BOZOR IQTISODIYOTI VA VAZIFALARI
Iqtisodiyot ilmi hamma zamonlarda ham insoniyat uchun muhim ahamiyat kasb etib kelgan. Bu ilm jamiyat hayotining barcha jabhalariga oid muammolarni hal etish kaliti hisoblanadi. U jamiyat a'zolarida iqtisodiy tafakkurni shakllantiradi, iqtisodiy resurslardan tejamkorlik bilan foydalanishni o'rgatadi, ularda ishbilarmonlik va tashabbuskorlik xislatlarini shakllantirishga ko'maklashadi.
0‘tgan asming oxirgi 10-yilida dunyo siyosiy xaritasida sodir bo‘lgan tub o‘zgarishlar, xususan, 0‘zbekistonning o‘z mustaqilligiga erishib, bozor iqtisodiyoti tizimiga o'tishi natijasida xalqimizning iqtisodiy bilimlarga bo‘lgan qiziqishi keskin darajada ortib ketdi. Respublikamiz Prezidenti I. A. Karimov 0‘zbekistonning kelajagi buyuk davlat ekanini har taraflama va ilmiy asoslab berdi. Shu bilan birgalikda buyuk kelajakni yaqinlashtirish, awalambor, iqtisodiyotga, uning o‘sish sur'atlariga bog'liq ekani Yurtboshimizning ko'pdan ko‘p chiqishlarida va asarlarida o‘z ifodasini topdi.
Shu munosabat bilan jamiyat a'zolari, ayniqsa, yoshlarga iqtisodiy ta'lim berish, xususan, bozor iqtisodiyoti asoslarini o‘rgatish o‘ta dolzarb vazifaga aylandi. Bozor, pul, moliya, kredit, daromad, foyda, marketing, menejment kabi iqtisodiy tushunchalar kishi ongiga yoshligidan qanchalik singib borsa, uning iqtisodiy tafakkuri shuncha erta shakllanadi. Shuning uchun iqtisodiy savodxonlikni shakllantirish umumiy o'rta ta’lim maktablaridan boshlanib, o‘rta maxsus va kasb- hunar ta'limi muassasalari (litsey va kollejlarjda, shuningdek, oliy o‘quv yurtlarida yuqoriroq darajada davom ettirilishi kerak. Mana shunday uzluksiz iqtisodiy ta'lim yoshlarimizga davlatning tashqi va ichki siyosatini, mamlakatda ro‘y berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlami va iqtisodiy taraqqiyotning jamiyat oldida turgan dolzarb muammolarini xolisona baholash uchun zarur bo'lgan bilimlarni beradi. Qolaversa, ularni jamiyatning iqtisodiy faol va tashabbuskor a'zolariga aylantiradi.
Yoshlar zimmasida iqtisodiy bilimlarni o‘rganish, ularni kundalik hayotga tatbiq etish vazifasi yotar ekan, bu vazifani hal etish ko‘p jihatdan ularning kerakli o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlanganiga bog'liqligi o‘z-o‘zidan ayon.
Shu nuqtayi nazardan qaraydigan bo'lsak, respublikada taniqli iqtisodchi olim-pedagog, professorToshturg'un Ergashevning ..Bozor iqtisodiyoti“. darsligi o‘rta maxsus va kasb-hunar ta'limi muassasalari uchun tayyorlangan bo‘lib, undan oliy o‘quv yurtlari talabalari va
keng kitobxonlar ommasi ham foydalanishlari mumkin. Darslikda bozor iqtisodiyotining asosiy tushunchalari va kategoriyalari, uning nazariyasi va amaliyoti, mazkur tizimni hayotga tatbiq etishda O'zbekistondagi o‘ziga xosliklar, yangi sharoitda tadbirkorlik, marketing, menejment asoslari, bozor munosabatlari mexanizmi, iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning roli kabi muhim masalalar talabalar uchun tushunarli tilda bayon etilgan.
Respublikamiz Prezidenti I. A. Karimov ma'naviy jihatdan mukammal insonni tarbiyalash, rnilliy uyg'onish g'oyasini ro'yobga chiqaradigan yangi avlodni voyaga yetkazish davlatimizning eng muhim vazifalaridan biri ekanini asoslab bergan. Eu vazifaning qo'yilishidan ko‘zlangan pirovard maqsad o'zining mustaqil iqtisodiy tafakkuriga va fuqarolik pozitsiyasiga ega bo'lgan, jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo'sha oladigan insonlarni tarbiyalashdir.
Siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy sohalarda shiddat bilan kechayotgan globallashuv (dunyoviylashuv) jarayonlari, tabiiyki, 0‘zbekistonni ham o‘z domiga tortmoqda. Binobarin, bu jarayonlardan hech kim chetda qolib ketmaydi. Ayniqsa, bugungi yoshlar.
Umid qilamizki, bugun Siz qo'lingizga olgan kitobda keltirilgan bilim va ma’lumotlar Sizni teran iqtisodiy tafakkurga ega bo'lgan, jamiyatimiz oldida turgan dolzarb vazifalar va muammolarni hal etishda, respublika iqtisodiyotining globallashuv jarayonlarida faol qatnasha oluvchi inson sifatida shakllanishingiz uchun mustahkam zamin yaratadi.
Insoniyat tarixining asosida, uning intilishlari va kurashlari zamirida odamlarni harakatga keltiruvchi bir narsa bo'rki, uni biz ehtiyojlar deb ataymiz. Ana shu ehtiyojlar ayrim shaxslarni ham, butun oilalar-u xonadonlarni, korxonalar-u firmalarni va hatto, mamlakatlar huku- matlarini ham harakatga keltiradi. Tabiatan turli-tuman boigan mazkur ehtiyojlarni qondirish uchun boigan xatti-harakatlar va kurashlar muayyan xo'jalik faoliyati tusini oladi.
Insoniyat ehtiyojlari, bir tomondan, turli-tuman (moddiy va ma'naviy) boisa, ikkinchi tomondan, doimo o‘sib boradi. Bu masalaning bir tomoni. Uning ikkinchi va muhim tomoni shundaki, ehtiyojlarni qondirish imkoniyatlari hamma vaqt ham cheklangan boiadi. Demak, insoniyat cheklangan imkoniyatlar doirasida o‘z ehtiyojlarini toiaroq qondirish muammosiga doim duch keladi. Ana shu muammo iqtisodiyot ilmining obyektini tashkil etadi.
Muammoning qay darajada hal qilinishi ko‘p jihatdan mazkur mamlakatdagi iqtisodiy tizim va munosabatlarga bog‘Iiq. Chunki har qanday jamiyatda odamlarning xo‘jalik faoliyati muayyan iqtisodiy tizim sharoitida kechadi. Insoniyat o‘z taraqqiyotida bir necha iqtisodiy tizimlarni kashfetgan.
Aziz o'quvchi, sizning qo'lingizdagi darslik ..Bozor iqtisodiyoti“ deb ataluvchi tizimga bag'ishlanadi.
Siz kelajakda fizik yoki matematik, agronom yoki rassom bo'lishlikka jazm qildingiz, deylik. U holda sizda „Menga iqtisodiyot ilmini, umuman, bozor iqtisodiyotini o ‘rganish nima uchun kerak?“ degan savol tug‘ilishi mumkin. Shuning uchun bu ilmni o‘rganish zarurligini tasdiqlovchi bir necha sabablarni aytib o‘tamiz.
Dostları ilə paylaş: |