btsti ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich 2-guruh talabasi Aminova Shohidaning


Asosiy miqdorlarga doir masalalar yechish



Yüklə 111,16 Kb.
səhifə11/17
tarix28.11.2023
ölçüsü111,16 Kb.
#168163
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
btsti ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich 2-guruh talabasi Aminova Shohi-fayllar.org

Asosiy miqdorlarga doir masalalar yechish

Matematika darslarida har xil miqdorlarni o‘rganish jarayonida mahalliy materiallardan foydalanishning ahamiyati katta.


Mahalliy material asosida masalalar tuzishni ekskursiya materiallari asosida amalga oshirish mumkin. Buning uchun o‘quvchilar bilan birgalikda har xil korxonalarga, fabrikalarga, fermerlarga, dalalarga ekskursiyalar uyushtiriladi. U erda o‘quvchilar, ishchilar mehnati xozirgi zamon texnikasi bilan tanishtiradilar. Ularni kuzatadilar shu yo‘l bilan maxsulot xajmini, sarf bo‘lgan homashyo va boshqa ko‘rsatkichlarni ifodalovchi son ma’lumotlarni oladilar. Ekskursiyadan olgan “Xajmi” sonlar matematika darslarida o‘quvchilarning o‘z masalalarini tuzish uchun material bo‘lib xizmat qiladi. Bunday mavzu bolalarning mehnat tarbiyalarini, o‘zlarining turmushda kattalar mehnatida qatnashishga ishtiyoqlarini tarbiyalashga yordam beradi9.
Misol uchun 4-sinf matematika darsligida berilgan ushbu masalani ko‘raylik: 1s makalatura 8 tup daraxtni kesishdan saqlaydi. Agar 4 – “A” sinf o‘quvchilari 1460 kg va 4- “V” sinf o‘quvchilari 1540 kg makalatura yig‘ishgan bo‘lsa, ular hammasi bo‘lib necha tup daraxtni kesishdan asrab qolganlar.
Bu masalani yechishdan oldin o‘qituvchi masalaning mohiyati o‘quvchilarga ochib berishi kerak. Ya’ni qog‘ozlarning asosan daraxtlardan tayyorlanishini tushuntirib, makulatura to‘plash tabiat ga qancha foyda bo‘lishini tushuntiradi.
Masalan, Andijon tumanidagi 25 – maktab O‘qituvchisi Xayrullaeva Sh. “O‘zbekiston” qishloq xo‘jalik shirkatinig 1 brigadasiga uyushtirgan ekskursiyada brigada bu yil 120 ga maydonga paxta 65 ga maydonga bug‘doy, 40 ga maydongasholi ekib, brigadaning 10 ga erida terakzor tashkil etilgani haqida malumotnomaga ega bo‘ldi.
So‘ng quyidagi masalalar tuzildi.
1. Brigada 65 ga maydonga ekkan bo‘lib,paxta maydoni undan 55 ga ortiq qancha erga paxta ekilgan?
2. Brigada 120 ga erga paxta, 65 ga erga bug‘doy, 40 ga erga sholi ekilgan. 10 ga erni terakzor tashkil etadi. Brigada ixtiyorida qancha er maydoni bor.
3. Brigadaning 65 ga maydoniga bug‘doy 45 ga maydoniga sholi ekilgan va qancha joyda bug‘doy va sholi ekilganbo‘lsa shuncha joyga paxta ekilgan. Brigadaning paxta ekish maydoni necha gektarga teng.
Tarbiyalashning turli usullarni o‘z fermasida, o‘ziga ajratib berilgan ekin maydonlarida o‘z firmasida yaxshi natijalarga erishayotgan ishlar tadbirkorlar bilan uchrashuvlar muhim o‘rin egallaydi.
Shu o‘rinda quyidagicha o‘xshash masalalarni misol tariqasida keltiramiz.
1. Bobokalonimiz 1336 yilda Shaxrisabz yaqinida tug‘ilgan 1405 yilda O‘trorda vafot etgan. Ular necha yoshga kirganlar?
2. Xamyurtimiz Z.M.Bobur 1483 yilda Andijonda tug‘ilgan, 1495 yilda esa otasining o‘rniga taxtga o‘tirdi. Boburmirzo taxtga o‘tirganida necha yoshda edilar?
O‘quvchilar “ASR” mavzusi bilan tanishganda bu masala savolga qo‘shimcha qilib A.Temur yoki Z.M.Bobur bobolarimiz nechanchi asrlarda yashagan?
Degan savolni qo‘yish o‘rinli
3. Andijon shahridagi Jomiy masjidi minorasi 36 metr balandlikka ega. Andijondagi eng baland to‘qqiz qavatli uyning balandligi esa 27 metr masjid minorasi bu uydan necha metr baland?
Mahalliy ma’lumotlar asosida tuzilgan masalalar sistemasiga kiritib, ulardan ham darslardan keng foydalanish mumkin.
1. 1 kg kartoshka 75 so‘m, 1 kg sabzi esa 40 so‘m turadi. 3 kg kartoshka va 5 kg sabzi olish uchun necha so‘m sarflanadi.
2. Umida kitob magazinidan 1000 so‘mga kitob sotib oldi. U kitobga necha so‘mlik pullik xaq to‘lashi mumkin? O‘qituvchi o‘quvchilarga har xil yo‘naltiruvchi savollar berib ularni muammoli vaziyatlarga olib kelishi mumkin. Masalan:
- qani bolalar, agar Umida faqat 50 so‘mlik pullari bor bo‘lsa, unda xaqni qanday to‘lash mumkin?
- agar faqat 100 so‘mlik pullari bo‘lsachi?
- agar 100 so‘mlik va 500 so‘mlik pullari bo‘lsachi?



    1. Yüklə 111,16 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin