Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy


Narx va sotib olinadigan tovar miqdori o’rtasidagi bog’liqlik



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/327
tarix07.01.2024
ölçüsü3,74 Mb.
#201807
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   327
ЖУРАЕВ дарслик-2018

 
Narx va sotib olinadigan tovar miqdori o’rtasidagi bog’liqlik 
8.1-jadval 
Bir kg unning narxi (so’m) 
Talab qilinadigan unning 
miqdori (kg) 
1000 
2000 
3000 
4000 
5000 
80 
55 
35 
20 
10
 
Jadval ma‘lumotlari tovarga narxning pasayishi uning sotib olinadigan 
miqdorining o‘sishiga va aksincha, narxning o‘sishi uning miqdorining 
kamayishiga olib kelishini ko‘rsatadi. 
Mahsulot narxi va sotib olinadigan tovar 
miqdori o’rtasidagi bu teskari yoki qarama-qarshi bog’liqlik talab qonuni 
deyiladi.
Grafikda D egri chiziqda beshta narx-miqdor ko‘rkatkichlari bog‘liqligi aks 
etgan. Tobora pasayib boruvchi egri chiziq va kishilarni narx past bo‘lganda tovar, 
xizmat yoki resurslarni ko‘proq miqdorda sotib olishini ko‘rsatadi
22
 
22
McConnell, Brue. Economics: principles, problems and policies. 20th edition. America, New York: McGraw-Hill, 2014. 
page 45


121 
 
Iste‘molchilar ma‘lum bir tovarni uning narxi past bo‘lsa, ko‘proq sotib ola 
boshlaydi. Iste‘molchi uchun narx to‘siq sifatida chiqadi. Boshqacha aytganda
yuqori narx iste‘molchining xarid qilish istagini pasaytiradi, past narx esa bu 
istakni kuchaytiradi.
Real iqtisodiy hayotda ba‘zan narxlar o‘ssa-da ayrim tovarlarga talabning 
ortishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan holatlar ham uchraydi. Bu vaziyat Giffen 
samarasi deb ataladi (ingliz iqtisodchisi R.Giffen nomi bilan). Giffen kambag‘al 
ishchi oilalari kartoshka qimmatlashishiga qaramasdan uni iste‘mol qilish 
kengayishini kuzatib, bu samarani izohlab bergan. Tushuntirish shunga 
asoslanadiki, kartoshka kambag‘al oila iste‘molida mahsulotlarning asosiy qismini 
egallaydi. Agar go‘sht narxining o‘sishi ro‘y bersa, bunda kambag‘al oila go‘sht 
sotib olishdan umuman voz kechishga majbur bo‘ladi, o‘zining ko‘p bo‘lmagan 
daromadining barchasini narxi ortsa ham kartoshka sotib olishga sarflaydi.
Demak, bunday vaziyatda narxlarning oshishi ayrim tovarlarga talabning 
kamaymasdan, aksincha uning oshishiga olib kelishi mumkin. 
Tovar narxi va uning xarid qilinadigan miqdori (talabning) o‘rtasidagi teskari 
bog‘liqlikni oddiy ikki o‘lchamli grafikda tasvirlash mumkin: yotiq chiziq talab 
miqdorini, tik chiziq narxni ko‘rsatadi. 
Grafikdagi DD chiziq narx va talab hajmi o‘rtasidagi teskari bog‘liqlikni aks 
ettiradi. 


122 
Bunda har bir nuqta tovarning aniq narxi va iste‘molchi shu narxda sotib 
olishi mumkin bo‘lgan tovar miqdorini ko‘rsatadi.
Narx va talabning hajmi o‘rtasidagi teskari bog‘liqlikni ko‘rsatuvchi bu chiziq 
talab egri chizig’i
deyiladi. 

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin