Xojalik yurituvchi subyektlarning teng huquqliligi. Iqtisodiy erkinlik xo'jalik yurituvchi subyektlarning faqatgina iqtisodiy faoliyat erkinligida namoyon bo'lib qolmay, balki davlat tomonidan ular uchun yaratilgan shart-sharoitlarda ham o‘z ifodasini topadi. Soliqlar, jarimalar. turli xil imtiyozlar davlat tomonidan belgilanadi. Agar xo'jalik yurituvchi subyektlarning biridan (masalan, xususiy firmadan) yuqori foizlarda soliq undirilsa-yu, ikkinchisidan (masalan, davlat korxonasidan) kamroq foizlarda undirilsa, bu, albatta, adolatdan bo'lmaydi va ijtimoiy noroziliklarga sabab bo'ladi. Qaysidir mulkchilik shaklidagi subyektlaiga soliq yoki bojxona imtiyozlari berilsa-yu, kimlardir bundan mahmm etilsa, bunda ham xuddi shunday adolatsizlik ro'y beradi.
Demak, mulkchilik shaklidan qat’iy nazar barcha xo'jalik yurituvchi subyektlarning teng huquqliligi bozor iqtisodiyotining muhim tamoyili hisoblanadi.
0‘zini o‘zi boshqarish. Jamiyatdagi iqtisodiy faoliyatni boshqarishning ikkita turi mavjud bo'lib, ulaming birinchisi yuqoridan beriladigan buyaiq va ko'rsatmalar asosida boshqarish bo'lsa, ikkinchisi bozor munosabatlariga tayangan holda o'zini o‘zi boshqarishdir. Bozor iqtisodiyotiga asoslangan mamlakatlaming xo'jalik amaliyotida o'zini o‘zi boshqarish muhim tamoyil hisoblanadi. Mazkur tizim sharoitida iqtisodiy taraqqiyotni davlat boshqamvi va menejerlar tajribasi hamda donoligi ma’lum darajada belgilab beradi. Biroq hal qiluvchi omil bo‘lib erkin bozor munosabatlari va erkin baholar xizmat qiladi. Adam Smit tomonidan „ko‘rinmas qoT deb atalgan talab va taklif iqtisodiyotni nafaqat tartibga solib turadi, balki boshqaradi ham. Tovar va xizmatlarning taklifi talabga nisbatan ko‘payib ketsa, narx-navo tushadi, aks holda ular ko'tariladi. iqtisodiyotning qaysi tarmog'i yoki sohasi ko‘proq daromad keltirsa, sarmoyadorlarning mablagiari o‘sha tomonga oqib kela boshlaydi. Sifatsiz tovarlar va xizmatlar yaratayotgan korxona va firmalar iqtisodiy jihatdan sinib, o‘z-o‘zidan yopilib ketadi. Yuqori sifatli tovar ishlab chiqaruvchilarning omadi chopaveradi, chunki, bir tomondan, tovarga talab katta bo‘lsa, ikkinchi tomondan, bu tovar yuqori baholarda sotiladi.
Shunday qilib, bozor mexanizmining o‘zi iqtisodiy obyektlar va jarayonlarni o'zini o‘zi tartibga soluvchi va boshqaruvchi qilib qo'yadi, xo‘jalik yuritishning eng oqilona usullarini tanlash, ishlab chiqarishning eng yangi texnologiyalarini joriy etishni tadbirkorlarning tabiiy ehtiyojiga aylantiradi.
0‘z-o ‘zini moliyalashtirish. Har qanday xo'jalik yurituvchi subyekt iqtisodiy faoliyat ko'rsatar ekan, uning oldida bitta muhim vazifa turadi. Bu vazifa o‘z mustaqilligini to‘la-to‘kis ta’minlashdir. Buning uchun u o'zining xo'jalik faoliyati bilan bog'Iiq bo'lgan barcha moliyaviy sarf-xarajatlarni qoplashi va olgan foydasi hisobidan o‘z taraqqiyotini amalga oshirishi kerak. O'zbekona ta'birbilan aytadigan bo'lsak, bozor iqtisodiyoti sharoitida Jiar kim o‘z aravasini o‘zi tortishi kerak". To‘g‘ri, xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘z mablag‘lari yetarli bo'lmagan hollarda bankdan kredit (qarz)lar olishi mumkin. Biroq bu ham „o‘z aravasini o‘zi tortish" bilan teng narsa. Chunki bankdan olingan qarzlarni qaytarish, qaytarganaa ham foizlari bilan qaytarish kerak.
0'z-o‘zini moliyalashtirish tamoyiliga amal qilish uchun xo'jalik yurituvchi subyektlardan uddaburonlik, tadbirkorlik, hisob-kitob bilan faoliyat yuritish, uzoqni ko'ra bilish va boshqa bir qator fazilatlar talab qilinadi. Iqtisodiy faoliyatning hisob-kitobini joviga qo'ya olmagan, o'zining tovar va xizmatlariga bo'lgan joriy va istiqboldagi talabni yaxshi o'rganib chiqmagan tadbirkor foyda olish u yoqda tursin, hatto o‘z xarajatlarini ham qoplay olmaydi.
Narx-navo erkinligi. Bozor iqtisodiyotining eng muhim belgisi va tamoyili hisoblangan narx-navo erkinligi shuni bildiradiki, tovar va xizmatlarning bahosi davlat tomonidan emas, balki sotuvchi bilan xaridoming o‘zaro kelishuvi asosida belgilanadi. Mamlakatimizda o'tgan asrning 90-villariga qadaramal qilgan markazlashgan rejali iqtisodiyot sharoitida tovar va xizmatlarning bahosi, qoida tariqasida, davlat tomonidan belgilanib (voki o'rnatilib) kelinar edi. Baholar uzoq vaqt davomida amal qilar va shuning uchun tovar va xizmatlar yaratishga sarflanayotgan xarajatlarni hamma vaqt ham to'liq aks ettiravermas edi.
Undan tashqari uzoq vaqt amal qiluvchi baholar tovar va xiz- matlarga bo'lgan talabni ham, ularning taklifidagi o'zgarishlami ham aks ettirish imkoniyatidan mahruni edi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida narx-navoni erkinlashtirish degani, albatta, barcha tovar va xizmatlarning bahosi bozorda sotuvchi bilan xaridor 0‘rtasidagi kelishuv asosida shakllanadi, degan ma'noni bildirmaydi. Umumdavlat manfaatlaridan kelib chiqib, muhim strategik ahamiyatga ega bo'lgan tovarlar (masalan, paxta tolasi, oltin va boshqa qimmatbaho metallar)ning bahosini davlat belgilab beradi. Biroq bozor iqtisodiyoti sharoitida erkin bozor baholari vetakchi o'rinni egallaydi. Shu bilan birgalikda, rivojlangan mamlakatlaming xo'jalik amaliyotida shartnomaviy deb ataluvchi narxlar ham keng qo'llanadi. Ular uzoq vaqt davomida sheriklik aloqalari asosida ish vurituvchi firma va korxonalarning xo'jalik amaliyotida ko'proq qo'llanadi.
Dostları ilə paylaş: |