Badiiy asar bilan professional darajada ishlashga o’rgatishdan iborat
Badiiy asarni ilmiy izohlash kerakmi?
Bu tamoyil tarafdorlari o‘z qarashlarida fan hech qachon san’at asarining sehrli ohanrabosi va sirli jozibasini berolmasligiga asoslanadilar. Ular ilmiy tahlil natijasida asarning badiiy-estetik tarkibi buzilib, jozibasi yo‘qolishi mumkin, deb qaraydilar. Badiiy matnga xos muhim qonuniyatlarni ochmoqchi bo‘lib, uni tahlil qilishga kirishgan sinchi oldida asarning yaxlitligiga daxl etib, amalda uni vayron qilish xavfi ham turadi.
Fanning vazifalariga:
Fanning vazifalari sirasiga mutaxassislarga muayyan adabiy yaratiqning milliy badiiy-estetik tafakkur taraqqiyotidagi o‘rni, aniq asarning o‘ziga xos jihatlari, tasvirdagi yutuq va kamchiliklar hamda bularning sabablari nimadan iboratligini topish yo‘llarini o‘rgatish singarilar kiradi.
«Badiiy tahlil asoslari» fani – ulkan ijtimoiy-estetik ahamiyatga ega.
Asosli badiiy tahlil bo‘lmagan joyda adabiy asar to‘la anglanmaydi. Badiiy matnni to‘la anglamagan filolog o‘zga odamlar ma’naviyatini shakllantirishga qaratilgan faoliyati mobaynida kutilgan samaraga erisha olmaydi. Holbuki, filologlar millat ahli ma’naviyatini shakllantirishga mas’ul bo‘lgan kasb egalaridir. Jamiyat a’zolari hayotida badiiy adabiyotning baland martabada ekanligi, ta’lim tizimida adabiyot alohida imtiyozli mavqeda turishining sababi uning ulkan ijtimoiy ahamiyatidan kelib chiqadi.