Brown and Beige Aesthetic Modern Group Project Presentation



Yüklə 26,68 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix26.12.2023
ölçüsü26,68 Kb.
#198248
Brown and Beige Aesthetic Modern Group Project Presentation 20231213 105429 0000



Falsafa va tabiiy ilmiy fanlarda
borliqning mohiyatiga oid
konsepsiyalar


Reja:
1.Borliq tushunchasining mohiyati va ma'nosi
2.Voqelik (reallik) tushunchasi.Materiya kategoriyasi.
3.Harakat tushunchasi.Harakatning asosiy shakllari va ular
o'rtasidagi o'zaro bog'liqlik


Borliq tushunchasi. Faylasuflar qadim zamonlardan buyon «borliq» va
«yo’qlik» haqida bahs yuritishgan. Ular borliqning vujudga kelishi,
mohiyati, xususiyatlari va shakllari haqida ko’plab asarlar yozishgan.
Xo’sh, borliq nima? Bu savol bir qarashda juda oddiy ko’ringani bilan
unga shu chog’gacha barcha kishilarni birday qanoatlantiradigan javob
topilgani yo’q. Bu holat borliqqa turlicha nuqtai nazarlardan
qarashlarning mavjudligi bilan izohlanadi. Masalan, ayrim faylasuflar
borliqni moddiylik, moddiy jismlar bilan bog’lab tushuntirishadi.
Ularning nuqtai nazarlaricha, borliq – obyektiv realliknigina qamrab
oluvchi tushunchadir. U holda fikr, inson tafakkuri, o’y-xayollarimiz
borliq tushunchasidan chetda qolar ekanda, degan savolga ular,
bunday tushunchalar obyektiv reallikning hosilasidir, deb javob
berishadi.


Falsafaning borliq haqidagi ta’limotni izohlaydigan qismi —
ontologiya deb ataladi. (Bu tushunchani falsafada birinchi bor X.
Volf qo’llagan). Olam va borliq masalalarini falsafaning ana shu
sohasi o’rganadi.
Yo’qlik xech nima demakdir. hamma narsani hech narsaga
aylantiruvchi, hamma narsaning ibtidosi ham, intihosi ham
yo’qlikdir. Bu ma’noda yo’qlik cheksizlik, nihoyasizlik va mangulik
bilan birdir. Yo’qlik chekingan joyda borliq paydo bo’ladi. Demak,
borliqning bunyodkori ham, kushandasi ham yo’qlikdir. Borliq
yo’qlikdan yo’qlikgacha bo’lgan mavjudlikdir. Yo’qlikni hech narsa
bilan qiyoslab bo’lmaydi. Fanda yo’qlik nima, degan savolga javob
yo’q


Markaziy Osiyo tuprog’ida vujudga kelgan
zardushtiylik ta’limotida borliq quyosh va
olovning hosilasidir, alangalanib turgan olov
borliqning asosiy mohiyatini tashkil etadi, deb
hisoblangan. Chunki bu g’oya bo’yicha, har
qanday o’zgarish va harakatning asosida olov
yotadi va u borliqqa mavjudlik bahsh etadi.
Qadimgi yunon faylasufi Suqrot borliqni bilim
bilan qiyoslaydi va uningcha, biror narsa, biz uni
bilsakgina bor bo’ladi, insonning bilimi qancha
keng bo’lsa, u shuncha keng borliqni qamrab
oladi, deb hisoblaydi.
Suqrot


Qadimgi dunyoning atomist olimi
Demokrit borliq atomlar majmuasidan
iborat deb tushuntirgan. Uning fikricha,
borliqning mohiyati uning
mavjudligidadir. Mavjud bo’lmagan narsa
yo’qlikdir.
Islom ta’limotida esa borliq bu ilohiy
voqelikdir. Ya’ni u Olloh yaratgan
mavjudlikdir. Bu borada vahdati vujud va
vahdati mavjud ta’limotlari bo’lgan.
Demokrit


Olamning klassik mehanika nuqtai nazaridan kelib chiqib, nisbatan
kichik tezlikda harakatlanuvchi sistemalar haqidagi ilmiy manzarasi
o’rnini yangicha ilmiy manzaralar egallay boshladi. Bu esa materiya
haqidagi tasavvurlarning yanada rivojlanishiga sharoit tug’dirdi. Bu
o’zgarishlarni hisobga olib, marksist-faylasuflar bu ta’rifga
sezgilarimizga bevosita yoki bilvosita (ya’ni turli asboblar; qurilmalar
vositasida) ta’sir etuvchi, degan qo’shimcha kiritishdi. Shunday qilib,
bu ta’rif go’yo materiyaning moddaviy va nomoddaviy shakllarini,
ya’ni modda va antimodda ko’rinishlarini qamrab oluvchi ta’rifga
aylandi.


Materialistlar materiyani obyektiv reallik, deb ta’riflashadi. Obyektiv
reallik inson sezgilariga bog’liq bo’lmagan holda, undan tashqarida
mavjud bo’lgan voqelikdir. Bu butun mavjudlikning subyektiv
reallikdan tashqaridagi qismi hisoblanadi. Obyektiv reallikning
mavjudligi qanday namoyon bo’ladi? Bu savolga javob topishda,
borliqning ajralmas xususiyatlarini o’rganishga to’g’ri keladi. Har
qanday jismning ajralmas xususiyati lotincha «atribut» so’zi bilan
ataladi.Borliqning atributlari. Muayyan jismning aynan shu jism
ekanligini belgilovchi xususiyatlari uning atributlari bo’ladi.
Borliqning ham bir qancha atributlari mavjuddir. «lar: harakat, fazo,
vaqt, in’ikos, ong va boshqalar. Borliq o’zining xossalari, xususiyatlari
orqali namoyon bo’ladi. 


Harakat. Borliqning atributlari ichida uning asosiy mavjudlik usulini ifoda
etuvchi xususiyati harakat hisoblanadi. Chunki borliq harakatsiz o’zining
strukturaviy yaxlitligini saqlay olmaydi.Buni moddiy borliq misolida qarab
chiqaylik. Faraz qiling, qarshimizda biror jism turibdi. Agar harakat
bo’lmaganida edi, yorug’lik nurlari shu jismga urilib bizga qaytmagan bular
edi, ya’ni biz uni ko’rmagan bular edik. Shuningdek, bu jismning yaxlitligini
saqlab turgan molekulalar, atomlar, elementar zarrachalar o’rtasidagi
o’zaro ta’sirlar ham bo’lmasdi. Natijada bu jismning strukturaviy birligiga
putur yetgan bular edi. Tevarak-atrofimizdagi predmetlar va hodisalar
harakat tufayli o’zining muayyan tartibini va birligini saqlab turadi, shu
tufayli, o’sish, ulgayish, ravnaq topish, rivojlanish mavjuddir.


Rivojlanish jarayoni ham ikki turda bo’ladi. Birinchi turdagi rivojlanish
bo’yicha, jismda har qanday sifatiy o’zgarish ro’y berishiga
qaramasdan, uni tashkil etgan materiyaning sifatiy tuzilish darajasi
o’zgarmasdan qolaveradi.Masalan, notirik tabiatga mansub bo’lgan
quyoshdagi ravojlanishni olib qaraylik. Olimlarning taxminlariga ko’ra,
xozir sirtida 6 ming, ichida esa bir necha mln. darajali haroratga ega
bo’lgan Quyosh borib-borib soviydi va qizil gigantga aylanadi, ya’ni
quyoshning markazidagi termoyadro energiyasi so’ngach, ichki
zichligi pasayadi va markazdagi tortishish quvvati susayadi. Oqibatda
Quyosh shisha boshlaydi va Yer orbitasini ham o’z ichiga olgan ulkan
qizil yulduz vujudga keladi, u asta-sekin sovib, qizil karlikka, sungra
esa «qora karlikka», keyin bo’lsa neytron yo’lduzga aylanadi


Bunday o’zgarishlar natijasida borliqning tashkiliy struktura darajasi
o’zgarmaydi, ya’ni jonsiz tabiat shaklidagi darajasi saqlanadi.
Jonli tabiatning vujudga kelishi, o’simliklar va hayvonot olamining paydo
bo’lishi, odamning shakllanishi, jamiyatning vujudga kelishi singari sifatiy
o’zgarishlar esa, rivojlanishning ikkinchi turiga kiradi.
Falsafa fanida harakatning bir-biridan sifatiy farq qiluvchi bir qancha boshqa
shakllari ham o’rganiladi.
Falsafada harakat shakllarini turkumlashning bir qancha boshqa ko’rinishlari
ham bor. Ayrim olimlar harakat shakllarini har bir fanning nomi bilan bog’lash
kerak, deb hisoblashadi. Bunday qarashning xatoligi shundaki, fanlarning
ko’pchiligi harakat shaklini emas, balki miqdoriy munosabatlar va holatlarni aks
ettiradi. Masalan, geodeziya yoki geometriya, trigonometriya yoki topografiya,
chiziqli algebra qanday harakat shaklini o’rganadi?


Gibernetika esa ham tabiatda, ham jamiyatda amal qiluvchi boshqarish
jarayonlarini o’rganadi, ya’ni bu fan bitta emas, balki bir qancha harakat
shakllarini qamrab oladi.Harakat shakllarini turlash bo’yicha quyidagi tabiiy-ilmiy
konsepsiya ham diqqatga sazovordir. Mazkur konsepsiya bo’yicha harakat
shakllari quyidagicha turlanadi: fizik harakat (elementar zarrachalar, maydon va
atomlarning harakati), ximiyaviy harakat (atomlar va molekulalarning harakati) va
bunda harakatning rivojlanishi ikki yunalishga ajraladi, 1) harakat rivojlanishining
yuqori yo’nalishida biologik harakat shakllanadi; 2) harakat rivojlanishining quyi
yo’nalishida esa geologik harakat shakllanadi, biologik harakatning taraqqiyoti
ijtimoiy harakatga olib boradi. Yana bir boshqa konsepsiyada esa harakat
borliqning tashkiliy tuzilish darajalariga mos ravishda turlangan. Bu konsepsiyada
harakat shakllari uchta sinfga ajratiladi: notirik tabiatda — elementar zarrachalar
va maydon harakati, tirik tabiatda – hayotning namoyon bo’lishi, jamiyatda –
odamning faoliyati.


E'tiboringiz uchun
raxmat

Yüklə 26,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin