Umum ishlab chiqarish xarajatlari har bir korxonada, jamoa tarmoqni boshqarishga doir xizmat va xarajatlarni o`z ichiga oladi. Davr sarflari schetida xo`jlaikni hamma tarmoqlarining boshqarish va unga xizmat qilish xarajatlari kiradi. Davlat korxonalarida bunday xarajatlar limitlangan bo`ladi. Belgilangan limitlangan summa chegara hisoblanib, undan ortiq sarf etish mumkin emas. Yuqori tashkilot tomonidan hamda moliya tomonidan uni qisqartirish bo`yicha doim nazoratga olinib turiladi. Ortib qolgan summa davlat byudjetiga qaytariladi.
Umum ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish, umum ishlab chiqarish xarajatlari to`g`ridan-to`g`ri ekinlarga, mahsulotlarga yozish mumkin emas. Bo`lgan xarajatlar qatoriga kiradi. Chunki umum ishlab chiqarish xarajatlari xo`jaliklarining ayrim tarmog`iga, tarmoqlar ichida uning bir bo`lagiga xizmat qiladiganlarga qilingan xarajatlarni hisobga olib boradi. Umum ishlab chiqarish scheti yig`ib taqsimlovchi schetlar qatoriga kiradi. Shuning uchun xo`jalikda dehqonchilik, chorvachilik, sanoat ishlab chiqarish va boshqa tarmoqlar bo`lganligidan umum ishlab chiqarish tarmoqlariga ajraladi. Har bir tarmoqqa xarajatlar uchun alohida subschet ochilib, shu tarmoq uchun qilingan xarajatlar debetiga yoziladi. O`zini hisobga olgan tarmog`iga belgilangan tartibda yil oxirida taqsim qilinadi. Umum ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga oladigan schetda qoldiq qolmaydi.
Ushbu yuqoridagi xarajatlardan alohida analitik schetlar ochilib qilingan xarajatni debet tomoniga yoziladi. Umum tarmoqqa mo`ljallangan asosiy vositalarni saqlashda, binolarni inshootlarni, dehqonchilik uchun mo`ljallangan agronomiya laboratoriyalarni, chorvachilikda veterinariya, veterinariya aptekalari, ularga berkitilgan avtomashina xarajatlari va asosiy vositalarni amortizatsiya summalari hisobga olinadi.
Yengil transportni saqlash. Bu moddaga yengil avtomashinalar, motosikl uchun sarflanadigan hamma xarajatlar hisobga olinadi. Yoqilg`i xarajati balon yamash, raqam olish xarajati, akkumlyatorlarni zaryadlash xarajati va umum tarmoqqa doir xarajatlar kiradi.
Dala shiyponlarini saqlash moddasiga vaqtincha qurilgan nokapital xarajatlari bin ova inshootlarni jihozlash xarajatlari kiradi (palatkalar, furgonlar, vagon uychalar, yig`ma binolar). Dala shiyponidagi asosiy vositalarni amortizatsiya summasi ham kiradi.
Transport xizmati ko`rsatiladigan ishlar:
bir hududdan boshqa hududga olib borish;
traktor va kombaynlar uchun suv va yoqilg`i tashib berish;
chorvachilik tarmog`ini bir joydan boshqa joyga ko`cherish xarajatlari kiradi.
Umum ishlab chiqarish uchun materiallar sarflansa DT 2510, KT 1000 bo`ladi. Joriy yil yoki yil oxirida umum ishlab chiqarish xarajatlari asosiy ishlab chiqarish tarmog`iga taqsimlansa DT 2010, KT 2510 kelgusi davr xarajatlariga debet 2310, KT 2510, tabiiy ofatdan ko`rilgan zararlar (sug`urta qilinmagan) summasi foydadan kamaytirilganda DT 9720, KT 2510.
Umum ishlab chiqarish xarajatlari uchun xarajat moddali belgilangan bo`ladi. Bu moddalar quyidagilardan iborat:
umum tarmoqqa mo’ljallangan asosiy vositalarni saqlash;
yengil transportni saqlash;
dala shiyponlarini saqlash (dehqonchilik uchun);
transport xizmati ko`rsatiladigan ishlar.
Tarmoqning boshqaruv apparatalarini saqlashda dehqonchilik uchun agronomik uchastka boshliqlarini, umum ishlab chiqarishda xizmat qilayotgan buxgalterlarni, ta’belchilarni hamda bo`lim bo`yicha xizmat qilayotgan boshqa xizmatchilarga hisoblangan asosiy va qo`shimcha ish haqlari hisobga olindi.
Mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi moddasiga to`siqlar, agregatlar, signalizatsiya, ventelyatsiya va shunga o`xshashlarga sarflanadigan xarajatlar hisobga olinadi.
Mahsulot tannarxini aniqlashda kalkulyatsion birlikni aniq belgilash muhim masala hisoblanadi.
Kalkulyatsiya birligi - bu kalkulyatsiya obyekti o`lchovidir. Uni tanlash mahsulotni tayyorlash xususiyatlari , nomenklatura kengligi, o`lchashda qo`llaniladigan birliklar, amaldagi andozalar va ishlab chiqariladigan mahsulotning texnik shartariga bog`liq bo`ladi.
Masalan, sut mahsulotlari bo`yicha kalkulyatsiya obyektlarini belgilashda ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlariga muvofiq, ularning nomi, yog`lilik darajasi va idishning turiga qaraladi. Aytaylik, bir metr qog`oz idishdagi 3,2% yog`lilikka ega sut, 0,5 metr sig`imdagi polietilen idishdagi 20% yog`lilikdagi smetana, 250 gr. og`irlikdagi o`rama qog`ozli yog`sizlantirilgan tvorog va hokazo.
Amaliy faoliyatda ishlab chiqarish korxonalari kalkulyatsiya birliklarining quyidagi guruhlaridan foydalanadilar:
tabiiy birliklar – dona, kilogram, tonna, metr, kub metr, kilovatt-soat va h.k;
shartli tabiiy birliklar – konservalar shartli bankalari va h.k.;
foydalaniladigan birliklar – quvvat mahsuldorlik va h.k;
ish birliklari – tashib keltirilgan yukning bir tonnasi, yo`l qoplamasining 100 metri va h.k;
vaqt birliklari – mashina-kun, mashina-soat, norma-soat va h.k.
1 O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 25-dekabrdagi 567-sonli qarori bilan o`zgartirish kiritilgan.