keyingi qo’shilgan naflilik, ishlab chiqarish xarajatlari, talab va taklif nazariyasini uyg‘unlashtirib narxning mazmunini ochishga harakat
qiladi. U qiymatning amal qilishini inkor qilib, faqat almashuv qiymatni tan oladi.
Uning fikri bo‘yicha shu almashuv qiymat – narxdir.
A. Marshall fikricha narx – bu tovar va xizmatlarning foydaliligini, ya‘ni
kishilarga naf keltirishini baholash vositasi bo‘lib, tovar birligi uchun to‘lanadigan
pul miqdori bilan o‘lchanadi.
Bunda ikki xil narxni ajratib ko‘rsatishadi.
a) talab narxi. Bu – narx har bir tovar birligining xaridorlarni o‘ziga jalb
qila olish qobiliyatidir, istaklar ko‘paysa u ortadi.
b) taklif narxi – bu tovarning sotuvga kelib tushgan narxidir.
Narx – talab va taklifning muayyan nisbatida, tovar (xizmati)ni ishlab
chiqarishga ketgan iqtisodiy resurs xarajatlari hamda uning nafliligining pul
ko‘rinishida mujassamlatiradi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida narx bir qator vazifalarni bajaradi:
1. Bozor muvozanatini ta’minlash . Bunda narx bozordagi talab va taklifga
ta‘sir ko‘rsatish orqali ularni muvozanat holatiga keltiradi. Bozor narxi-bu
muvozanatli narx bo‘lib, u bozorda talab va takliflarning mos tushganligini
bildiradi.
2. Iqtisodiyotni tartibga solish . Narx bozor iqtisodiyotining asosiy tartibga
solish mexanizmidir. Ayni vaqtda davlat ham uning quyi va yuqori chegarasini
belgilab iqtisodiy faollikka ta‘sir ko‘rsatadi. Ishlab chiqaruvchilar narx
o‘zgarishiga qarab ish yuritadilar. U bozor holatini ko‘rsatib turadi. Masalan: «A»
tovarga bo‘lgan talab oshsa narx ham oshadi, bu esa tadbirkorlarni shu tovarni
ishlab chiqarishni rag‘batlantiradi va aksincha.