Adabiyotlar:
6.
R.Dodj Kratkoe rukovodstvo po standartam i normam audita: Per. s angl.,
predislovie S.A.Stukova. (Audit: teoriya i praktika). – M.: Finansi i
statistika; YuNITI, 2009.
7.
Ibragimov A., Sugirbaev B. Byudjet nazorati va auditi. – T.:
InfoCOM.UZ”2010.
8.
Karimova Z.X., Djamalov X.N., Islamkulov A.X. Byudjet tizimi. O’quv
qo’llanma. T.: “VORIS NASHRIYOT”., 2012 y.
9.
Ostanaqulov M. Davlat sektori va buxgalteriya hisobi. - T.: "IQTISOD-
MOLIYa", 2009. 132-b
10.
Internet saytlari:
www.gov.uz
www.mf.uz
www.tfi.uz
3-mavzu:
Budjet
tashkilotlarida
smetalarni
tuzish
hamda
rasmiylashtirishning nazorati
1.
Budjet
tashkilotlari
xarajatlar
smetalarini
tuzish
hamda
rasmiylashtirishning nazorati
Budjet tashkilotlari uchun xarajat moddalari xarajatlar smetasida aks
ettiriladi. Xarajatlar smetasi joriy moliya yili uchun budjet tashkilotlari
tomonidan tuziladi va moliya organi tomonidan tasdiqlanadi.
Xarajatlar smetasini tuzish va tasdiqlash “Budjet tashkilotlari va budjetdan
mablag’ oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini tuzish, tasdiqlash va
ro’yxatdan o’tkazish tartibi to’g’risida”gi nizom asosida tartibga solinadi.
Xarajatlar smetasini nazorat qilishda quyidagilarga amal qilinishiga e’tibor
qaratilishi kerak:
1.
O’zbekiston Respublikasi qonunlari va O’zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisi palatalarining qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari,
qarorlari va farmoyishlari, O’zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari va
farmoyishlari, shuningdek Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
tegishli hokimiyatlarning ularga berilgan huquq va vakolatlar doirasida qabul
qilingan qaror va farmoyishlariga;
2.
budjet tashkilotlarining belgilangan tartibda tasdiqlangan xarajatlar
me’yorlariga;
3.
tovar va xizmatlarni davlat tomonidan tartibga solinadigan baholari va
tariflariga.
Jumladan:
•
xarajatlar smetasiga ish haqi uchun mablag’lar qonunchilik bilan belgilangan
maoshlari va ish haqi stavkalari va ularga qo’shimcha to’lovlardan, amaldagi
na’munaviy shtatlar va me’yorlarga rioya qilishdan kelib chiqib kiritiladi. Ishbay
usul bilan bajariladigan ishlar uchun ish haqi xarajatlar smetasiga budjet yiliga
xarajatlar smetasida ko’zda tutilgan ish hajmlaridan kelib chiqib kiritiladi;
•
pedagog xodimlar ish haqi uchun mablag’larni ajratishda, qonunchilikda
belgilangan ish haqi stavkalaridan va o’quv rejasiga muvofiq daftar tekshirish, sinf
rahbarligi va boshqalar uchun qo’shimcha haq to’lashni hisobga olgan holda
tuzilgan tarifikatsiyalardan kelib chiqilishi lozim;
•
tibbiyot xodimlari ish haqi uchun mablag’larni ajratishda, ish haqi stavkalari
va qonunchilikka muvofiq mehnatga haq to’lash shartlarini hisobga olgan holda
tuzilgan tibbiyot xodimlari tarifikatsiyalaridan kelib chiqilishi lozim;
•
oliy o’quv yurtidan keyingi ta’limda ta’lim oluvchilarni stipendiya
xarajatlari belgilangan stipendiyalar miqdori va stipendiya ta’minoti tartibidan
kelib chiqqan holda hisoblanadi;
•
mehnatga haq to’lash jamg’armasidan yagona ijtimoiy to’lovni to’lash
xarajatlari xarajatlar smetasiga O’zbekiston Respublikasi Prezidentining
qarorlariga muvofiq belgilangan stavkalarda, qonunchilikka muvofiq yagona
ijtimoiy to’lov to’lanadigan barcha to’lov summalaridan kelib chiqqan holda
kiritiladi;
•
ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish bo’yicha
sug’urta mukofotini to’lash xarajatlari xarajatlar smetasiga qonunchilikda
belgilangan tartibda ish beruvchining barcha xodimlarining o’tgan yilgi ish
haqining haqiqiy xarajatlaridan kelib chiqqan holda kiritiladi;
•
xo’jalik xarajatlari, jumladan, kommunal xizmatlar uchun xarajatlar limitlar
doirasida kommunal xizmatlar uchun baho va tariflarni hisobga olgan holda
hisoblanadi;
•
telefon va boshqa telekommunikatsiya xizmatlari xarajatlari abonent
raqamlari soni va xizmatlar uchun tasdiqlangan tariflaridan kelib chiqib
hisoblanadi. Bunda, limitdan oshiq foydalanilgan shaharlararo (davlatlararo)
so’zlashuvlar uchun aloqa xizmatlari, internet bo’yicha xizmatlar va boshqa aloqa
xizmatlari xarajatlari budjet tashkilotlarining xarajatlar smetasida tegishli moliya
organlari bilan kelishilgan holda o’zlarining faoliyat xususiyatlaridan va ushbu
xizmatlarga bo’lgan talabdan kelib chiqib ko’zda tutiladi;
•
davolash, bolalar va boshqa ijtimoiy soha muassasalarida ovqatlanishga
ketadigan xarajatlar tashkilotlarning har bir turi uchun tasdiqlangan ovqatlanish
kunining o’rtacha yillik sonidan va natural me’yorlaridan kelib chiqib hisoblanadi;
•
dori-darmonlarga ketadigan xarajatlar qonunchilikda belgilangan pul
xarajatlari me’yoriga qarab:
•
statsionarlarda - har bir joy-kunga, shifoxonalarda - shifokorga har bir
kirishga belgilanadi;
•
ijtimoiy-madaniy tashkilotlarni ayrim guruhi uchun kiyim-kechak, poyabzal,
choyshab, yotish anjomlari va boshqa yumshoq buyumlar sotib olishga ketadigan
xarajatlar, moddiy ta’minotning me’yorlari asosida, lekin ajratilgan mablag’lar
doirasida hisoblanadi;
•
suv, o’rmon xo’jaligi va boshqa tashkilotlarni saqlash xarajatlari ularning
bajarayotgan ish me’yori va hajmidan kelib chiqqan holda aniqlanadi;
•
inspektsiya va qo’riqlash faoliyati bilan bog’liq xizmatlar to’lovi xarajatlari
tashkilotlar va ushbu xizmatlarni etkazib beruvchilar o’rtasidagi shartnomaga
muvofiq aniqlanadi;
•
tashkilotlarning binolar, inshootlar va transport vositalaridan foydalanish,
binolar va transport vositalari, shuningdek boshqa davlat mulklari ijarasi bilan
bog’liq xarajatlari belgilangan limitlar va natural ko’rsatkichlardan kelib chiqib
aniqlanadi;
•
xizmat safarlari bilan bog’liq xarajatlar tashkilotlarning oldiga qo’yilgan
vazifalaridan, shuningdek qonunchilikda belgilangan me’yorlardan kelib chiqqan
holda aniqlanadi;
•
epizootik
kasalliklarga
qarshi
tadbirlar
va
qishloq
xo’jaligi
zararkunandalariga (chigirtkalar, tut parvonasi va boshqalar) qarshi kurashish bilan
bog’liq xarajatlar prognoz ish hajmlari va kimyoviy preparatlarga bo’lgan
ehtiyojlar, shuningdek bajariladigan ish turlaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Yuqorida ko’rsatilgan xarajatlar, shuningdek Davlat budjeti xarajatlarining
iqtisodiy tasnifi bo’yicha boshqa xarajatlarni aniqlashda boshqa ko’rsatkichlar va
uslublar qo’llanishi mumkin, ularning asoslanganligi xarajatlar smetasini
ro’yxatdan o’tkazuvchi tegishli moliya organlari tomonidan tekshiriladi.
Yuridik shaxs maqomiga ega bo’lmagan tashkilotlarda xarajatlar smetasi
markazlashtirilgan buxgalteriyalar va tegishli hokimiyatlarning buxgalteriyalari
tomonidan tuziladi.
Tegishli moliya organlari xarajatlar smetasini chuqurroq o’rganish maqsadida
tashkilotlarning xarajatlar smetasini tuzish va ijro etishning istalgan bosqichida
ularning qo’shimcha hisob-kitoblarini talab qilishga haqli.
O’zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog’iston Respublikasi vazirliklari,
idoralari, tegishli hokimiyatlarning boshqarmalari, bo’limlari va xarajatlar
smetalarini tasdiqlash huquqiga ega bo’lgan boshqa tashkilotlar, O’zbekiston
Respublikasi "Budjet kodeksi"ga muvofiq ularga etkazilgan ajratilgan mablag’lar
hajmlari, belgilangan tartibda rejalashtirilgan yil uchun tasdiqlangan Davlat budjeti
parametrlari doirasida o’z qaramog’idagi tashkilotlarning kelib tushgan xarajatlar
smetalarini sinchiklab ko’rib chiqishni ta’minlaydilar.
Tashkilotlar
tomonidan
taqdim
etilgan
xarajatlar
smetalari
zarur
hollardategishli tashkilotlarning rahbarlari ishtirokida ko’rib chiqiladi. Bunda,
xarajatlar smetalarini ko’rib chiquvchi tashkilotlar quyidagilarga majbur:
•
qonunchilik talablariga, shuningdek kelgusi yil smetalarini tuzish bo’yicha
ko’rsatmalarga qat’iy amal qilishni ta’minlash;
•
iqtisod qilish tartibiga amal qilgan holda xarajatlar smetalarida talab
etilmaydigan tadbirlar uchun mablag’lar ajratishga yo’l qo’ymaslik;
•
alohida tadbirlarni o’tkazish muddatlari va ularni moliyalashtirish imkonini
ta’minlashni hisobga olgan holda xarajatlar smetasi bo’yicha ajratilgan
mablag’larni chorak (oy)larga taqsimlashni ta’minlash;
•
hisob-kitoblar va asoslantirishlar bilan tasdiqlanmagan summalarni xarajatlar
smetalarida qabul qilishga yo’l qo’ymaslik.
Agar tashkilotlarning xarajatlar smetalarini ko’rib chiqish natijasida
O’zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog’iston Respublikasi vazirligi, idorasi
bo’yicha, hokimiyatning boshqarma, bo’limi bo’yicha jami xarajatlar summasi
yoki ish haqi, ish haqiga ajratmalar, kapital qo’yilmalar va xarajatlarning boshqa
turlari bo’yicha xarajatlar summasi qabul qilingan budjet va tegishli moliya
organlari tomonidan ularga etkazilganiga nisbatan ortiq bo’lsa, vazirlik, idora,
hokimiyatning boshqarma va bo’limi rahbari alohida tashkilotlarning xarajatlar
smetalari bo’yicha xarajatlarini tegishincha qisqartirishi lozim.
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va hududiy moliya organlari
taqdim etilgan materiallarni jamlangan xarajatlar smetasi bo’yicha O’zbekiston
Respublikasi Prezidentining qarori bilan O’zbekiston Respublikasi Davlat budjeti
tasdiqlanayotganda belgilanadigan umumiy xarajatlar hajmiga, belgilangan ish
haqi, ish beruvchining ajratmalari, kapital qo’yilmalar va boshqa xarajatlar turlari
bo’yicha amal qilinganligini, shuningdek Davlat budjetini tuzish bo’yicha
qonunchilik talablarining bajarilishi nuqtai nazaridan tekshiradilar.
Shtatlar jadvaliga kiritiladigan lavozimlar nomlari va ma’muriy-boshqaruv,
o’quv-yordamchi va yordamchi (xizmat ko’rsatuvchi va texnik) xodimlarining
soni, xodimlar va mehnatga haq to’lash bo’yicha ularning razryadlari (bazaviy
stavkalari) quyidagilarga muvofiq bo’lishi shart:
•
belgilangan tartibda tasdiqlangan na’munaviy shtatlar jadvalida va mehnatga
haq to’lash bo’yicha razryadlarda (bazaviy stavkalarda) nazarda tutilgan
lavozimlarga;
•
xodimlarning umumiy birliklari doirasiga va boshqaruv xizmatchilarining
xodimlar birliklariga;
•
tashkilotlar turlari bo’yicha belgilangan tartibda tasdiqlangan na’munaviy
shtatlar jadvallariga;
•
davlat boshqaruv organlarida xodimlar toifalarining me’yoriy nisbatlarini
Davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarining boshqaruv, xizmat ko’rsatuvchi va
texnik xodimlari lavozimlarining nomenklaturasi bilan muvofiqligiga.
Shtatlar jadvalida, shuningdek yakun bo’yicha alohida qatorda mehnatga haq
to’lash shartlarida nazarda tutilgan mehnatga haq to’lash jamg’armasi va yil
bo’yicha hisob-kitoblar natijasida ustamalar to’lashga, qo’shimchalar va
xodimlarni moddiy rag’batlantirishga yo’naltiriladigan mablag’lar ko’rsatiladi,
masalan:
•
mehnatga haq to’lash jamg’armasiga nisbatan 15 foiz miqdorda
shakllanadigan Budjet tashkilotlari va muassasalarini moddiy rag’batlantirish
maxsus jamg’armasi (tibbiyot muassasalari va barcha tipdagi umumta’lim
maktablari bundan mustasno);
•
uzoq yillik mehnati uchun bir martalik rag’batlantirishni to’lash, moddiy
yordam ko’rsatish, mukofotlash uchun mehnatga haq to’lash jamg’armasi;
•
mehnat ta’tilidagi shaxslarning o’rnini bosuvchi xodimlarning mehnatiga
haq to’lash uchun mehnatga haq to’lash jamg’armasi;
•
umumta’lim
muassasalari,
o’rta-maxsus,
kasb-hunar
ta’limi
muassasalarining direktor jamg’armasi va boshqalar.
Tashkilotlar vaqtinchalik xarajatlar smetasini tuzish, ko’rib chiqish va
tasdiqlash oylar kesimida birinchi chorakdan oshmagan davr uchun amalga
oshiriladi. Bunda, har oylik xarajatlar, qoida tariqasida, moliya yilining
boshlanishida amalga oshirilishi rejalashtirilmaydigan xarajatlar summasini
hisobga olgan holda, o’tgan moliya yilining oxirgi choragi budjet mablag’larining
uchdan bir qismidan oshib ketmasligi shart.
Vaqtinchalik xarajatlar smetasida o’tgan moliya yilida amalga oshirilmagan
budjet xarajatlari ko’zda tutilmaydi. Vaqtinchalik xarajatlar smetasi xarajatlar
smetasi tasdiqlangunga qadar amalda bo’ladi, bunda belgilangan tartibda
ro’yxatdan o’tkazilgan xarajatlar smetasidagi birinchi chorak uchun xarajatlar
summasi tashkilotlarning vaqtinchalik xarajatlar smetasida ko’zda tutilgan
xarajatlar summasidan kam bo’lishi mumkin emas.
