414
Bu jarayonni quyidagicha tushuntirish mumkin. Aytaylik ―A‖bankning
aktivlari 200000 mln so‘m bo‘lsin, bank uning bir qismini ehtiyot tarzda Markaziy
bankda saqlashi lozim. U asosiysi majburiyat bo‘yicha to‘lovga qobiliyatsizlik
xatarini kamaytirishga qaratiladi. Uning minimal
miqdori Markaziy bank
tomonidan majburiy ehtiyot normasi sifatida o‘rnatiladi va pul massasi va shu
orqali tartibga solish vazifasini bajaradi.
Agar bankning majburiyatlari 200000 mln so‘m bo‘lib, undan 40000 mln
so‘mini majburiy extiyotlarni tashkil etsa, uning normasi 20% ni tashkil etadi.
Bu normani Markaziy bank davlatning pul-kredit
siyosatidan kelib chiqib
belgilaydi. Tijorat banklar zarur extiyotlardan ortiq mablag‘larini boshqa banklarga
qarzga beradi.
Agar ehtiyot normasi 20% deb olsak, ―A‖bank 40000mln so‘mni
majburiy
ehtiyot sifatida saqlaydi, 160000mln so‘mni mijozlarga ssudaga berishi mumkin.
Bank kredit berganda bu summani mijozning joriy hisobiga o‘tkazadi. Ssuda olgan
tadbirkor o‘z navbatida sotib olgan tovari uchun chekni xizmat ko‘rsatuvchi
―B‖bankka o‘tkazadi. Natijada ―B‖bankda 160000mln so‘m
yangi pul massasi
paydo bo‘ldi
―B‖ bank bu pulning 32000mln so‘mini extiyotga o‘tkazib, qolgan
128000mln so‘mini qarzga berishi mumkin. Bu jarayon to‘xtovsiz
davom etib
natijada butun banklar tizimi tomonidan yaratilgan pul massasi miqdoran
to‘xtovsiz ortib boradi.