Buddaviylik diniy ta limiy tarbiyaviy g'oyalar



Yüklə 90,5 Kb.
səhifə1/3
tarix02.01.2022
ölçüsü90,5 Kb.
#46983
  1   2   3
BUDDAVIYLIK DINIY TA LIMIY TARBIYAVIY G'OYALAR

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Buddizm

BUDDAVIYLIK DINIY TA LIMIY TARBIYAVIY G'OYALAR

Reja:
1)Budda Shakuyamuni.



2) Buddaviylikning paydo bo`lishi va tarqalishi.

3)Buddaviylikning ta`limoti va uning mazmuni.

4)Buddaviylikning okimlari.

5) Hozirgi zamonda buddaviylik

Jahon dinlari (buddaviylik, xristianlik, islom) dinning shunday bir kO`rinishiki bu dinlar O`zlari paydo bO`lgan xududdagina amal qilib qolmay, Yer yuzining boshqa xududlarida ham O`zlariga e`tiqod qiluvchilarni vujudga keltira olgan dinlardir. Budinlar- O`z e`tiqodchilarining milliy, etnik, til, irq, tug`ilgan joyi kabi xususiyatlarini xisobga olmaydigan dinlardir. Binobarin, kishilar millati, irqi, tili, tug`ilgan joyi, qaysi davlat fuqarosi ekanligidan qat`iy nazar, bu dinlarni qabul qilishlari mumkin.

Milliy dinlar (iudaizm, xinduiylik, sintoizm, konfutsiylik va boshqalar) elatlarning, keyin esa millatlarning shakllanish jarayonini aks ettirgan. Bu dinlar O`zlari paydo bO`lgan xududdagi odamlarning (elat, millatlarning) O`z millatlariga, davlatlariga sig`inishni ifodalovchi dinlar edi. Milliy dinlar namoyondalari mazkur etnosning vakilidir. Bu dinlarga odamlarning odatdagi xatti-xarakatlarini diniy marosimga aylantirish, O`ziga xos irimchilik, boshqa dindagi kishilar bilan muomala qilishni qiyinlashtiradigan diniy ta`qiqlarning qat`iy tizimi xosdir.

Jahon dinlariga prozelitizm (yunoncha-kelgindi), ya`ni boshqa diniy e`tiqoddagi odamlarni O`z diniga kiritishga urinish uchun faol targ`ibotchilik xususiyati xosdir. Shuning uchun ham bugun boshqa dinga e`tiqod qilayotgan shaxslar ertaga (agar xohlasa, albatta) istagan jahon dinini qabul qilishi mumkin.

Jahon dinlari paydo bO`lishi bilan endilikda xalqlar hayotida muhim xodisa-bir dindagi turli xalqlarning yaqinlashuvi jarayoni ham rO`y bera boshladi.

Biz yuqorida sanab O`tgan uchta jahon dini ham jamiyat taraqqiyotidagi buyuk tarixiy burilishlar davrida, bir ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyadan ikkinchisiga O`tish, yagona markazlashgan davlatlarga birlashish, jahon imperiyalari tarkib topgan paytlarda, ya`ni jahon imperiyasi uchun jahon dini yaratish ehtiyoji tug`ilgan paytda paydo bO`lgan.

Uch jahon dini ichida birinchi paydo bO`lgan din Buddaviylik dini edi. U miloddan avvalgi VI asrda Xindistonda vujudga keldi.

Milodning boshlarida Xristianlik dini, milodning VII asrida Islom dini paydo bO`ldi.

1.Buddiylik dini.

a). Budda Shakuyamuni. Buddiylikning paydo bO`lishi va tarqalishi.

Buddiylikning asoschisi miloddan avvalgi 1-ming yillikda yashagan Budda hisoblangan. U tarixiy shaxs bO`lib, 80 yil yashagan. Uning xususida turli rivoyatlar mavjud. Uning nomi hind tilida nurlangan, oliy haqiqatga erishgan degan ma`noni anglatadi. Rivoyatlarga qaraganda, keng ma`noda kO`p marta ilohiy tug`ilishlar tufayli mutloq barkamollikka erishgan; boshqalarga ham diniy najot yO`lini kO`rsata oladigan odam bO`lgan.

Tarixiy manbalarning dalolat berishicha buddiylikning asoschisi shahzoda Sidxartxadir. U vafot etgandan sO`ng Budda - “haqiqatga erishgan” deb atalgan; u ushbu oliy maqsadga erishish uchun Gautama urug`idan bO`lgan eng obrO`li Shak`ya qabilasini tanlagan; ana shundan bu diniy rivoyatda Budda-Gautama nomi keng tarqalgan. Diniy rivoyatlarga kO`ra Gautama hind qabilasi hukmdorlaridan birining O`g`li bO`lib, u befarzand bO`lgan; ammo uning xotini g`oyibdan homilador bO`lib, 45 yoshida O`g`il tuqqan; bola tug`ilganda mO`jiza yuz bergan: tabiiy hodisalar - yer qimirlab, chaqmoq chaqib, momaqaldiroq gumbirlab turgan; uning ovozini Koinotdagi ilohiy kuchlardan tashqari barcha tirik mavjudodlar ham eshitib turganlar; chaqaloqqa Sidxartxa (topshiriqni bajaruvchi) deb nom qO`yganlar; U 7 kundan keyin yurib ketgan va gapira boshlagan.

Sidxartxaning otasi O`g`lini din yO`liga bag`ishlashga rozi bO`lmay, unga yaxshi ma`lumot bergan hamda yaxshi sharoitlarda tar-biyalagan va u hech qanday qiyinchilik kO`rmay O`sgan; O`spirinligidayoq O`zining donoligi, kuchliligi va epchilligi bilan hammani hayratga solar ekan. U bir cholga duch kelgan, kasal yotgan kishini, O`likni kO`rgandan sO`ng hayotning mohiyati, maqsadi, og`irliklari, kasallik va O`lim haqida O`ylay boshlagan. Binobarin, hayotning behudaligini anglab, tarki dunyo qilgan, darvesh yO`liga kirgan; bu bilan u gO`yo kishilar boshiga tushadigan kulfatlar, azob-uqubatlar sabablari-ning mohiyatiga tezroq yetib, ulardan qutulish yO`lini topmoqchi bO`lgan. Nihoyat, 36 yoshida “haqiqiy bilim” ni topganligini e`lon qilgan. Shundan sO`ng u Budda deb nom olgan (“budda” sO`zi ilohiy haqiqatga erishgan, degan ma`noni anglatadi). Shu tariqa u 4 ta ulug`vor haqiqat siri ochilgan, ular buddiylik ta`limotiga asos qilib olingan.

Qadimgi Hindistonda buddiylik shakllanganga qadar murakkab sinfiy munosabatlar mavjud edi. Kishilar oliy, O`rta va quyi tabaqalarga ajratilib, oliyga braxmanlar, xarbiylar, O`rta tabaqaga-dehqonlar, eng quyi tabaqaga oddiy xalq, xizmatkor, chO`rilar kiritilar edi.

Buddiylik quldorlik jamiyatida braxmanlik mazhablaridan biri sifatida paydo bO`lgan.

Buddiylik diniy ta`limotining asosiy manbai muqaddas kitob - “Gripitaka” (Uch savob donolik) deb atalgan. Bu t`limotda Budda uchta savatda ta`limot qoldirgan deyiladi: birinchi savob - Vinoyapitana (pand - nashhablar, axloqiy me`yorlar); ikkinchi savat - Suttapitaka (duolar, dostonlar); uchinchi savat - Abxidhammapitaka (diniy-falsafiy masalalar bayoni) lardan iborat.

Markaziy Osiyo xalqlarining qadimgi tarixi va madaniyatida buddiylik muayyan O`rin egallagan. U zardushtiylik dini ta`sirida va u bilan yonma-yon shakllangan dinlardan biri bO`lgan buddiylik miloddan avvalgi VI-V asrlarda Hindistonning shimolida vujudga kelgan; keyinchalik Janubi-Sharqiy va Markaziy Osiyo hamda Uzoq Sharq mamlakatlarida keng tarqalgan. Uning vujudga kelishi hind jamoalarida rO`y bergan muhim ijtimoiy-iqtisodiy O`zgarishlar - urug`-qabilachilik aloqalari va tartiblarining yemirilishi, sinfiy jamiyatlarning vujudga kelishi va yirik quldorlik davlatlarining paydo bO`lishi bilan bog`liq edi. III-asrga kelib dunyoviy jamiyat (imperator Ashoka) ning faol qO`llab-quvvatlashi natijasida mulkchilik darajasida yagona bO`lgan budda tashkiloti (monaxlik jamoasi - singxa) va diniy aqidachilik shakllangan.

Buddiylikning Markaziy Osiyo va Sharqiy Turkistonda tarqalishi miloddan avvalgi II asrlarda bu yerlardagi qabilalarning avlodlari tugatgan grek-baqtriya podshohligining O`rnida qaror topgan Kushon imperiyasining rivojlangan davriga tO`g`ri keladi.

Kushon imperiyasi O`zining eng gullagan davrida (milodning I-III asrlarida) hozirgi Markaziy Osiyoning bir qismini, Afg`oniston, Pokiston, Shimoliy Hindiston, ehtimol Uyg`uristonni ham O`z ichiga olgan. Kushon podsholigi davrida buddiylik Hindistondan Markaziy Osiyoga, undan esa Buyuk ipak yO`li orqali Xitoy va Uzoq Sharqqa tarqalgan.

Keyingi O`n yilliklar mobaynida olib borilgan arxeologik izlanishlarning natijalari va tarixiy ma`lumotlarni umumlashtirgan holda taxmin qilish mumkinki, islomgacha bO`lgan davrda buddiylik Markaziy Osiyo g`oyaviy hayotining muhim tarkibiy qismlaridan birini tashkil etgan. Buddiylik faqat maxsus ibodatxonalargagina emas, balki podsho saroylaridan boshlab, oddiy kambag`al dehqon va hunarmandlarning kulbasigacha kirib borgan dindir. Buddiylikni qabul qilgan Markaziy Osiyo xalqlari diniy ibodatlar uchun har xil maxsus inshootlar qurganlar.

Buddiylik bilan bog`liq obidalar, ibodatxonalar, haykallar, devorlarga solingan rasmlar Markaziy Osiyoda topilgan qadimgi tarixiy obidalar orasida muhim O`rin egallaufy. Buddiylik bilan bog`liq imoratlar, qurilishlar hozirda ham Shimoliy Qirg`iziston, O`zbekiston va Turkmanistonning Janubiy tumanlarida, Tojikis-tonda va Qozog`iston janubida ma`lumdir. Bular orasida eng yirik inshoot eski Termizdagi Qoratepa nomli g`or ibodatxonasidir. Bu ochiq sariq rangli katta tepalik bO`lib, unga qumtoshli g`or binolar O`yib solingan; yer ustida binolar barpo etilgan; bularning hammasi bir butun uyg`un bO`lgan buddaning 20-25 ibodatxonasini tashkil qilib, Kushon podshohligida buddiylikning muhim ahamiyatga egaligidan dalolat beradi. Devorlarga solingan rasmlarni, haykallarni, toat-ibodat buyumlarini, tangalarga, sovg`a qilingan sopol idishlarga bitilgan har xil yozuvlarni O`rganishlar Qoratepaning milodning I asr oxiri va II asri boshlarida bunyod qilinganligidan, arablar bosqinchiligidan keyin ular tugatilgan va keyinchalik vayronaga aylanganligidan dalolat beradi.
b). Buddaviylik ta`limoti va uning mazmuni.

Buddiylik ta`limotida har qanday borliq (moddiylik) barcha kO`rinish va shakllardagi har qanday hayot-hamma mavjudodlarga azob beruvchi yomonlikdir. Yomonlik va azob-uqubatlarning sababi-insonning va barcha tirik mavjudotlarning bu dunyoga qayta tug`ilib kelish dunyosi (sansara) ga bog`langanligi, unga kO`ngil qO`yganligidir. Uningcha har qanday insoniy tuyg`u, hissiyot, ehtiros va istak azob-uqubatni chuqurlashtiradi; “borliq girdobi” dan chiqib olish uchun g`aflatdan uyg`onish, dunyo mohiyatini anglash, hayotga chanqoqlikdan kO`ngilxushliklarga, lazzatlarga, hokimiyatga, boylikka intilishlar-dan voz kechish lozim; faqat shundagina “najot topish yO`li” ga kirish mumkin. Ilk buddiylikda bunday najotdan faqat zohid yoki monaxgina umid qilishi mumkin edi.

Buddiylik ta`limotiga kO`ra, azob-uqubatlardan xalos bO`lishning eng maqbul yO`li rohiblik (monaxlik) jamiyati (sangxa) ga O`tish hisoblanadi. Rohiblik boshqa dinlarga qaraganda buddiylikda barvaqt vujudga kelgan bO`lib, hozirgi kunda buddiylik mahzablaridan bO`lmish hinayana tarqalgan mamlakatlar xalqlarining ijtimoiy hayotida g`oyat salbiy rol O`ynamoqda. Rohiblar buddiylikka e`tiqod qiluvchilar orasida noO`rin tarzda juda katta obrO` va hurmatga sazovar bO`lib, ularga itoat etish va aytganini bajarish zarur, deb hisoblanadi.

Buddiyzm ta`limoti asosan uch qismdan iborat:

axloq;

meditatsiya;



donolik;
Axloq normalari-«Pancha shela» (Buddaning besh nasixati)

-qotillikdan saqlanish;

-O`g`irlikdan saqlanish;

-gumroxlikdan saqlanish;

-yolg`on qalbaki narsalardan saqlanish;

-mast qiluvchi narsalardan saqlanish.

Meditatsiya

-tO`g`ri tushunish, buddaning birinchi davatida sO`z yuritilgan tO`rt xaqiqatni bilish va unga ishonish;

-tO`g`ri niyat qilish-dunyoning lazzat-xalovatlaridan xalos bO`lishga, keraksif fikrlardan saqlanishga intilish;

-O`zini tO`g`ri tutish-O`ziniki bO`lmagan narsaga kO`z olaytirmaslik, ortiqcha xissiyotga berilmaslik;

-tO`g`ri anglash-O`z tanasi va ruxiga O`zini yO`qotib qO`ymaydigan darajada nazoratda bO`lish xamda bunda extiroslar va iztiroblarga chek quyish.

-tO`g`ri xarakat qilish-O`zidani yomon tuyg`ularni jilovlash.

-tO`g`ri xayot kechirish-noma`qul xayot tarzidan saqlanish.

-tO`g`ri fikr yuritish-kamolotni tO`rt bosqichini ketma-ket bosib O`tish.

-tO`g`ri gapirish-yolg`ondan, tuxmatdan, xaqoratdan saqlanish.

3) Donishmandlik-bu buddizmni asosiy maqsadi bO`lib, narsalar tabiatini tO`g`ri tushunishdan iborat bO`lish.

Buddiylik ta`limotida olam uch bosqichli deb tavsiflangan. Birinchisi eng yuqori olam bO`lib, unda mutlaq osoyishtalik hukmron. Unda faqat sof ruhgina mavjud emish. Bu olam ruhning makonidir. Buddiylikning ta`lim berishicha, mutlaq ilohiy kuch - ruhni mutlaqo bilib bO`lmaydi. Birinchi olamda ruh moddiy olamdan tashqarida, u hech harakatsiz mutlaq osoyishta holatda yashar emish. Ikkinchi olam, rivoyatlarga kO`ra, ruhiy mavjudotlar bilan tO`la jannat-bodisatvadir. Bu olamning hokimi Amitabadir. Uning olamida ruh O`z gunohidan xalos bO`lgan, lekin eng oliy olamga, nirvanaga, mutlaq bO`shliq va osoyishtalik olamiga kO`tarilmagan avliyolar yashar emish. Buddalar kishilarga budda ta`limotini O`rganish, yaxshi yO`ldan boshlab borish uchun yerga yuborilar ekan. Uchinchi olam eng quyi olam bO`lib, unda odamlar va hayvonlar yashar emish. Bu olamdagi ruh gO`yo qafasda yashar ekan, u hayot davomida ozod bO`lish hamda yuqori olamga kO`tarilishiga harakat qiladi; ruhning yuqori olamga kO`tarilishi odamlar qiladigan savobli ishlarga bog`liq; agar odam buddiylik ta`limotiga e`tiqod qilsa, yaxshilikka intilsa, uning joni qayta tug`ilishlardan sO`ng jannatga va undan nirvanga kO`tarilar emish. Yomonlikka mansub gunohkor kishilarning ruhi esa quyi dunyoda azoblanib, qafas ichida yura berar, yuqori olamga hech kO`tarila olmas emish. Agar insonning din ta`limotiga zid ishlari kO`payib ketsa, hirs yoki tovlamachilikka berilib, undan qutila olmasa, bunday odamning ruhi bir necha qayta tug`ilishlardan keyin dO`zaxga tushar va unda abadiy azoblanar emish.

Buddiylikda qayta tug`ilish deganda yangidan paydo bO`lish tushunilmaydi, balki ilgari O`lgan odamlarning jismidan tarqalgan dxarmalarning yangi asosda birlashib, kelajak avlodga O`tishi tushuniladi. Shuning uchun buddiylik inson O`z qilmishlari uchungina javobgar bO`lib qolmaydi, balki kelajak avlod uchun ham javobgar deb hisoblangan. Agar odam yaxshi bO`lsa, budda ta`limotiga tO`liq rioya qilsa, boy va e`tiborli bO`lsa, uning dxarmalari asosida qayta tug`ilgan odam ham boy va badavlat, sofdil bO`ladi. Aksincha, odam yomon bO`lsa, kambag`al, qashshoq bO`lsa, budda ta`limotiga rioya qilmasa, uning dxarmalaridan paydo bO`lgan odam ham kambag`al, qashshoq bO`lar ekan. Buning sababi avvalgi avlodlar yomon hayot kechirgani uchun berilgan jazodir, deb hisoblangan. Buddiylik O`zining bu ta`limoti bilan jamiyatdagi ijtimoiy tengsizlik va ekspluatatsiyaning tub mohiyatini yashirishga harakat qiladi. Boshqa dinlar kabi buddiylik ham hayotda passiv bO`lishni, taqdirga tan berishni targ`ib qiladi, zohidlikni yoqlab, ekspluatatsiyani oqlaydi.


v). Buddiylikning parchalanib ketishi. Hozirgi zamonda buddaviylik.

Barcha jahon dinlari kabi buddiylik ham ijtimoiy taraqqiyot natijasida va turli mamlakatlardagi ijtimoiy guruhlar tuzumlarning xususiyatlarga qarab, turli mazhablarga bO`linib ketgan.

«Xinayana» buddizimning asosiy yO`nalishlaridan biridir. «Xinayana» «kichik arava» ma`nosini anglatib, u diniy yO`nalish sifatida eramizdan avvalgi I asrda shakllangan. «Xinayana» ta`limotiga kO`ra draxmalar tabiatini O`rganishga va nirvanaga ma`naviy yO`l bilan erishiladi. Bu yO`l juda og`ir. Shu sababli faqat monaxlargina nirvana xolatiga yetishish mumkin. Bu yO`nalish Sharqiy Xindistonda, Shri-lanka, Xidi-Xitoy davlatlarida tarqalgan.

Maxayana yO`nalishi ruxiy kamolot axdiga rioya etuvchi, Xudoga iltijo qiluvchi roxiblarga in`omlar berib, yordam kO`rsatuvchi xar qanday oddiy dindor najot topish mumkin. degan ta`limotga asoslanadi. Bu Xudolarga ishonish yO`llari barcha uchun mumkin bO`lganligi sababli u «katta arava» nomini olgan.

Lamavizm yO`nalishi-u Tibet tilidi «lama»-«eng ulug`» degan ma`noni anglatadi. Lamavizm Tibetda XII-XIV asrlarda vujudga kelgan. Buddizmni barcha aqidalarini qabul qilgan lamaizmda inson faqat lamalar yordamida najot topadi. Lamalarsiz nirvanaga erishish u yoqda tursin kishi bu dunyoga qaytib kelishda ham xech narsaga erisha olmaydi.

Buddiylikning bu mazhabi mahalliy xalqlar O`rtasida qadimdan mavjud bO`lgan diniy tasavvur va urf-odatlarni O`zlashtirgan. Lamaizmda buddiylikka xos tasavvurlar bilan bir qatorda, Buddaning yana qaytib kelishi va yer yuzida adolatli hokimiyat O`rnatishi tO`g`risidagi uydirmaga keng O`rin berilgan. Lamaizmni kO`chmanchi, qaloq, savodsiz xalq hayotiga moslashtirishga urinish mavjud; undagi ibodat qilish tartibi ham ancha soddalashtirilgan

Hindistonda quldorlik tartiblari barham topishi bilan buddaviylik braxmanizmga tobora yaqinlashib borgan; keyinchalik hinduizmga qO`shilib ketgan. XI-XII asrlarda buddiylik Hindistonda O`z ta`sirini deyarli butunlay yO`qotgan.

Buddiylik ta`limotini tartibga solish maqsadida 1871 yilda Birmada buddistlarning maxsus ibodatxonasida Tripitakning turli tarjimalari va variantlarini taqqoslash natijasida yagona teksti ishlab chiqilgan edi. Yangi tekst mazmuni 729 ta marmar plitaga tushurilgan edi. Bu yozuvlar saqlangan ibodatxona dunyo buddistlari-ning muqaddas joyiga aylantirilgan.

Buddiylik ruhoniylari xalqaro miqyosda uning mavqeini kuchaytirishga harakat qilmoqdalar. Shu maqsadda buddiylikning turli tashkilotlarini birlashtirmoqdalar, buddistlarning xalqaro konferensiyalari, syezdlarini muntazam O`tkazmoqdalar.

Buddiylikning bir necha xalqaro tashkilotlari mavjud. Shulardan eng yirigi Jahon buddistlari qardoshligidir. U 1950 yili tuzilgan. 1956 yili otaxon buddistlarining bu din paydo bO`lganligining 2500 yilligi nishonlandi.

Markaziy Osiyoda bir necha yuz mingdan iborat koreys millatiga mansub kishilar yashaydi. Ularning oilaviy-maishiy an`analari, milliy udumlarining ayrim tarkibiy qismlari mahayana (shimoliy) kO`rinishdagi buddiylik ta`sirida shakllangan. Hozirgi vaqtda bu mintaqada, ayniqsa O`zbekistonda koreys buddistlarni xristianlik ta`siriga olishga qaratilgan harakatlar avj olmoqda.

Buddizm (Budda nomidan olingan), Buddaviylik — jahonda keng tarqalgan dinlardan biri (xristianlik va islom dini bilan birga). Unga eʼtiqod qiluvchilar taxminan 500 mln.dan ortiq. Miloddan avvalgi 6—5-asrlarda(bundan salkam2500- 2600 yil avval shimoli-sharqiy ) Hindistonda paydo boʻlgan. Markaziy Osiyo, Janubiy

Sharqiy Osiyo mamlakatlarida va Uzoq. Sharqda tarqalgan. Hozirgi kunda Shri Lanka, Myanma (Birma), Tailand, Laos, Kamboja, Vyetnam, Tibet, Butan va Yapo kabi davlatlarning asosiy dinidir. Buddizm muayyan tarixiy davrlarda Xitoy, Hindiston, Koreya va Indoneziyada, deyarli butun Osiyo xalqlari, yaʼni jahonning salkam 2/3 qismi aholisi maʼnaviy qadriyatlariga juda katta taʼsir koʻrsatgan. Rivoyatlarga koʻra, Buddizmga Siddhartha Gautama (Budda) asos solgan. Buddizimda 2 asosiy yoʻnalish mavjud: xinayana va maxayana. Keyingisi juda koʻp sekta va mazhablarga boʻlinadi.

Boshqa dinlardan farqli ravishda Buddizmda hech bir oʻzgarmas narsa yoʻq, hatto xudo ham oʻzgaruvchan, deb uqtiriladi. Faqat on yoki lahzalar silsilasi mavjud boʻlib, ularning har biri yoʻqolib, keyingisiga oʻrin beradi. Buddizim taʼlimotiga koʻra, inson doimo azob uqubatga mahkum va bunga uning oʻzi sabab boʻladi. Zero u, garchand befoyda boʻlsada, oʻz hayoti va farovon turmushini saqlab qolishga harakat qiladi. Azob uqubatdan qutulish uchun koʻngil xush koʻrgan barcha narsalardan oʻzini tiyish darkor. Muntazam ravishda yolgʻondanoʻgʻrilikdanboshqaga zarar yetkazishdanzinodan oʻzini tiyish hamda meditatsiya (ongni oliy haqiqatga yetishishga qaratish), "bodxi", yaʼni "xotirjamlik"ka va oxiroqibatda nirvanaga (azobuqubatning tugashiga) olib keladi. Nirvanaga yetishish uchun talab qilinadigan axloqiy barkamollik bir emas, bir necha hayotni taqozo etishi mumkin. Buddizm zaminida 3 narsa — BuddaDharma va Sangxaga eʼtiqod yotadi. Budda (Siddhartha Gautama) oliy haqiqatga yetishishning yorqin timsoli. Dharma — Gautama qoldirgan taʼlimot. Bu taʼlimotning eng qisqa bayoni "toʻrt oliy haqiqat"dan iborat:

1) azob uqubat mavjud;

2) azob uqubatning sababi (istak) mavjud;

3) azob uqubatning tugashi (nirvana) mavjud;

4) azobuqubatning tugashiga olib keluvchi sakkiz bosqichli yoʻl mavjud.


Yüklə 90,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin