Bozor iqtisodiyoti sharoitida tavakkalchilikni boshqarishning nazariy asoslari



Yüklə 144,61 Kb.
səhifə1/15
tarix01.05.2023
ölçüsü144,61 Kb.
#105456
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
14d-21 Abdujamilov Avazbek (2)


Bozor iqtisodiyoti sharoitida tavakkalchilikni boshqarishning nazariy asoslari.

Kirish
I-BOB. Tavakkalchilik tushunchasi va uni boshqarish.


1.1. Bozor iqtisodiyoti davrida tavakkalchilikning tadbirkorlik faoliyatiga ta’siri.

1.2. Bozor iqtisodiyoti sharoitida tadbirkorlik faoliyati bilan bog’liq


tavakkalchiliklarning turlari.

1.3 Tadbirkorlik tavakkalchiliklarini boshqarish jarayoni. Tavakkalchilikni

Baholash usullari.


II-BOB. Bozor iqtisodiyoti sharoitida tavakkalchilikni kamaytirish yo’llari.
2.1. Tavakkalchilikni o’lchash.
2.2. Bozor iqtisodiyoti sharoitida tavakkalchilikni kamaytirish yo’llari.
2.3. Tavakkalchilikni (yo’qotishlarni) pasaytirish.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish.
Tavakkalchilik-bu muqarrar tanlov vaziyatidagi noaniqliklarni bartaraf etish bilan bog’liq jarayonda ko’zlangan natijalarga erishish omadsizlik va maqsaddan chekinish ehtimolini miqdor va sifat jihatdan baholash imkoniyati mavjud holdagi faoliyatidir.
Ko’rsatib o’tilgan elementlar, ularning o’zaro bog’liqligi va o’zaro ta’sirchangligi tavakkalchilikning mazmun mohiyatida namoyon bo’ladi.
Shu bilan bir qatorda tavakkalchilikka uning mohiyatini anglash imkonini beruvchi bir qancha xislatlar xosdir. Unga quyidagi xislatlar kiradi.
-qarama-qarshilik (zidlik)
-alternativlik (muqobillik)
-noaniqlik (mavhumlilik)
Qarama-qarshilik-tavakkalchilikning muhim xislatlaridan biri bo’lib, u turli qarashlarda namoyon bo’ladi.
Tavakkalchilikning bu xususiyati muhim iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy ruhiy oqibatga sabab bo’ladi, chunki u jamiyat va texnika taraqqiyotini ta’minlaydi, jamoatchilikning fikrlash doirasiga ijobiy ta’sir etadi. Ikkinchi tomondan, tavakkalchilik avantyurizm, valyuntarizm, sub’ektivizmga, ijtimoiy taraqqiyotni tormozlashga olib keladi.
Tavakkalchilikning qarama-qarshi tabiati mavjud tavakkal harakatlarning to’qnashuvida namoyon bo’ladi. Masalan, u yoki bu harakatni amalga oshirish uchun maqbul yo’lni tanlagan kishi o’zini tavakkal ish qilgan deb hisoblasa, boshqa odamlar tomonidan u ehtiyotkorlik, har qanday tavakkalchilikdan xolis yoki aksincha deb baholash mumkin.
Tavakkalchilikning muqobillik xususiyati ikki va undan ortiq variantdagi imkoniyatlar yo’nalishlar harakatlar orasidan o’ziga mos - keluvchi variantni tanlash zaruratidan kelib chiqadi. Tanlov imkoniyatining mavjud bo’lmasligi, tavakkalchilik holatini inkor etadi. Qayerdagi tanlov bo’lmasa u yerda tavakkal harakatdagi vaziyat yuzaga kelmaydi, demak tavakkalchilik mavjud bo’lmaydi.
Tavakkalchilikning bu xislatiga e’tiborni qaratishimizning muhimligi shundan iborat-ki, u noaniqlikning ob’ektiv va sub’ektiv manbalarini inkor etadi va boshqaruv jarayonlarini amalda optimallashtiradi, kolaversa gap qandaydir noaniqliklarni to’liq bartaraf etish ustida emas (amalda mumkin bo’lmagan), balki ratsional alternativani tanlash maqsadida tavakkalchilikni hisobga olish zarurati ustida ketmoqda.

I-BOB. Tavakkalchilik tushunchasi va uni boshqarish.



Yüklə 144,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin