Institutsional o‘zgarishlar. Mazkur o‘zgarishlar quyidagi sohalarni qamrab oladi:
mulkchilik munosabatlarini o‘zgartirish, jumladan, xususiy sektorni yaratish;
bozor infratuzilmasini (tijorat banklari, tovar va fond birjalari, investitsiya fondlari va h.k.) shakllantirish;
iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning yangi tizimini yaratish;
bozor sharoitlariga mos tushuvchi xo‘jalik qonunchiligini qabul qilish va boshqalar.
4. Tarkibiy o‘zgarishlar.Tarkibiy o‘zgarishlar birinchi navbatda iqtisodiyot va uning alohida tarmoqlari tarkibida oldingi tizimdan qolgan nomutanosibliklarni yumshatish yoki bartaraf etishga yo‘naltirilgan. Iqtisodiyot tarkibiy tuzilishini qayta qurishdan asosiy maqsad – ichki va tashqi bozorlarda to‘lovga qodir talabga ega bo‘lgan mahsulotlarni ishlab chiqarilishini rivojlantirishdan iborat.
5. Makroiqtisodiy, asosan, moliyaviy barqarorlashtirish.Aslini olganda, bu jarayon tizimiy islohotlar qatoriga kirmaydi, chunki u bozor iqtisodiyoti barqaror amal qilayotgan mamlakatlarda ham tez-tez o‘tkazilib turadi. Bu yo‘nalishning muhim ahamiyati shundan kelib chiqadiki, ma’muriy- buyruqbozlik tizimining inqirozi eng avvalo va kuchli ravishda moliyaviy sohada, ayniqsa yuqori inflyatsiya shaklida namoyon bo‘ladi. Inflyatsiyaning uzoq vaqt mavjud bo‘lishi bozor munosabatlarining normal qaror topishiga to‘sqinlik qiladi, shuning uchun uni bartaraf etish o‘tish davri iqtisodiyoti uchun o‘ta muhim hisoblanadi. Makroiqtisodiy barqarorlashtirish chora-tadbirlari tizimiga pul emissiyasini cheklash, davlat byudjeti taqchilligini qisqartirish, ijobiy foiz stavkasini ta’minlash va boshqalar kiradi.
6.
Iqtisodiyotni tubdan isloh qilishga Prezidentimiz I.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan quyidagi beshta muhim tamoyil asos qilib olingan:
- bozor munosabatlarini bosqichma-bosqich qaror toptirish.
- o‘tish davrida davlatning bosh islohotchi bo‘lishi;
bozor munosabatlariga o‘tish bilan bir qatorda aholini ijtimoiy himoyalash sohasida kuchli chora-tadbirlarni amalga oshirish.
butun yangilanish va taraqqiyot jarayoni qonunlarga asoslanishi, qonunlar ustunligining ta’minlanishi;
- iqtisodiyotni mafkuradan xoli qilish, uning ustunligini ta’minlash;
Iqtisodiy munosabatlar va tashkiliy-boshqaruv tuzilmalarining bir turidan butunlay boshqa yangi turiga o‘tish, iqtisodiy islohotlar strategiyasini ishlab chiqish va uning asosiy yo‘nalishlarini aniqlab olishni taqozo qiladi.