Kurs ishining maqsadi – Men o‘z kurs ishimda Iqtisodiyot nazariyasi fanining bir qismi bo‘lgan “Bozor mexanizmi,uning tarkibiy qismlari va amal qilishi” haqida tushuncha berish va imkon boricha faktlar bilan va qonun qoidalari bilan izohlashni hamda yakuniy xulosamda takliflarimni berishga o‘z oldimga maqsad qilib qo‘yaman.
Kurs ishining vazifasi: - Bozor mexanizmi va uning elementlari haqida ma’lumot berish
- Bozor muvozanati va manfaatlarni uyg‘unlashtirishni o‘rganish
- Mamlakatimizda islohotlarni tahlilini o’rganish
- Chet el tajribasini o’rganish va Mamlakatimiz tajribasi bilan solishtirib taklif va xulosalar berish
Kurs ishi tuzilishi:kirish, ikki bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat bo‘lib, jami sahifani tashkil etadi.
I bob. BOZOR IQTISODIYOTINING MAZMUNI VA AMAL QILISHI. BOZOR VA UNING TUZILISHI. 1.1 Bozoriqtisodiyotining mazmun va mohiyati Hozirgi davrda bozor iqtisodiyoti dunyoning ko’’chilik mamlakatlari uchun xos bo’lib, u turli mamlakatlarda har xil darajada va o’ziga xos xususiyatlar bilan amal qilmoqda va rivojlanmoqda. Bu iqtisodiyotning amal qilish mexanizmi ko’’lab asrlar davomida tarkib to’ib, shakllanib, hozirgi davrda madaniylashgan shaklni kasb etdi va ko’’gina mamlakatlarda hukmron iqtisodiy tizimga aylandi. Mazkur iqtisodiyotning barqarorligi shu bilan izohlanadiki, uzoq davrli iqtisodiy evolyustiya davomida uning amal qilishining asosiy klassik qoidalari saqlanib qoldi.
Oldingi mavzuda aytganimizdek, xususiy mulkchilikning ‘aydo bo’lishi va ijtimoiy mehnat taqsimotining ro’y berishi bozor iqtisodiyotining kelib chiqishi va mavjud bo’lishing umumiy sharoiti hisoblanadi. Xususiy mulkchilik va mehnat taqsimoti ijtimoiy xo’jalikning tovar shaklini taqozo qiladi, tovar ishlab chiqarishning mavjud bo’lishi o’z-o’zidan ‘ul muomalasi, ayirboshlash, taqsimlash va iste’molning bozorga oid xususiyatini ko’zda tutadi. Tovar ishlab chiqarishning rivojlanishi bozor iqtisodiyoti taraqqiyotining asosini tashkil etadi.
Bozor iqtisodiyotining samarali amal qilishi uchun muhim shartlardan biri, ishlab chiqarishning mustaqilligi, tadbirkorlikning erkinligi, resurslarning erkin almashinuvidan iborat. Ishlab chiqaruvchi qanchalik mustaqil bo’lsa, bozor ham shu darajada yaxshi rivojlanadi. Erkin ayirboshlash ishlab chiqaruvchiga ular faoliyatining nisbatan samarali yo’nalishlarini ko’rsatib beruvchi erkin narxlarning shakllanishiga imkon yaratadi.