Bozor mexanizmi, uning tarkibiy qismlari va amalqilishi. Mundarija kirish I bob. Bozor iqtisodiyotining mazmuni va amal qilishi. Bozor va uning tuzilishi



Yüklə 457,98 Kb.
səhifə7/8
tarix05.05.2023
ölçüsü457,98 Kb.
#108312
1   2   3   4   5   6   7   8
Bozor mexanizmi, uning tarkibiy qismlari va amalqilishi. Mundari

Bozor muvafaqqiyatsizliklari – bozor mexanizmining iqtisodiy resuslarni samarali taqsimlab bera olmaydigan iqtisodiy vaziyatdir.
Iqtisodiy nazariyada bozor munosabatlarining uchta subyekti alohida ko‘rsatiladi – Uy xo‘jaliklari, firmalar va davlat.
Uy xo‘jaliklari – moliyaviy masalalarni birgalikda xal qiluvchi, bir tom ostida yashaydigan shaxslardan iborat xo‘jalik birligidir. Uy xo‘jaliklari iste’molchilar sektoriga tegishlidir.
Firma – ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanmaydigan, asosiy ishlab chiqarish muammolarini shaxsan o‘zi xal qiladigan iqtisodiy subyektdir. Firma ishlab chiqaruvchi sektoriga tegishlidir.
Davlat – keng ma’noda xo‘jalik subyekti va bozorni nazorat qilish xuquqiga ega yuridik va siyosiy xokimiyat organlari yig‘indisidir. Davlat o‘z faoliyatida jamiyatdagi farovonlik, samaradorlikni oshirishga xarakat qiladi.
Bozor mexanizmi — bu bozor tizimiga xos bo‘lgan, bir-birini taqozo etuvchi va birgalikda amal qiluvchi iqtisodiy vositalardir.
Bular jumlasiga talab, taklif, tovar narxlari, bozor konyunkturasi, pul, foyda, zarar, foiz, iqtisodiy majburiyat, raqobat kabilar kiradi. Bozor mexanizmi iqtisodiy bo'lganidan u manfaatdorlikka va iqtisodiy mas’uliyatga asoslanadi. Har bir iqtisodiyot ishtirokchisining o‘z manfaati bor.

Bozor mexanizmi manfaatni yuzaga chiqarish orqali iqtisodiy faollikni ta’minlaydi.


Bozor ishtirokchilaridan har biri o‘zining xususiy manfaatini ko‘zlasa-da, boshqalar manfaatini ham hisobga oladi. Agar u shunday qilmasa o‘z manfaati- ga erisha olmaydi. Masalan, sotuvchi o‘z tovarini yaxshi pullashni ko'zlaydi, biroq buning uchun u xaridorning hojatini chiqarishi kerak, ya’ni unga kerakli tovarni ma'qul narxda yetkazib berishi kerak. Aks holda u yaxshi daromad topa olmaydi.
Bozor mexanizmi hamma narsani joy-joyiga qo‘yadi, bir kishi manfaatini boshqalar manfaati bilan bog‘laydi. Bozorning kuchi ham mana shunda. Har bir mulk sohibining manfaatlari uning maqsadiga aylanadi, maqsadga erishish stimullarni hosil qiladi, stimullar esa faollikni yuzaga keltiradi. Bunday bog‘lanishni quyidagi rasmdan ko‘rsak bo‘ladi. 1-rasm. M ulk va faollik

Mulk sohiblarining manfaatlari farqlanadi, albatta. Kapitaldan iborat mulk egasining manfaati foyda olish, boylikda yashash, mulkini ko‘paytirib borish. U mulkini o‘zi tadbirkorlik qilib ishlatadi yoki uni boshqalarga ijaraga beradi. Ish kuchi ham xususiy mulk.Uning egasi yollanib ishlab daromad olishi kerak. U o‘z kuchini ish beruvchilarga qimmatroqqa sotishga intiladi, chunki uning manfaati yaxshi ish haqi olishdan iborat. Ish kuchi ham bir xil emas. U ijrochilik va boshqaruvchilik qobiliyatidan iborat. Ishchilar ijrochilikka moyil bo'ladilar. Menejerlar boshqaruvchilik bilan shug'ullanadilar. Ular ham o‘z kuchini sotadi. Ularning manfaati katta maosh olishdan, imidjga ega bo‘lishdan, karyera qilishdan (mansab-martabali bo‘lishdan) iborat bo‘ladi.


Mulk sohiblari, ishchilar va boshqaruvchilar manfaati individual, alohidalashgan manfaat bo'ladi. Korxona tovar ishlab chiqaruvchilar jamoasi bo‘lganidan, bu yerda korporativ (guruhiy) manfaat yuzaga keladi. Bu korxonadagi kapital egalarining, ishchilarning va menejerlarning umumiy manfaati bo'lib, bu iqtisodiy barqaror va raqobatbardosh bo'lishdan, obro‘-ovozaga ega bo'lishdan iborat. Iqtisodiyotdagi barcha ishtirokchilarning manfaatlari o'zaro bog'lanib, milliy manfaatni yuzaga keltiradi.

Yüklə 457,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin