larzaga solib turuvchi iqtisodiy inqirozlar siklik tavsif kasb etgan. 
Inqirozni bir qancha mezonlar bo‘yicha turkumlash mumkin:
1.
 
Xo‘jalik 
tizimida 
muvozanatning 
buzilishko’lamiga 
ko’ra
inqirozlarni umumiy hamda ayrim sohalarda yuz beradigan turlarga ajratish 
mumkin. Umumiy inqirozlar butun milliy xo‘jalikni qamrab olsa, ikkinchisi 
qisman, ya‘ni ayrim sohalar yoki tarmoqlardagi tanglik sifatida ro‘y beradi. 
Ayrim sohalardagi inqirozlar o‘z ichiga moliyaviy pul-kredit va valyuta 
sohasidagi inqirozlarni oladi. AQSh va Evropaning aksariyat mamlakatlarida 2008 
yilda boshlangan inqiroz ham dastlab moliya sohasini, keyinchalik ishlab chiqarish 
sohasini ham qamrab olib, jahon moliyaviy – iqtisodiy inqirozga aylangan. 

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin