2.3 Bozor iqtisodiyotida sug‘urtaning roli
Bozor iqtisodiyotiga xos bo'lgan unsurlardan biri sug'urta bo'lib, u ishlab chiqarishning uzluksizligini ta'minlash va aholini ko'ngilsiz hodisalardan himoya qilishda muhim rol o'ynaydi. Sug‘urtaning asl maqsadi tabiiy ofatlar hamda tasodifiy hodisalar natijasida xo'jalik subyektlari va aholining ko'radigan zararini to‘la yoki qisman qoplashdir. Inson yashashi uchun moddiy ne'matlar yaratishi lozim. Jamiyat iste'mol qilishni to'xtata olmaganidek, ishlab chiqarishni ham inkor qilolmaydi. Barcha ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalarda jamiyat hayotining moddiy asosi ishlab chiqarish bo'lib kelgan va shunday bo'lib qoladi. Lekin ishlab chiqarishning uzluksizligiga tabiiy ofatlar, favqulodda hodisalar salbiy ta'sir ko'rsatadi, uning hajmini kamaytirib, mahsulotning son va sifat darajasini pasaytirib yuboradi. Ishlab chiqarishning uzluksizligini ta'minlash uchun esa yetkazilgan talafot o'rnini to'ldirish, fuqarolarga esa zarar oqibatlarini tugatishda yordam berish zarur. Buning uchun tashqaridan, birinchi navbatda, pulli yordam tashkil qilish kerak bo'ladi. Mana shunday pulli yordamning moliyaviy manbayi sifatida sug‘urta jamg'armalari tashkil etiladi. Ular, asosan, sug'urtalanuvchilarning badallari asosida shakllanadi.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tilishi va moliya bozorida ham davlat monopoliyasining tugatilishi oqibatida mamlakatimizda turli mulkchilik shakllariga asoslangan sug'urta kompaniyalari vujudga keldi. Mamlakat Oliy Majlisi tomonidan sug'urta faoliyatini tartibga soluvchi maxsus qonun qabul qilindi. Bozor munosabatlarini to‘laqonli amal qilishiga ko‘maklashuvchi sug‘urta infratuzilmasini shakllantirish va tako- miilashtirishga qaratilgan qator ishlar amalga oshirildi. Hozirgi kunda 0‘zbekiston Respublikasi Davlat sug'urta boshqarmasi bilan bir qatorda, „Madad“ sug'urta agentligi va 60 ga yaqin tijorat asosida faoliyat yurituvchi sug‘urta tashkilotlari amaliy faoliyat ko'rsatmoqdalar.
Sug'urtaga 0‘zbekiston Respublikasining „Sug‘urta to‘g‘risida“gi Qonunida quyidagicha ta'rif beriladi: „Sug‘urta — inson faoliyatining turli sohalarida sodir bo‘ladigan tabiiy ofatlar, favqulodda hodisa va boshqa voqealar natijasida yetkazilgan zarar hamda talafotlami jismoniy va yuridik shaxslar to'Iagan sug'urta badallari (sug'urta pulijdan hosil qilinadigan pul fondlari hisobidan to‘liq va qisman qoplash yo‘li bilan jismoniy va yuridik shaxslar manfaatlari sug'urtalanishini ta'minlashga doir munosabatlar demakdir.
Bu ta'rifdan ko'rinib turibdiki, tabiiy ofatlar va ko'ngilsiz hodi- salardan keltirilgan zararlarni qoplash uchun pul jamg'armalarini tashkil qilish sug'urta tizimining amal qilishi uchun muhim ahamiyatga egadir. Jismoniy va yuridik shaxslar hisobidan shakllanadigan bu jamg'armalarni hosil qilishda sug‘urta tashkilotlari bilan sug‘ur- talanuvchilar o‘rtasida munosabat yuzaga keladi. 0‘zbekiston sharoitida bu munosabat yuzlab sug‘urta tashkilotlari bilan minglab korxona va tashkilotlar, fuqarolar o'rtasida shakllanadi. Ko‘rsatilgan shaxslar to'Iagan badallaridan yuzaga keladigan pul jamg'armalari ulkan miqdorlarni tashkil qiladi. Jamg‘arma hosil bo‘lganidan keyin uning hisobidan ko'rilgan zararlar qoplanadi. Sug‘urta tashkiloti zarar miqdoriga qarab mablag1 ajratadi. Sug‘urtalanuvchi bu mablag'lar hisobidan zararlarni va ularning oqibatlarini tugatishga harakat qiladi, sug'urtalovchi va sug‘urtalanuvchilar o'rtasidagi bu munosabatlar, asosan, kredit muassasalari orqali amalga oshiriladi.
Sug‘urta munosabatlarini shakllantirish va ularni takomillashtira borish har qanday davlatning ham muhim vazifalari qatoriga kiradi. Chunki, odamlarning ishlab chiqarish faoliyati rivojlana borgani sari turli tabiiy ofatlar (zilzila, suv toshqini, qurg'oqchilik va boshqalar) bilan bir qatorda inson faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan xavf-xatarlar (yong‘in, portlash, Orol dengizining qurib qolishi kabi holatlar) ko'paysa ko'payadiki, ammo kamaymaydi. Bulardan zarar ko'ruvchi korxonalar, firmalar va aholini iqtisodiy jihatdan qo‘llab-quwatlash uchun, albatta, sug'urta agentliklari va tashkilotlarining yordami zarur bo‘ladi.
Sug’urtaning yana bir xususiyati uning vaqt tushunchasi bilan bog’iqligidir. Majburiy sug'urta bir necha o‘n yilga mo’ljallab, shuningdek, ma’um yoshga yetgunga qadartuziladi. Shu bilan birga, birvillik, hatto, choraklik sug‘urta xillari ham mavjud. Sug’irta muddati qancha ko‘p bo’lsa, shunga qarab sug’irta to’lovlari ham ko'payib boradi.
Sug'urta badallari zararni qoplashga sarflanadi va bu orqali sugTirtalanuvchi ixtiyoriga qaytariladi. Ayrim sug’irta xillarida badalning bir qismi sug'urta hodisasi sodir bo’lmaganda ham belgilangan miqdorda qaytariladi.
Respublikamiz viloyatlari jug’rofiy jihatdan har xil tabiiy sharoitga ega bo’ganligi sababli turli joylarda o‘ziga xos sug'urta hodisalari uchrab turadi, ular o'z ko'lami jihatidan xo‘jalikka favqulodda va keskin zarar yetkazishi tufayli bir-biridan farq qiladi. Sug’irta jamg'armasi faqat zarar oqibatini tugatish emas, balki ularning oldini olish, aniqrog'i, ogohlantirish tadbirlariga ham sarflanadi. Buning uchun sug'urta badallari tushumlaridan ma'lum foizi ogohlantirish fondini tashkil qilishga ajratiladi va bu fond hisobidan har yili qator tadbirlar amalga oshiriladi.
Sug’irtaning iqtisodiy kategoriya sifatidagi mazmuni uning bajaradigan funksiyalarida o‘z ifodasini topadi. Sug’irta tushunchasi ntoliya va kredit tushunchalari bilan o‘zaro bogTanib ketganligi sababli, ularni taqsimlash va nazorat funksiyalarini amalga oshirishda sug'urta ham ishtirok etadi. Shu bilan birgalikda sugTirtaning faqat o'ziga xos bo'lgan funksiyalari ham mavjuddir, bular xavf-xatar, ogohlantirish, investitsiya, omonat va axborot funksiyalaridir.
MaTumki, insoniyat qadim zamonlardan buyon juda ko‘p tabiiy ofatlarni boshidan kechirgan. Shu sababli u mahsulot, urugTik, yoqilg'i va boshqa moddiy-moliyaviy zaxiralar hosil qilib, ular hisobidan ko'rilgan zararlarni qoplagan.
Sug'urtaning ogohlantirish funksiyasi uning xavf-xatar funksiyasi bilan bog‘liq bo‘lib, mazkur funksiya sug'urta to‘lovlarining umumiy tusluimidan ma'lum qismini xavf-xatarning oldini olish uchun quyidagi maqsadlarda foydalanishda namoyon bo‘ladi:
1. Yong‘indan ogohlantirish va yong'inga qarshi kurash tadbirlarini amalga oshirish.
2. Qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligining kamayishiga qarshi tadbirlar.
3. Chorva mollarida uchraydigan kasalliklarning oldini olish tadbirlarini bajarish.
Sug'urtaning investitsiya funksiyasi bo‘sh turgan mablag'lardan samarali foydalanib, sug'urta tashkilotining moliyaviy ahvolini yaxshilashga yordam beradi. Sug‘urta badallarining yig‘ilishi va ular hisobidan zaraming qoplanishi bir vaqtda emas, balki turli muddatlarda sodir bo'ladi. Ishlatilmay bo‘sh turgan mablag‘lar hisobidan zaxira fondlari tashkil qilinadi va ularning bo‘sh turgan qismidan tijorat maqsadlari uchun foydalaniladi.
Sug'urtaning omonat funksiyasi shundan iboratki, shaxsiy va mulk sug'urtasida sug‘urta badallari ma'lum muddatda sug‘urta tashkiloti ixtiyorida bo‘Iadi. Agar sug'urta davrida biror sug‘urta hodisasi ro‘y bcrsa, sug‘urta tashkiloti yetkazilgan zararni o‘z hisobidan to'laydi, omonat kassalarida esa bunday xususiyat mavjud emas. Omonat kassalarida omonatlarga ma’Ium muddatlarga saqlangan davrga nisbatan foiz olish huquqi beriladi, xolos.
Sug'urtaning axborot funksiyasi bozor iqtisodiyotiga xos bo‘lgan funksiyadir. Ilgari, ya’ni 0‘zbekistonda sug‘urta monopoliyasi mavjud bo‘Igan sharoitda, sug'urta bunday funksiyani bajarmagan. Endilikda respublika hududida o‘nlab yangi sug'urta kompaniyalari va tashkilotlari paydo bo'lib, ularning har biri o'ziga xos sug'urta obyektlari va shartlari mavjudligi munosabati bilan sug'urta axborot funksiyasini ham bajara boshladi. Sug'urta tashkilotlarining ko'pchiligi mol-mulkni sug‘urta qilish bilan shug'ullanadi, tibbiyot, transport va boshqa sug‘urta kompaniyalari mavjud bo'lib, ular xorijiy mamlakatlar bilan ham hamkorlikda ish olib boradi. Shunday ekan, bular haqidagi xolis axborotlarni sug‘urtalanuvchilarga yetkazish, albatta, birinchi navbatda sug‘urta tashkilotlari zimmasiga tushadi.
Xulosa
Xulosa qilib aytganda,hozirgi davrda bozor iqtisodiyoti dunyoning ko’pchilik mamlakatlari uchun xos bo’lib, u turli mamlakatlarda har xil darajada va o’ziga xos xususiyatlar bilan amal qilmoqda va rivojlanmoqda. Bu iqtisodiyotning amal qilish mexanizmi ko’plab asrlar davomida tarkib topib, shakllanib, hozirgi davrda madaniylashgan shaklni kasb etdi va ko’pgina mamlakatlarda hukmron iqtisodiy tizimga aylandi. Mazkur iqtisodiyotning barqarorligi shu bilan izohlanadiki, uzoq davrli iqtisodiy evolyustiya davomida uning amal qilishining asosiy klassik qoidalari saqlanib qoldi.
Oldingi mavzuda aytganimizdek, xususiy mulkchilikning ‘aydo bo’lishi va ijtimoiy mehnat taqsimotining ro’y berishi bozor iqtisodiyotining kelib chiqishi va mavjud bo’lishing umumiy sharoiti hisoblanadi. Xususiy mulkchilik va mehnat taqsimoti ijtimoiy xo’jalikning tovar shaklini taqozo qiladi, tovar ishlab chiqarishning mavjud bo’lishi o’z-o’zidan ‘ul muomalasi, ayirboshlash, taqsimlash va iste’molning bozorga oid xususiyatini ko’zda tutadi. Tovar ishlab chiqarishning rivojlanishi bozor iqtisodiyoti taraqqiyotining asosini tashkil etadi.
Bozor iqtisodiyotining samarali amal qilishi uchun muhim shartlardan biri, ishlab chiqarishning mustaqilligi, tadbirkorlikning erkinligi, resurslarning erkin almashinuvidan iborat. Ishlab chiqaruvchi qanchalik mustaqil bo’lsa, bozor ham shu darajada yaxshi rivojlanadi. Erkin ayirboshlash ishlab chiqaruvchiga ular faoliyatining nisbatan samarali yo’nalishlarini ko’rsatib beruvchi erkin narxlarning shakllanishiga imkon yaratadi.
Bozor iqtisodiyoti — bu tovar ishlab chiqarish, ayirboshlash va ‘ul muomalasi qonun-qoidalari asosida tashkil etiladigan va boshqariladigan iqtisodiy tizimdir. Bunday iqtisodiyot erkin tovar—pul munosabatlariga asoslanadi, uning negizida tovar va pulning turli shakllardagi harakati yotadi, iqtisodiy monopolizmni inkor etadi. Hozirgi zamon iqtisodiy nazariyalarida bozor iqtisodiyoti deganda bozor xo’jaligi sub’ektlari iqtisodiy hatti-harakatlarining erkin, mustaqil ravishda yuz berishi va ularning tovar-’ul mexanizmi orqali bir-biriga bog’lanib muvofiqlashuvi deb baho beradilar. Bozor iqtisodiyotida bozor aloqalari butun tizimni, uning hamma bosqichlarini ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va iste’mol jarayonlarini hamda iqtisodiy munosabatlarning barcha sub’ektlarini qamrab oladi.
Shuni ham e’tiborda tutish kerakki, hozirgi sharoitda o’rtacha rivojlangan iqtisodiyotda 24 mln.dan ortiq turdagi tovarlar mavjud bo’lib, ularning 1/10 qismi har yili yangilanib turadi. Bunday sharoitda ularning turlari, miqdori bo’yicha talab va taklifni tartibga solishni ozorsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Bu esa bozorning vazifasini hech qanday markazlashtirilgan rejalashtirish idoralari muvaffaqiyatli bajara olmasligining yaqqol dalilidir. Bozor iqtisodiyoti esa eng samarali va muammolarni tezlik bilan hal eta oluvchi ijtimoiy-iqtisodiy tizim hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyoti sub’ektlari tarkibiga tadbirkorlar ham, o’z mehnatini sotuvchi ishchilar ham, pirovard iste’molchilar, ssuda ka’itali egalari va qimmatli qog’ozlar egalari ham kiradi. Odatda, bozor xo’jaligining barcha asosiy sub’ektlari uchta guruhga bo’linadi: uy xo’jaliklari, korxonalar (tadbirkorlik sektori) va davlat.
Uy xo’jaliklari — iqtisodiyotning iste’mol sohasida faoliyat qiluvchi asosiy tarkibiy birlik. Uy xo’jaliklari doirasida moddiy ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohalarida yaratilgan tovar va xizmatlar iste’mol qilinadi. Bozor iqtisodiyotida uy xo’jaliklari mulk egasi hamda ishlab chiqarish omillarini etkazib beruvchilar hisoblanadi. Iqtisodiy resurslarni sotishdan olingan ‘ul daromadlari shaxsiy ehtiyojni qondirish uchun sarflanadi.
Tadbirkorlik sektori – bu daromad (foyda) olish maqsadida amal qiluvchi iqtisodiyotning birlamchi bo’g’inlaridir. U ish yuritish uchun o’z ka’italini yoki qarz olingan ka’italni ishga solishni taqozo etadi, bu ka’italdan olingan daromad ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirish uchun sarflanadi. Tadbirkorlar tovar xo’jaligida tovar va xizmatlarni etkazib beradi.
Davlat — foyda olishni maqsad qilib qo’ymagan, asosan iqtisodiyotni tartibga
solish vazifasini amalga oshiradigan, har xil byudjet tashkilotlari va muassasalari sifatida namoyon bo’ladi.
Bozor iqtisodiyotining muhim va umumiy belgilari quyidagilardan iborat:
- turli shakllardagi mulkchilikning mavjud bo’lishi va unda xususiy mulkchilikning ustun turishi;
- tadbirkorlik va tanlov erkinligi;
- raqobat kurashning mavjudligi;
- davlatning iqtisodiyotga cheklangan holda aralashuvi;
- korxona va firmalarning ichki va tashqi shart-sharoitlar o’zgarishlariga moslashuvchanligi.
Bozor iqtisodiyotining bu belgilari uning hamma bosqichlari uchun umumiydir. Lekin bozor iqtisodiyotining mazmuni va belgilari haqida ga’ borganda bu iqtisodiyotning tarixda tarkib to’gan ikki turini bir-biridan farq qila bilish zarurdir. Uning birinchi ko’rinishi uzoq vaqt davomida shakllanib, g’arbdagi rivojlangan mamlakatlarda XIX asrning oxirlarigacha davom etib keldi. U iqtisodiy adabiyotlarda klassik yoki sof bozor iqtisodiyoti deb nom oldi. Uning asosiy belgilari: a) xususiy mulkchilikka asoslangan holda iqtisodiy faoliyat yuritish; b) ka’ital va ishlab chiqarishning korxona miqyosida umumlashganligi; v) tadbirkorlar, ishchilar, ishlab chiqaruvchi va iste’molchilarning shaxsiy erkinligi; g) tadbirkorlarning yuqori foyda olish uchun kurashlari; d) iqtisodiyotning talab va taklif, erkin bozor narxi va raqobat kurashlari asosida tartiblanishi; e) aholining ijtimoiy himoya qilinmasligi, ishsizlikning va aholi ijtimoiy tabaqalashuvining kuchayishi.
Bozor iqtisodiyotining ikkinchi ko’rinishi hozirgi zamon rivojlangan bozor iqtisodiyoti deb atalib, XIX asrning oxiri va XX asr boshlaridan buyon amal qiladi. Uning asosiy belgilari:
a) mulkchilikning turli shakllariga ya’ni, xususiy, davlat, jamoa, aralash va boshqa mulk shakllariga asoslanib iqtisodiy va tadbirkorlik faoliyati yuritilishi;
b) kapital va ishlab chiqarishning yuqori darajada umumlashganligi, mulkning bir qismi yirik mono’oliyalar va davlat qo’lida to’’lanib, milliy va xalqaro miqyosda umumlashganligi;
v) iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning faol ishtiroki. Bunda davlat fan-texnika taraqqiyoti va boshqa omillarni hisobga olib, turli iqtisodiy tadbirlarni, rivojlanish istiqbolini aniqlash, turli sohalar va tarmoqlar o’rtasidagi nisbatlarni tartibga solish chora-tadbirlarini belgilash vazifalarini bajaradi;
g) xo’jaliklarni yuritishda reja usulidan foydalanishning kuchayishi (biznes rejasi, marketing tizimi orqali boshqarish);
d) ijtimoiy himoyaning kuchayishi. Bunda davlatga, jamoalar va xususiy kishilarga tegishli turli xil ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug’urta fondlarining vujudga kelishi.
Bu har ikkala turda bozor iqtisodiyotining asosiy belgilari va xususiyatlari saqlanib qoladi, ularda tovar va ‘ulning harakati, ularning qonun-qoidalari rivojlanish uchun negiz va shart-sharoit bo’lib xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati
Экономическая теория для бакалавров: учеб. пос../С.С.Носова, В.И.Новичкова. - М.: КНО РУС, 2020. – 368 с.
Экономическая теория. Микроэкономика-1,2: Учебник. /Под общ. ред. Заслкженного деятеля науку РФ, Г.П.Журавлевой. – 4-е изд., испр. и доп. – М.: «Дашков и К», 2020. – 934 с.
Ўзбекистон Республикаси Президенти Ш.М.Мирзиёевнинг Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисга Мурожаатномасини кенг жамоатчилик ўртасида тарғиб этишга бағишланган илмий-оммабоп қўлланма. – Т.: «Маънавият», 2020. 112–113-бетлар
www.uza.uz – O’zbekiston Respublikasi Milliy Axborot Agentligi rasmiy sayti.
www.ziyonet.uz
Dostları ilə paylaş: |