Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/327
tarix07.01.2024
ölçüsü3,74 Mb.
#201807
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   327
ЖУРАЕВ дарслик-2018

Talab funktsiyasi – 
talab hajmining uning miqdorini belgilovchi omillariga 
bog‘liqligidir. 
Talab funktsiyasi quyidagicha aniqlanadi: 
Q


= P. . . P
K
; I; T; . . .
Bu erda, 
Q
T
I
- i chi tovarlarga talab hajmi; 
P. . . P
K
 – 
barcha tovarlar narxi; 
I – 
pul daromadlari; 
T – 
iste‘molchi didi va afzal ko‘rishi. 
4.
 
Iqtisodiy resurslarga talab va taklifning shakllanish xususiyatlari 
Resurslar bozorida talab va taklifning qaror topishini o‘rganish shuning uchun 
muhimki, aynan shu bozorda, aholi pul daromadlari shakllanadi. O‘z tasarrufidagi 
mavjud resurslarni taqdim qilib, uy xo‘jaliklari, ish haqi, foyda, foiz va renta 
shaklidagi daromadni oladi. 
Iqtisodiy resurslar bozori – bu eng avvalo mazkur omillar xizmati bozoridir. 
Ularning sotib olinishi ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan xizmatlarining xarid qilinishini 
anglatadi. O‘z-o‘zidan aniqki, iqtisodiy resurslarning bir qismi (er, kapital) haqiqiy 
ma‘noda sotib olinib, o‘z aktivlariga aylantirilishi mumkin, boshqalari (ishchi 
kuchi, tadbirkorlik layoqati) ularning xizmatidan foydalanish imkoniyatiga ega 
bo‘lish uchun xarid qilinadi. 
Iqtisodiy resurslar bozorida talab va taklifning shakllanishi tovarlar bozoriga 
taqqoslanganda o‘z xususiyatlariga ega bo‘ladi. 
Birinchidan, resurslarga talab hosila talab hisoblanadi, ya‘ni ularga bo‘lgan 
talabni mazkur resurs yordamida ishlab chiqariladigan tovar yoki xizmatga bo‘lgan 


134 
talab belgilab beradi. Extiyojni qondirish uchun qaysi tovar, xizmat ko‘p miqdorda 
talab qilinsa, uni ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan resurs turiga ham talab 
shunchalik katta bo‘ladi. 
Ikkinchidan, iqtisodiy resurslarga talab ularning unumdorligiga bog‘liq 
bo‘ladi. Resurslar unumdorligi o‘sib borishi bilan ularga bo‘lgan talab ham ortib 
boradi va aksincha. 
Uchinchidan, resurslarga talab ular yordamida ishlab chiqariladigan tovarlar 
narxiga bog‘liq bo‘ladi. Agar tovar narxi o‘ssa, resurslarga talab ham ortadi va 
aksincha. 
To‘rtinchidan, resurslarga bo‘lgan talab birgalikda foydalaniladigan boshqa 
resurslar narxi va unumdorligiga bog‘liq bo‘ladi. Birgalikda foydalaniladigan 
resurs narxi esa, uning o‘rnini bosish darajasi va mahsulot chiqarish hajmi ta‘siriga 
bog‘liqlikda o‘zgarib turadi. 
Iqtisodiy resurslar taklifi ularning xususiyatidan kelib chiqib shakllanadi. 
Birinchidan, barcha iqtisodiy resurslarga xos bo‘lgan umumiy xususiyat, 
ularning ehtiyojlarga nisbatan cheklanganligi hisoblanadi. Shu sababli, iqtisodiy 
resurslar taklifini ularga talab o‘sishiga mos ravishda ko‘paytirib borish mumkin 
bo‘lmaydi. 
Ikkinchidan, har xil iqtisodiy resurslar bir xil bo‘lmagan harakatchanlikka, 
uning oqibatida taklifi turlicha egiluvchanlikga ega bo‘ladi. Agar iqtisodiy 
resurslar harakatchan bo‘lsa, nisbatan kuchsiz rag‘batlar ta‘sirida bir sohadan 
boshqasiga osonlik bilan almashadi, bunday resursning taklifi ham egiluvchan
ya‘ni unga narxning sezilarsiz oshishi natijasida faoliyatning mazkur sohasiga 
boshqa sohalardan etarlicha miqdordagi resurslar jalb qilinadi.
Uchinchidan, resurslarning harakatchanligi vaqt bo‘yicha ortib boradi. Vaqt 
o‘tishi bilan resurslarning umumiy miqdori ham nisbatan ortadi. 

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin