Birinchidan, iqtisodiyot sohasidagi bilimlar sizga erkin, demokratik jamiyatda kamol topayotgan shaxs sifatida zarur. Kelajagi buyuk davlat quruvchisi, awalambor, keng va erkin fikrlovchi, har tomonlama o'qimishli, savodli va bilimdon shaxs bo'lishi kerak. Hozirgi kunda Yurtboshimiz I. A. Karimov tomonidan barkamol avlodni yetishtirish va tarbiyalash ustuvor vazifa sifatida kun tartibiga qo'yilgan ekan, barkamollikning birinchi va eng muhim belgilari yuqorida aytib o'tilgan xislatlardir.
Ikkinchidan, har bir inson o‘z hayoti davomida iste’molchi vazifasini o'taydi. U turli-tuman moddiy va ma’naviy ne’matlarni iste’mol qiladi, ya'ni oziq-ovqat, kiyim-kechak, kitoblar sotib oladi,
turar joy ehtiyojlarini qondiradi, turli tomoshagohlarga boradi, sayohatga chiqadi va hokazo.
Iste'molchi sifatida bu ehtiyojlarni to'laroq qondirishga qaratilgan intilishlar, albatta, imkoniyatlar cheklangan sharoitda sodir bo'ladi. Bunday sharoitda, birinchi navbatda, nimani sotib olish kerag-u, nimani keyingi navbatda xarid qilish maqsadga muvofiq yoki vaqtincha bo'sh shaxsiy jamg‘armani bank depozitiga qo‘ygan ma'qulmi yoki aksiya sotib olganmi — bu ishlarni oqilona hal qilish uchun har bir kishi iqtisodiy jihatdan savodxon bo'lishi kerak.
Uchinchidart, har bir inson o‘z mamlakatining fuqarosi sifatida maydonga chiqadi. Faol fuqaro hech qachon o‘z yurtida, mintaqa yoki mamlakatida amalga oshirilayotgan iqtisodiy siyosatdan chetda tura olmaydi va unga befarq qaray olmaydi. Prezident va parlament saylovlaridagi nomzodlarning iqtisodiy dasturlari va bu saylovlar kampaniyasi uchun sarflanayotgan sarf-xarajatlarni mushohada qilish va tegishli xulosalar chiqarish uchun ham iqtisodiy bilimlar zarur.
To‘rtinchidan, har qanday mamlakatning fuqarosi ayni vaqtda, soliq to'lovchi hamdir. Demak, u vaqt-vaqti bilan soliq idoralari va inspektorlari bilan yuzma-yuz bo‘lib turadi. Orada paydo bo‘lishi mumkin bo'lgan ixtiloflarni madaniy tarzda bartaraf etish uchun esa iqtisodiy bilimlar zarur.
Va nihoyat, beshinchidan, siz kelajakda fizikmi yoki agronom bo'lmang, baribir, taqdir taqozosi bilan biron bir korxona yoki tashkilotga rahbar bo‘lish ehtimolingiz yo‘q emas. Hech qachon, ayniqsa, bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy bilimlarsiz samarali rahbarlikni amalga oshirish mumkin emas.
Qolaversa, yana bir narsani ta'kidlab o‘tish joizki, bozor munosabatlari arnal qiluvchi sharoitda inson turli iqtisodiy xavf- xatardan, masalan, pul qadrsizlanishining kuchayib ketishi, aksiyalari sotib olingan korxona (firma)ning bankrotga uchrab qolishi va hokazolardan kafolatlangan emas. Iqtisodiy bilimlarga ega bo‘lgan kishi bunday xavf-xatarlardan kamroq ziyon ko'radi, desak xato boMmaydi.
Xullas, siz „Bozor iqtisodiyoti“ kursini qancha chuqur va mukammal o'rganish uchun sabr-toqat qilsangiz, undan shuncha ko‘proq naf ko'rasiz.
MAVZU:
BOZOR IQTISODIYOTI VA VAZIFALARI
Bajardi: Zigangirov Ildar
Tekshirdi: ______________________
Toshkent 2023 - yil
Dostları ilə paylaş: |