Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy


VIII BOB. TALAB VA TAKLIF NAZARIYASI. BOZOR MUVOZANATI



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/327
tarix07.01.2024
ölçüsü3,74 Mb.
#201807
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   327
ЖУРАЕВ дарслик-2018

VIII BOB. TALAB VA TAKLIF NAZARIYASI. BOZOR MUVOZANATI 
 
1.
 
Talab tushunchasi va uning miqdoriga ta’sir qiluvchi omillar. Talab 
qonuni. 
2.
 
Taklif tushunchasi va uning miqdoriga ta’sir qiluvchi omillar. Taklif 
qonuni. 
3.
 
Talab va taklif nisbati hamda uning o’zgarishi. Bozor muvozanati. 
4.
 
Iqtisodiy resurslarga talab va taklifning shakllanish xususiyatlari.
 
1.
 
Talab tushunchasi va uning miqdoriga ta’sir qiluvchi omillar. Talab qonuni 
Ehtiyoj tushunchasi kishilarning hayotiy vositalariga bo‘lgan zaruriyatini 
ifodalovchi ilmiy kategoriya sifatida taraqqiyotning hamma bosqichlari uchun 
umumiy va doimiydir. Uning bozor iqtisodiyoti sharoitidagi tarixiy ko‘rinishi talab 
tushunchasidir. 
Ehtiyojning faqat pul bilan ta‘minlangan qismi talabga aylanishi mumkin. 
Ehtiyoj zarur miqdordagi pul bilan ta‘minlanmasa, u «xohish», «istak» bo‘lib qola-
veradi. Talabning bir qator muqobil variantlari mavjud bo‘ladi, chunki narx 
o‘zgarishi bilan tovarning sotib olinadigan miqdori ham o‘zgaradi. Shu 
bog‘liqlikdan kelib chiqib, talabga quyidagicha ta‘rif berish mumkin. 
Talab-iste’molchi narxlarning xar hil darajasida tovar va xizmatlarning 
aniq turining sotib olish mumkin bo’lgan miqdoridir.
Bu ta‘rif talabning 
miqdor tavsifini ham ifodalaydi. Talabning sifat tavsifi shundaki, u iste‘molchining 
tovarlarga bo‘lgan pul bilan ta‘minlangan ehtiyojini ifodalaydi.
Tovar yoki xizmatlarga bo‘lgan talabning ikki turi farq qiladi: 
individual 
talab va bozor talabi
. Har bir iste‘molchining tovarlarning biror turiga bo‘lgan 
talabi 
individual talab 
deyiladi. Iste‘molchilarning bir turdagi tovar yoki xizmatga 
bo‘lgan talablari yig‘indisi 
bozor talabi 
deyiladi. 
Individual va bozor talabi ham miqdor jihatdan aniqlanadi. Lekin bu miqdor 
har doim ham bir xil bo‘lib turmaydi, balki o‘zgaruvchan bo‘ladi. Talab 


120 
miqdorining o‘zgarishiga bir qancha omillar ta‘sir qiladi. Ulardan eng asosiysi
narxdir. 
Narx va sotib olinadigan tovarlar miqdori o‘rtasidagi mavjud bog‘liqlikni 
quyidagicha tasvirlash mumkin. 

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin