Tabiatda uchrashi. Rux tabiatda, asosan vyursit-ZnS, smitsonit- ZnSO3, kalamin-Zn [Si2O7(OH)2] • H2O, sinkit -ZnO, kadmiy grikonit-CdS, otavit-CdCO3, simob esa tugma holda va kinovar HgS, livingotonit-HgS . 2Rb2S3 va koloradoit minerallari holida uchraydi.
Olinishi. Rux rudasi flotatsiya usuli bilan boyitilib, konsentrat hosil qilinadi. Hosil bo’lgan rux konsentratini yondirib rux oksid olinadi:
2ZnS + 3O2 → 2ZnO + 2SO2 +Q
Rux oksidini uglerod bilan qaytarib rux hosil qilinadi:
ZnO + S → SO + Zn
Gidrometallurgiya usuli bilan rux metallini olish uchun quydirilgan rux rudasi sulfat kislotada eritiladi. Natijada hosil bo’lgan ZnSO4 eritmasi elektroliz qilinib, rux ajratib olinadi.
Kadmiy texnikada rux bilan birga olinadi. Tarkibida kadmiy bo’lgan ruda sulfat kislotada eritiladi. Hosil bo’lgan CdSO4 rux bilan qaytarilib yoki uni elektroliz qilib kadmiy ajratib olinadi. Simob texnikada piolmetallurgiya usulda HgS dan olinadi. Buning uchun simob rudasi kislorod yordamida kuydiriladi. Hosil bo’lgan HgS termik beqaror bo’lgani uchun, u erkin simobga parchalanib ketadi:
HgS + O2 Hg + SO2
Bug’ holda hosil bo’lgan simob maxsus idishga yig’ilib, keyin xaydash yo’li bilan tozalanadi. Simobni olishda ba’zan HgS ga temir yoki kalsiy ta’sir ettirish reaksiyasidan foydalanish mumkin:
Dostları ilə paylaş: |