Vanadiy gidroksid V(OH)3 yashil rangli ipir-ipir cho’kma. Qizdirganda oksidga aylanadi. Tuzlaridan—vanadiy sulfat V2(SO4)3 sariq rangli kukun bo’lib, suvda erimaydi, ishqoriy metallar sulfatlari bilan qo’sh tuzlar hosil qiladi. Umuman, uch valentli vanadiy birikmalari tez oksidlanuvchi moddalar xisoblanadi.
Vanadiy galogenlar bilan bir qator tuzlar hosil qiladi. Bularga VR3, VCI2, VCI3, VCI4 misol bo’la oladi. Bu tuzlar suyuq yoki kristall bo’lib, elementlardan yoki ularning xosilalari dan olinadi. Vanadiy xloroksidi (oksitrixlorid) VOCI3 sariq suyuqlik bo’lib, -78 0C da qotadi, 126,7 °C da qaynaydi. Benzolda, petroley efiri, atseton, spirt, sirka angidridda eriydi, suvda gidrolizlanib V2O5 va VOCI2 hosil qiladi. Vanadiy xloroksidi (oksitrixlorid) epitaksial plyonkalar tayyorlashda qo’llaniladi.
Metavanadat kislota HVO3 tuzlari vanadatlar nomi bilan ma’lum. Pirovanadat, metavanadat va ortovanadatlarning hosil bo’lishi eritmaning vodorod ko’rsatkichi (pH) ga bog’lik.. Eritmada vodorod ionlari oshganda (pH kamayganda) vanadatlarning polimerlanishi va kondensatlanishi natijasida ularning tarkibi murakkablashadi.
Vanadatlar kuchli ishqoriy muhitda vodorod peroksid bilan reaksiyaga kirishib, peroksovanadatlar hosil qiladi.
Vanadiy kuyi oksidlari kislotalar bilan tuzlar hosil qiladi. Bular vanadillar nomi bilan ma’lum. Ularning vakillari sifatida vanadil sulfat VOSO4 va vanadil xlorid VOCI2 ni ko’rsatish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |