“Keng ma’noda badiiy asar san’atning u yoki bu turi (musiqa, rassomlik, haykaltaroshlik, kino, teatr va h.)ga mansub bo‘lgan, insonning go‘zallik qonuniyatlari asosidagi ijodiy-ruhiy faoliyati mahsuli sifatida yaralgan yangi mavjudlikni anglatadi... tor ma’nosida badiiy adabiyotga mansub bo‘lgan “adabiy badiiy asarni” bildiradi”.
Estetik maqsadga yo‘naltirilib, obrazlar vositasida kishi ruhiyati va tafakkuriga ta’sir ko‘rsata oladigan, muayyan mantiqiy tugallik hamda badiiy o‘ziga xoslikka ega teran mazmun va ta’sirchan shakldan iborat yaratiq badiiy asar deyiladi tarzida ta’rif berish mumkin.
Adabiyotning vazifalari:
a) muloqot-kommunikativ;
b) baholash-aksiologik;
v) tarbiyaviy-axloqiy;
g) zavqlantirishhedonistik;
d) bilish-gnoseologik singari vazifalari bor.
Kitobxonlik madaniyati:
“….kitobxonlik tor ma’noda kitob o’qishni bildirsa, keng ma’noda tanlab o’qish, his etish, anglash va fikr bildirish tushunchalarini o’z ichiga qamrab oladi. U badiiy adabiyotdan oziqlanadi, adabiy tanqid va pedagogika ko’magida yuksala boradi”, - Safo Matchonov
“O’zining intilishlari, ishlarining butun xilma-xilligi bilan, o’zining o’sishi va tanazzulga ketish jarayoni bilan odam badiiy adabiyotning materiali bo’lib xizmat qiladi” (A.Gorkiy).
Adabiyot – insonning tashqi va ichki hayotini, moddiy va ma’naviy dunyosini, ma’naviyati va salohiyatini to’la va atroflicha, yaxlit va jonli tarzda o’rganadi, tahlil qiladi, tasvirlaydi.
Badiiylik nima?
Badiiy-estetik xususiyatga, badiiy mazmunga egalik;