Tabiatda uchrashi. Mis tabiatda, asosan Cu2S - mis yaltirogi, CuFeS2 - kolchedan, Cu2O - kuprit, CuSO3 • Si(ON)2 - malaxit, sof kumush, qo’rgoshin, rux, kadmiy va boshqa metallarning sulfidli minerallari bilan aralashgan holda yoki Ag2S -argenit, AgCI - kumush xlorid, Ag3SbS3, - pirargirit, Ag3AsS3 - prustit minerallari holida uchraydi. Oltin bu gruppacha elementlari ichida eng tarqoq va nodir metall xisoblanadi. SHuning uchun oltin, asosan tugma holda yoki AuTe - kalaverit minerali holida uchraydi.
Olinishi. Tarkibida mis bulgan rudalar flotatsiya qilib boyitiladi. Hosil bo’lgan konsentrat kislorod atmosferasida kuydiriladi. Konsentrat tarkibidagi temir oksidlari va keraksiz jinslar shlak xolida ajratib olinadi. Tarkibida mis ko’p bo’lgan aralashma kislorodli atmosferada qaytadan suyuqlantiriladi. Natijada mis rudasining oksidlangan qismi bilan oksidlanmagan qismi reaksiyaga kirishib xomaki mis qaytariladi. Hosil bo’lgan xomaki mis rafinatsiya qilinib, elektroliz natijasida mis metali ajratib olinadi:
2Cu2O + Cu2S → 6Cu + SO2
Bundan tashqari, mis gidrometallurgiya usulida ham olinadi. Bu usudda tarkibida mis bo’lgan ruda kaynoq sulfat kislota yoki ammiakli aralashma bilan ishlanadi. Natijada ruda tarkibidagi mis CuSO4 yoki [Cu(NH3)4]SO4 xolida eritmaga o’tadi. Eritmaga temir ta’sir ettirib yoki uni elektroliz qilib, erkin xolda mis metali ajratib olinadi.
Kumush rudasi, asosan qo’rgoshin rudalar bilan aralashgan xolda bo’ladi. SHuning uchun tarkibida kumush bo’lgan rudalar suyuqlantirilib, usti ochiq vannalarda kislorod ta’sirida oksidlanadi. Natijada, qo’rg’oshin RbO holida suyuqlantirilgan arlashma yuziga qalkib chiqadi, kumush esa oksidlanmai metall holida cho’kmaga tushadi. Bundan tashqari, suyuqlantirilgan rudalarga rux ta’sir ettiriladi. Kumush ruxda qo’rg’oshindagiga qaraganda yaxshi erib, cho’kmaga tushadi. Hosil bo’lgan cho’kmadan distillyasiya yordamida kumush ajratib olinadi. Sulfidli rudalardan kumush ajratib olishda, suyuqlantirilgan massaga natriy sianid ta’sir ettirib, hosil bo’lgan kumushning kompleks birikmasi rux bilan qaytarilib metall ajratib olinadi:
Ag2S + 4NaCN → 2Na[Ag(CN)2] + Na2S
2Na[Ag(CN)2] + Zn → Ag + Na2[Zn(CN)41
Oltin, asosan quyidagi usullar bilan olinadi:
1. Tarkibida oltin bo’lgan qumdan oltinni ajratib olish uchun qum bir necha bosqichda yuviladi. Natijada solishtirma massasi kam bo’lgan qum yuvilib ketadi va oltin cho’kmada qoladi.
2. Tarkibida oltin bo’lgan ruda suyuqlantirilib, simob bilan aralashtiriladi. Simob o’zida faqat oltinni eritib, amalgama hosil qiladi. Hosil bo’lgan amalgama termik parchalanib, sof holida oltin ajratib olinadi.
kuydiriladi. Konsentrat tarkibidagi temir oksidlari va keraksiz jinslar shlak xolida ajratib olinadi. Tarkibida mis ko’p bo’lgan aralashma kislorodli atmosferada qaytadan suyuqlantiriladi. Natijada mis rudasining oksidlangan qismi bilan oksidlanmagan qismi reaksiyaga kirishib xomaki mis qaytariladi. Hosil bo’lgan xomaki mis rafinatsiya qilinib, elektroliz natijasida mis metali ajratib olinadi:
2Cu2O + Cu2S → 6Cu + SO2
Bundan tashqari, mis gidrometallurgiya usulida ham olinadi. Bu usudda tarkibida mis bo’lgan ruda kaynoq sulfat kislota yoki ammiakli aralashma bilan ishlanadi. Natijada ruda tarkibidagi mis CuSO4 yoki [Cu(NH3)4]SO4 xolida eritmaga o’tadi. Eritmaga temir ta’sir ettirib yoki uni elektroliz qilib, erkin xolda mis metali ajratib olinadi.
Kumush rudasi, asosan qo’rgoshin rudalar bilan aralashgan xolda bo’ladi. SHuning uchun tarkibida kumush bo’lgan rudalar suyuqlantirilib, usti ochiq vannalarda kislorod ta’sirida oksidlanadi. Natijada, qo’rg’oshin RbO holida suyuqlantirilgan arlashma yuziga qalkib chiqadi, kumush esa oksidlanmai metall holida cho’kmaga tushadi. Bundan tashqari, suyuqlantirilgan rudalarga rux ta’sir ettiriladi. Kumush ruxda qo’rg’oshindagiga qaraganda yaxshi erib, cho’kmaga tushadi. Hosil bo’lgan cho’kmadan distillyasiya yordamida kumush ajratib olinadi. Sulfidli rudalardan kumush ajratib olishda, suyuqlantirilgan massaga natriy sianid ta’sir ettirib, hosil bo’lgan kumushning kompleks birikmasi rux bilan qaytarilib metall ajratib olinadi:
Ag2S + 4NaCN → 2Na[Ag(CN)2] + Na2S
2Na[Ag(CN)2] + Zn → Ag + Na2[Zn(CN)41
Oltin, asosan quyidagi usullar bilan olinadi:
1. Tarkibida oltin bo’lgan qumdan oltinni ajratib olish uchun qum bir necha bosqichda yuviladi. Natijada solishtirma massasi kam bo’lgan qum yuvilib ketadi va oltin cho’kmada qoladi.
2. Tarkibida oltin bo’lgan ruda suyuqlantirilib, simob bilan aralashtiriladi. Simob o’zida faqat oltinni eritib, amalgama hosil qiladi. Hosil bo’lgan amalgama termik parchalanib, sof holida oltin ajratib olinadi.
3. Tarkibida oltin bo’lgan rudalar boyitiladi. Hosil bo’lgan konsentrat KCN yoki NaCN eritmasi bilan ishlanadi. Natijada ruda tarkibidagi oltin kompleks birikmaga aylanadi. Unga rux ta’sir ettirib, hosil bo’lgan oltin rafinatsiya qilinib metall holida ajratib olinadi:
Dostları ilə paylaş: |