cheklangan axborot – turli resurslarning narx darajasi va ularning sarflanish darajasiga yo'nalgan holda bozor iqtisodiyotining muvaffaqiyatli amal qila olish imkoniyati.
bozor iqtisodiyotining asosiy ziddiyatlariga quyidagilar kiradi
u o'zining bosh nazorat mexanizmi — raqobatning kuchsizlanishiga yo'l qo'yadi va hatto buni rag'batlantiradi.
jamiyat a'zolari daromadlaridagi tengsizlikning kuchayib borishi va aholining tabaqalanishiga olib keladi.
bozor iqtisodiyotida raqobat kuchsizlanishining ikkita asosiy manbai mavjud:
1
raqobatlashuvning noqonuniy usullari (masalan, jismoniy kuch ishlatish, zo'ravonlik, tazyiq o'tkazish va h.k.) ni qo'llash
1) bozor iqtisodiyoti sharoitidagi erkin muhitda tadbirkorlar foyda ketidan quvib va o'z iqtisodiy mavqelarini yaxshilashga intilib, raqobatning cheklangan yo'lidan ozod bo'lishga harakat qiladilar.
– bularning barchasi raqobatning kuchsizlanishi va uning tartibga soluvchilik ta'sirining pasayishiga olib keladi;
2) bozor tizimi rag'batlantiradigan texnika taraqqiyoti ham raqobatning zaiflashishiga olib keladi. Eng yangi texnologiya, odatda:
1
juda katta miqdordagi real kapitaldan foydalanishni;
boy va ishonchli xomashyo manbalarini talab qiladi.
bunday texnologiya bozorning hajmiga nisbatan keng miqyosdagi hisoblanuvchi ishlab chiqaruvchilar mavjud bo'lishi zarurligini bildiradi. boshqacha aytganda, eng yangi texnologiyani qo'llash asosida ishlab chiqarishning eng yuqori samaradorligiga erishish, aksariyat hollarda ko'p miqdordagi mayda firmalar emas, uncha ko'p bo'lmagan yirik ishlab chiqaruvchilar mavjud bo'lishini taqozo qiladi.