Buddaviylik diniy ta limiy tarbiyaviy g'oyalar


Buddizm tarixi 2500 yildan ortiqdavrni oʻz ichiga oladi. Unga dastlab braxmanizm



Yüklə 90,5 Kb.
səhifə3/3
tarix02.01.2022
ölçüsü90,5 Kb.
#46983
1   2   3
BUDDAVIYLIK DINIY TA LIMIY TARBIYAVIY G'OYALAR

Buddizm tarixi 2500 yildan ortiqdavrni oʻz ichiga oladi. Unga dastlab braxmanizm va jaynizmni taʼsiri kuchli boʻlgan. Imperator Ashoka (miloddan avvalgi 3-asr) davrida Buddizm kuchli mustaqil din sifatida shakllandi. Buddizm Hindistonda inqirozga yuz tuta boshladi va pirovardida bu yerda uning oʻrnini xinduizm toʻliq egalladi. Ammo Buddizm Shri Lanka, Janubiy Sharqiy Osiyo va Markaziy Osiyo orqali Xitoy, Koreya, Yaponiya va Tibetga yoyilib ulgurgan edi. Shri Lanka va Janubiy Sharqiy Osiyoning materik qismida Buddizm txeravadasi (qadimiy anʼanalarga sodiqlik), Xitoy, Koreya, Yaponiya va Tibetda esa maxayana (yangicha yondashuvlar) tarqaldi. XV asrda Osiyo qitʼasida paydo boʻlgan yevropaliklar Buddizm bilan tanishdilar. Ularning baʼzilari Buddizmga kirgach, Angliya, Germaniya, AQShda oʻz jamoalarini tashkil etdilar. Xitoylik va yaponiyalik muhojirlar bu eʼtiqodni Gavay orollari va AQShning gʻarbiy sohillariga olib keldilar. Hozirgi paytda AQShga koʻplab yapon va tibet rohiblari hamda olimlarining kirib kelishi natijasida mamlakat boʻylab yirik Buddizm jamoalari tashkil topdi. Buddizmning bir necha xalqaro tashkilotlari ham mavjud.

Buddizmda kundalik, davriy, maxsus va bayram marosimlari ado etiladi. Monastir, butxona va xonadonlarda ertalabki va kechki ibodatlar uyushtiriladi. Odatda, 12—13 yoshli oʻspirin 20 yoshgacha, yaʼni balogʻatga yetgunga qadar monastirda rohiblikni oʻtaydi, lekin , taxminan ularning uchdan bir qismi umrbod shu maqomda qoladi. Oddiy qevm yoki dunyoviy kishilarning eng asosiy kundalik vazifasi — rohiblarni ovqat bilan taʼminlashdir. Bu bilan ular xayrli xizmat qilgan boʻladilar.

XX asrda jahon boʻylab dunyoviy kishilarni ushbu dinga jalb etish odat tusiga kirdi. Hatto Hindistonning oʻzida ham Buddizm dunyoviy shaklda qayta tiklanmoqda. Yaponiyada dunyoviy kishilar "sinsyuko" ("yangi dinlar") deb atalgan oqimlarni (Rossiyada katta shovshuvga sabab boʻlgan "Aum sinrikyo" shulardan) tashkil etmoqdalar. Amerikadagi "yangi buddizm" jamoalari asosan dunyoviy kishilardan tarkib topgan.



Adabiyotlar:

  1. Bibliya. Moskva, 1997.

  2. Vasilyev A.S. Istoriya religiy Vostoka. M., 1989.

  3. JO`rayev U., Saidjonov Y. Dunyo dinlari tarixi. T., “Sharq“, 1998.

  4. Injil. Stokgolm. Bibliyaning tarjima qilish insituti. 1992 y.

  5. Kulakov A.YE. Religii mira. M., 1996.ss 150-173.

  6. Men A. Istoriya religii. M., 1994.

  7. MifO` narodov mira. V 2-x tomax. M., 1973.

  8. OsnovO` religiovedeniya. Uchebnoye posobiye dlya studentov vO`sshix uchebnO`x zavedeniy. Pod obh. red. M.N.Yablokova. M., 1995.

  9. Radugin. A.A. Vvedeniye v religiovedeniye: teoriya, istoriya i sovremennO`ye religii. M., 1996.

  10. ReligioznO`ye traditsii mira. Buddizm, iudaizm, xristianstvo, islam. Spravochnik shkolnika. Bishkek, 1997. ss 170-282.

  11. Yaxudiy oy-quyosh kalendari. M., 1990.

  12. JO`rayev U., Saidjonov Y. Dunyo dinlari tarixi. T., “Sharq“, 1998.

  13. www.ziyonet.uz

  14. www.e-tarix.uz

Yüklə 90,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin