Budjet nazorati


MAVZU BO’YICHA TOPSHIRIQLAR



Yüklə 2,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə110/132
tarix21.10.2023
ölçüsü2,32 Mb.
#158278
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   132
Budjet nazorati 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

MAVZU BO’YICHA TOPSHIRIQLAR. 
Mablag’lar manbasi va byudjetlar darajasi tasnifi bo’yicha nazorat; 
Daromadlar turi bo’yicha nazorat; 
 
Tashkiliy tasnif bo’yicha nazorat 
Hududiy tasnif bo’yicha nazorat. 
 
1-topshiriq. 
Byudjet ijrosi natijalarini tekshirish usullari 
 
2-topshiriq 
Moliya organlarida davlat byudjeti ijrosi bo’yicha hisobotlar nazorati 
3-topshiriq. 
Nazorat o’tkazish manbalari 
17-Mavzu: Moliya organlari hamda g’aznachilik bo’linmalarida nazorat va 
taftish natijalarini umumlashtirish hamda amalga oshirish 
Reja: 
4.
Nazorat taftish natijalarini umumlashtirish 
5.
Davlat moliyaviy nazorati natijalarini rasmiylashtirish 
6.
Moliyaviy nazorat ob’ekti mansabdor shaxslarining huquq va majburiyatlari 
2.
 
Nazorat taftish natijalarini umumlashtirish 
Moliya organlari hamda g’aznachilik bo’linmalarida tekshirish natijalarini 
umumlashtirishda tekshirishni turi va xususiyati inobatga olinadi. Tekshirishni 
turiga binoan uning natijalari quyidagi shakllarda umumlashtirilishi mumkin: 
Umumuslubiy –
10.
taftish – dalolatnoma, axborotnoma; 
11.
audit –auditorlik xulosasi va auditorlik hisoboti; 
12.
tahlil – ma’umotnoma. 
Xajmiga binoan –


13.
to’la yoki qisman tekshirilganda-dalolatnoma yoki ma’lumotnoma; 
14.
kompleks tekshirilganda dalolatnoma; 
15.
aniq mavzu (ob’ekt) bo’yicha-ma’lumotnoma, xulosa yoki dalolatnoma; 
16.
tanlov asosida – dalolatnoma yoki tahliliy xulosa; 
Dalolatnoma.
Moliya organlari hamda g’aznachilik bo’linmalarida asosiy 
tekshirish usuli – kompleks taftish hisoblanadi. Bunday tekshirish yuqori organ 
tomonidan 
rejalashtiriladi 
va 
uning 
natijalari 
dalolatnoma 
yordamida 
rasmiylashtiriladi. Dalolatnomalar boshqa umumlashtiruvchi xujjatlardan farq qilib 
yuridik xujjat bo’lganligi tufayli ikki tomonlama, ya’ni taftish guruhi raxbari va 
tekshirilayotgan organ raxbari hamda bosh hisobchi tomonidan imzolanadi. 
Tekshirilayotgan organ raxbari va bosh hisobchisi tekshirish dalolatnomasi 
ma’lumotlariga e’tiroz bildirsa, u holda o’z e’tirozlarini yozma ravishda 
qonunchilikda belgilangan muddatda taqdim etib dalolatnomani imzolashi kerak. 
Tekshiruv jarayonida katta miqdorda aniqlangan kamomadlar yoki boshqa 
jinoiy xarakterga ega bo’lgan hato va kamchiliklar aniqlansa oraliq dalolatnomasi 
tuziladi hamda tekshirish belgilagan tashkilot qaroriga asosan huquqni himoya 
qilish organlariga oshiriladi. 
Tekshirilayotgan organ raxbariyati aniqlangan hato va kamchiliklar bo’yicha 
taftish yakunlanishiga qadar ularni bartaraf qilish yuzasidan chora-tadbirlar amalga 
oshirishi kerak. 
Tekshirish dalolatnomasi tuzilmasini shakllantirishda idoraviy yo’riqnomalar 
va tashkilotni tarmoq xususiyatlari inobatga olinadi. Dalolatnoma kirish va asosiy 
qismdan iborat bo’ladi. Dalolatnomaning kirish qismida taftishning xususiyati, 
dalolatnoma tuzilgan joy va sana, uni belgilagan tashkilot xaqida qisqacha izoh, 
taftish guruhining tarkibi, taftish davri, tekshirish ob’ekti xaqida qisqacha 
ma’lumot, tekshirilayotgan tashkilotda birinchi va ikkinchi imzo huquqiga ega 
bo’lgan shaxslar ko’rsatiladi. Bundan tashqari, kirish qismida kassa va bank 
operatsiyalaridan tashqari operatsiyalarni tanlab olib tekshirilganligi xaqidagi 
ma’lumot kiritilishi kerak. Albatta, tanlab olish shartlari tekshiruv guruhining 
raxbari tomonidan belgilanadi va amalga oshiriladi. 


Tekshirish natijalari bo’yicha tahliliy jadvallar, bir xil turdagi kamchiliklar 
bo’yicha jamlanma qaydnomalar, tushuntirish xatlari, schyotlar bo’yicha qoldiq 
qaydnomalari tuziladi va tekshirish dalolatnomasiga ilova qilinadi. Har bir ilova 
bo’yicha tekshirish dalolatnomasida izohlar keltirilishi shart. 
Tekshirish dalolatnomasiga barcha tushuntirishlar, schyotlar bo’yicha 
qoldiqlar qaydnomasi ochilgan holda bosh hisobchi va raxbar tomonidan 
imzolanib ilova qilinadi. Moliya organlari hamda g’aznachilik bo’linmalarining 
rahbarlari va bosh hisobchilari moliyaviy hisobot ma’lumotlarining to’liqligi, 
to’g’riligi hamda o’z vaqtida taqdim qilinishi yuzasidan javobgardirlar. 
Belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan taftish dalolatnomasi natijalari 
barcha Mehnat jamoasi oldida muxokama qilinadi. Muxokama natijalari 
protakollashtiriladi va dalolatnomaga ilova qilinadi. Bu tuzilgan dalolatnoma 
realizatsiyasi jarayonining dastlabki qismi hisoblanadi. 
Dalolatnoma realizatsiyasining asosiy qismi taftish belgilagan tashkilot 
tomonidan amalga oshiriladi. Bunda, ko’p hollarda taftish natijalari vazirlik, 
qo’mita va boshqarmalarning kollegiya majlislarida ko’rib chiqiladi va 
ma’muriy chora tadbirlar belgilanadi. 

Yüklə 2,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   132




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin