Xossalari. M i s — qizg’ish tusli elastik metall, yoqlari markazlashgan kub sistemadagi kristall panjaraga ega. Oddiy sharoitda quruq havoda oksidlanmaydi. Lekin nam havoda, CO2 ishtirokida yuzasi ko’karib qoladi:
2Cu + H2O + CO2 + O2 → (CuOH)2 CO3
Mis qizdirilganda kislorod ta’sirida oksidlanib, Cu2O, CuO tarkibli birikmalar hosil qiladi, galogenlar, oltingugurt va selen bilan reaksiyaga kirishadi. Mis HNO3 va H2SO4 kislotada eriydi: K u m u sh — oq rangli, yaltiroq yumshoq metall, oddiy sharoitda havoda oksidlanmaydi, ozon va vodorod sulfid eritmasi bilan reaksiyaga kirishadi. Kumush qizdirilganda konsentrlangan H2SO4, HNO3, KOH va H2O2 aralashmasi hamda suyuqlantirilgan KOH va KNO3 aralashmalari bilan reaksiyaga kirishadi, galogenlar, oltingugurt, selen, tellur burlari bilan birikadi.
Oltin — sarg’ish rangli yumshoq metall, odatdagi sharoitda oksidlanmaydi. Qizdirilganda galogenlar bilan reaksiyaga kirishadi. Oltin H2SO4 — HNO3 va HNO3 — HCI aralashmalarida, "zar suvi"da , selenat kislotada eriydi:
Au + 4HCI + HNO3 → H[AuCI4] + NO + 2H2O
Dostları ilə paylaş: |