Titan dioksidi TiO2- suvda va suyultirilgan kisotalarda erimaydigan oq kristall modda. Kislota va ishqorlik xossalari kuchsiz namoyon bo’luvchi amfoter oksiddir. Tabiatda rutil, anataz va brukit nomida uch modifikatsiyada uchraydi. Titan belilalar, emallar, shisha, glazur, tuldirgich va pigment tayerlashda keng kullaniladi.
Sirkoniy dioksid ZgO2 - kimyoviy reagentlar ta’siriga berilmaydigan va termik kengayish koeffitsienti o’ta kichik bo’lgan birikma. Keramika va o’tga chidamli buyumlar, emallar, maxsus shisha, glazur, lazer materiallari" va qimmmatbaxo toshlar—fianitlar olishda qo’llaniladi. Qattiq holdagi elektrolit va pezoelektrik sifatida ishlatiladi.