Yuqori tashkilot moliya organiga xarajatlar guruhlari bo’yicha xarajatlar
yig’ma smetasini, xarajatlarning to’liq yoyilmasini va xarajatlar smetasiga hisob-
kitoblarni ilova qilgan holda, shuningdek qaramog’idagi barcha tashkilotlar
bo’yicha esa, ro’yxatdan o’tkazish uchun quyidagi hujjatlarni ham taqdim etadi:
-
Davlat budjeti daromadlari va xarajatlarining tasnifiga muvofiq xarajatlar
guruhlari bo’yicha xarajatlar yoyilmasini ilova qilgan holda xarajatlar smetasini;
-
xarajatlar smetasining barcha moddalari bo’yicha hisob-kitoblarni;
-
budjet hisobidan saqlanuvchi lavozim va tarif stavkalari bo’yicha shtatlar
jadvalini.
O’zining tarkibida yuridik shaxs maqomiga ega bo’lmagan bo’linmalarga ega
bo’lgan tashkilotlar ularning ro’yxatini joylashgan joyi, xodimlar sonini
tasdiqlangan shtat xodimlari miqdoridan chiqmagan holda taqdim etadi.
Budjet tashkiloti xarajatlar smetalarini va shtatlar jadvalini o’rganishda
paytida quyidagilar tekshirilishi lozim:
•
budjet tashkilotlari xodimlariga ish haqi to’lovi uchun xarajatlar smetasi
bo’yicha tasdiqlangan summalarining shtatlar jadvali (bunda, xarajatlar
smetasidagi ish haqi jamg’armasi, xodimlar to’liq to’ldirilmaganligi tufayli
mehnatga haq to’lash jamg’armasi bo’yicha tejab qolingan mablag’lar summasiga
shtatlar jadvalidagidan kam miqdorda tasdiqlanishi mumkinligini ko’zda tutish
lozim) bo’yicha tasdiqlangan ish haqi summalariga muvofiqligi;
•
ro’yxatdan o’tkazish uchun taqdim etilgan shtatlar jadvalini belgilangan
na’munaviy shtatlar jadvali va shtatlar normativlariga muvofiqligi;
•
shtatlar jadvalida belgilangan lavozimlar bo’yicha maoshlar hamda ularga
qo’shimchalarning to’g’ri belgilanganligi;
•
budjet tashkilotlari va muassasalari xodimlarini moddiy rag’batlantirish
maxsus jamg’armasining to’g’ri tashkil qilinishi;
•
umumta’lim, o’rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining Direktor
jamg’armasi to’g’ri tashkil qilinishi;
•
xarajatlar smetasi bo’yicha tasdiqlangan stipendiyalar uchun xarajatlar
summasini xarajatlar smetasi bo’yicha hisob-kitoblarga muvofiqligi;
•
"Boshqa xarajatlar" guruhi xarajatlari summasining xarajatlar smetasida
tasdiqlangan summasiga muvofiqligi.
Tashkilotlarning xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini ro’yxatdan o’tkazish
paytida moliya organlari o’z vakolatlari doirasida ortiqcha shtatlarni yo’qotishlari
lozim. Aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilganidan keyingina ro’yxatdan
o’tkazishni amalga oshirish lozim.
Yangidan tashkil qilinayotgan (jumladan, qayta tashkil etish natijasida)
tashkilotlarning xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini ro’yxatdan o’tkazish ushbu
tashkilotlarni belgilangan tartibda tashkil qilinishi to’g’risidagi tegishli qaror
ko’rsatilganidan so’ng amalga oshiriladi.
Yangidan tashkil qilinayotgan mahalliy tasarrufdagi tashkilotlarning xarajatlar
smetasi va shtatlar jadvalini ro’yxatdan o’tkazish mazkur tashkilotlarning
belgilangan tartibda tashkil qilinishi to’g’risidagi tasdiqlovchi hujjatlar
ko’rsatilganidan so’ng amalga oshiriladi.
Budjet intizomiga rioya qilinishining nazorat etilishini ta’minlash maqsadida,
xarajatlar smetasi va shtatlar jadvali ro’yxatdan o’tkazilgandan so’ng bir haftalik
muddatda budjetdan moliyalashtiriladigan vazirliklar va idoralarning rahbarlari
tomonidan vazirliklar va idoralarda, shuningdek ularga bo’ysunuvchi tashkilotlarda
budjet intizomiga rioya etilishini ta’minlovchi buyruqlar chiqariladi. Buyruqlarda
quyidagilar tartibga solinadi:
-
budjet intizomiga rioya qilish, xarajatlarni tasdiqlangan mablag’lar doirasida
amalga oshirish;
-
bo’ysunuvchi tashkilotlar rahbarlarining quyidagilar bo’yicha majburiyatlari:
-
budjet intizomiga rioya qilinishi nazoratini tashkil qilish va amalga oshirish;
-
budjetga keltirilgan zararni qoplash bo’yicha choralarni qo’llash;
-
budjet intizomini buzgan shaxslarni javobgarlikka tortish.
Kommunal xizmatlar (issiqlik va elektr energiyasi, gaz, issiq va sovuq suv,
kanalizatsiya) bo’yicha tashkilotlar uchun belgilangan pul va naturadagi limitlarga
rioya qilishni ta’minlash maqsadida buyruqlarda, shuningdek quyidagilarga
javobgar bo’lgan mansabdor shaxslar ko’rsatiladi:
-
kommunal xizmatlar iste’mol qilish limitlarini tasarruflaridagi tashkilotlarga
etkazish;
-
belgilangan limitlar doirasida kommunal xizmatlar ta’minotchilari bilan
shartnomalar tuzishni ta’minlash;
-
kommunal xizmatlar iste’moli hisobini o’lchagich asboblarini o’rnatish va
ularning ishlashi ustidan nazorat o’rnatish;
-
belgilangan limitlardan ortiqcha xarajatga yo’l qo’ygan quyi tashkilotlarning
bosh hisobchilari va rahbarlarini javobgarlikka tortish yuzasidan choralar ko’rish;
-
kommunal xizmatlar ta’minotchilarini, shartnomalarda ko’rsatilgan
hajmlardan va mablag’lardan ortiqcha xizmat ko’rsatayotgan xizmatlar uchun haq
to’lanmasligi to’g’risida ogohlantirish;
-
ko’rsatilgan buyruqlarni bajarish.
Budjet mablag’laridan tasdiqlanmagan xarajatlar smetasi, xarajatlar smetasida
ko’zda tutilmagan tadbirlar umumlashgan smeta va alohida xarajatlar smetasida
tayinlanganidan ortiq summalarda xarajat qilish taqiqlanadi.
Budjet tashkilotlari raxbarlari va bosh hisobchisi budjet mablag’lari xarajatlari
hisobi va hisobotini yuritishining belgilangan tartibi, budjet intizomiga rioya
etilishiga shaxsan javobgar hisoblanadi.
Xarajatlar smetasida hisob-kitoblarda ko’rsatilgan tashkilotlarning ishlab
chiqarish ko’rsatkichlari (maydoni, hajmi, sarflanayotgan kommunal xizmatlari
bo’yicha tabiiy ko’rsatkichlar hajmi hamda ular bo’yicha xarajatlarning
tasdiqlangan xarajatlar smetasiga va pasport ma’lumotiga, shartnomalar va
boshqalarga mosligi)ning to’g’riligi va asoslanganligi uchun tashkilotlarning
rahbarlari va bosh hisobchilari, moliya-iqtisod bo’limi boshlig’i (shtatlar jadvaliga
muvofiq moliya-iqtisod masalalari bo’yicha mutaxassis) shaxsan javob beradilar.
Moliya organlarining javobgar xodimlari tashkilotlarning xarajatlar smetasi
va shtatlar jadvali ro’yxatdan to’g’ri o’tkazilganligi uchun javobgar bo’ladilar.
Belgilangan talablarni buzishda aybdor bo’lgan shaxslar qonunchilikka muvofiq
javobgarlikka tortiladi.
Dostları ilə paylaş: |