Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/327
tarix07.01.2024
ölçüsü3,74 Mb.
#201807
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   327
ЖУРАЕВ дарслик-2018

 
 
 
 
 
 
 
 
8.3-chizma. Taklif egri chizig’i
27
Bozorda taklif qilinadigan tovar hajmiga narxdan tashqari bir qator omillar 
ta‘sir qiladi. Bu omillarning asosiylari quyidagilar: 
1) Resurslarning narxi; 2) Ishlab chiqarish texnologiyasi; 
3) Soliq va dotatsiyalar; 4) Boshqa tovarlarning narxi; 
5) Narx o‘zgarishining kutilishi; 6) Bozordagi sotuvchilar soni. 
Taklifning shu omillardan bir yoki bir nechtasining o‘zgarishi taklif hajmining 
o‘zgarishini taqozo qiladi.
 
 
 
 
 
 
 
8.4-chizma.Taklifning narxdan tashqari omillar ta’sirida o’zgarishi
28
27
McConnell, Brue. Economics: principles, problems and policies. 20th edition. America, New York: McGraw-
Hill, 2014. page 51 


126 
Taklifga ta‘sir qiluvchi omillarni alohida qarab chiqamiz. 
1.
Resurslarning narxi.
Ishlab chiqarish xarajatlari va taklif o‘rtasida 
mustahkam o‘zaro bog‘liqlik mavjud. Resurs narxlarining pasayishi ishlab 
chiqarish xarajatlarini kamaytiradi va taklifni oshiradi. Aksincha, resurslarga 
narxning o‘sishi ishlab chiqarish xarajatlarini oshiradi va taklifni qisqartiradi. 
Masalan, mineral o‘g‘itlar narxining pasayishi bug‘doy taklifini oshiradi
yomg‘irlatib sug‘orish xarajatlarining oshishi makkajo‘xori doni taklifini 
qisqartiradi. 
2.
Ishlab chiqarish texnologiyasi.
Texnologiyalarning takomillashuvi 
mahsulot birligini ancha samarali ishlab chiqarishga imkon beradi. Resurslarning 
mavjud narxida ishlab chiqarish xarajatlari kamayadi va taklif ko‘payadi. Masalan, 
paxta zararkunandalariga qarshi kurashishning ancha samarali biologik usullarning 
yaratilishi paxta tolasining miqdorini va sifatini, binobarin taklifini oshiradi. 
3.
Soliqlar va dotatsiyalar darajasi.
Ko‘pchilik soliqlar ishlab chiqarish 
xarajatlari tarkibiga kiradi. Shu sababli soliqlarning oshishi ishlab chiqarish 
xarajatlarini oshiradi va taklifni qisqartiradi. Masalan, import tovarlarga boj to‘-
lovlarining oshishi uning taklifini qisqartiradi. Aksincha, davlat qandaydir tovar 
ishlab chiqarish yoki biror sohaga subsidiya bersa, bu amalda xarajatlarni 
kamaytiradi va uning taklifini oshiradi. 
4.
Boshqa tovar narxi.
Boshqa tovarlar narxining o‘zgarishi ham mazkur 
tovar taklifini o‘zgartiradi. Masalan, qo‘y go‘shti narxining pasayishi mol go‘shti 
taklifini oshiradi. Aksincha, mol go‘shti narxining tushishi qo‘y go‘shti taklifini 
oshiradi. 
5.
Narx o’zgarishining kutilishi.
Kelgusida mahsulot narxi o‘zgarishining 
kutilishi ham ishlab chiqaruvchining bugungi kundagi bozorga mahsulot etkazib 
berish xohishiga ta‘sir ko‘rsatishi mumkin. Masalan, kelajakda neft narxining 
keskin pasayishining kutilishi neftning taklifini kamaytiradi. 
28
McConnell, Brue. Economics: principles, problems and policies. 20th edition. America, New York: McGraw-
Hill, 2014. page 52 


127 
6.
Ishlab chiqaruvchilar
(sotuvchilar) 
soni
. Tovar ishlab chiqaruvchilar 
qanchalik ko‘p bo‘lsa, taklif qilinadigan mahsulot miqdori shunchalik ko‘p bo‘ladi. 
Tarmoqdagi ishlab chiqaruvchilar soni ortib borishi taklifni ko‘paytiradi, chunki 
tovar ishlab chiqarish ko‘payadi. 
Taklif hajmining o‘zgarishiga tovarning saqlanish xususiyati, saqlash va 
transport tashish xarajatlari ham ta‘sir ko‘rsatadi. Masalan, uzoq vaqt saqlab 
bo‘lmaydigan qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlari uchun taklif kamdan-
kam o‘zgaruvchan bo‘ladi. 
Ishlab chiqarish jarayonining xususiyati, tabiiy resurslarning mavjud darajasi 
ham taklifga ta‘sir ko‘rsatadi. Masalan, narxning o‘zgarishiga javoban ishlab 
chiqarishni kengaytirish yoki boshqa xil mahsulot ishlab chiqarishga o‘tish 
imkoniyati mavjud bo‘lsa taklif o‘zgaradi. Qishloq xo‘jaligiga yaroqli bo‘lgan erlar 
cheklangan bo‘lsa, uning narxi (renta) qanchalik oshmasin, yer taklifini oshirib 
bo‘lmaydi. 
Ijodiy soha xodimlarining (masalan, olimlar, shoirlar, yozuvchilar
musavvirlar va boshqalar) mehnat mahsuli va noyob san‘at asarlarining taklifi ham 
noo‘zgaruvchan bo‘ladi. 

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin