Bu elementlarning umumiy soni 33 ta b



Yüklə 223,59 Kb.
səhifə20/22
tarix02.01.2022
ölçüsü223,59 Kb.
#47678
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bu elementlarning umumiy soni 33 ta b-fayllar.org

Xossalari. Marganets — och-kulrang tusli mo’rt metall. U turtta kristall tuzilishli modifikatsiyaga ega. Texnetsiy — ku­mushsimon yaltiroq metall, geksagonal strukturada kristallanadi. Reniy — kulrang kumushsimon, yaltiroq elastik metall, geksagonal strukturada kristallanadi. Bu elementlarning kimyoviy aktivligi Mn—Tc—Re qatorida chapdan o’ngga o’tgan sari kamayib boradi, chunki kuchlanishlar qatorida Mn vodorodgacha joylashgan bo’lsa, Tc bilan Re undan keyin joylashgan. Marganets suyultirilgan HCI va H2SO4 kislotalar bilan aktiv reaksiyaga kirishib, vodorodni siqib chiqarishi bilan birga kation akvakomplekslarini hosil qiladi:

Mn +2HCI MnCI2 + H2

Mn + H2SO4 + 6H2O[Mn(H2O)6]SO4 + H2
Texnetsiy va reniy elementlari nitrat kislotada erib, anion komplekslarini xosil qiladi:

ZTs + 7NNO3 Zn[TsO4] + 7NO+2H2O

Marganets nitrat kislota ta’sirida passivlashadi, u ammoniy xlorid qo’shilgan suvda yaxshi eriydi:

Mn + 2H2O + 2NH4CI MnCI2 + 2NH4OH + H2

Marganets ayniqsa kukun xolatda kimyoviy aktiv metall, qizdirilganda kislorod, oltingugurt, fosfor, uglerod, azot va galogenlar bilanreaksiyaga kirishadi. Alyuminiy, surma, mis va boshqa metallar marganets bilan ferromagnit kotishmalar xosil qiladi.

Texnetsiy o’zining kimyoviy xossalari jixatidan reniyga ko’proq, marganetsga kamroq o’xshaydi. Texnetsiy "zar suvida" va HNO3 + H2O2 aralashmasida eriydi, kislorod oqimida oksidlanib, Tc2O7 xosil qiladi. Texnetsiy va reniy yuqori temperaturada qizdirilganda kislorod, oltingugurt va galogenlar bilan reaksiyaga kirishadi.




Yüklə 223,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin