O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va xududiy moliya organlari
yuqoridagi vaziflarni amalga oshirish chog’ida
davlat budjetining ijrosini
nazorat qiladi va quyidagilarga e’tibor qaratadi:
1.
Budjetlar ijrosi yakunlarini ko’rib chiqadi;
2.
Budjetlarga mablag’lar tushumi to’g’risida soliq va bojxona organlaridan,
davlat maqsadli jamg’armalari organlaridan axborotlar oladi;
3.
Budjet tashkilotlaridan budjet va budjetdan tashqari mablag’larning tushumi
va sarflanishi to’g’risida ma’lumotlar talab qilib oladi;
4.
Qonun xujjatlariga muvofiq banklardan budjet mablag’lari harakati
to’g’risida ma’lumotlar oladi;
5.
Budjet mablag’larini oluvchilarning moliyaviy xo’jalik
faoliyatini auditdan
o’tkazadi.
Keltirilgan vazifalarni bajarilishi umumiy maqsad, ya’ni budjet ijrosi
jarayoni ustidan nazoratni ta’minlab beradi. Tekshirish tasdiqlangan dasturga
muvofiq amalga oshiriladi. Tekshirishlarni o’tkazishda quyidagilarga e’tibor
qaratish zarur:
-
smeta-moliya hujjatlarini, bunda budjet mablag’laridan qonunchilikka va
budjet mablag’larining tejamli yo’naltirilishiga qat’iy rioya etilishiga erishgan
holda, chuqur tahlil qilishni va har tomonlama o’rganishni amalga
oshirish;
-
O’zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog’iston Respublikasi vazirliklari,
idoralari, hokimiyatlarning tegishli boshqarmalari va bo’limlarida xarajatlar
smetasini ko’rib chiqish, tasdiqlash va o’z vaqtida tashkilotlarga etkazish bo’yicha
ishlarni to’g’ri tashkillashtirishga erishish;
-
daromadlarning to’liq hisobi, pul mablag’larining o’tuvchi
qoldiqlari, bu
mablag’lardan tejamli va samarali foydalanishni inobatga olgan holda, budjetdan
tashqari mablag’lar bo’yicha daromadlar va xarajatlar smetasining tuzilishining
qonuniyligi va rejalashtirishning asoslanganligini e’tiborga olish;
-
smetani rejalashtirishda aniqlangan kamchiliklarni
bartaraf etishda tezkor
holda chora-tadbirlarni qo’llash, smeta xarajatlari bo’yicha aniqlangan ortiqcha
ajratilgan mablag’lar summasini bu haqda tashkilot rahbariga xabar bergan holda
o’z vaqtida budjetdan moliyalashtirish miqdorini qisqartirish.
O’zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog’iston Respublikasi vazirliklari va
idoralari, hokimiyatning boshqarmalari va bo’limlarida smetani rejalashtirish
holatini tekshirish natijalari bo’yicha zarur hollarda O’zbekiston
Respublikasi
Vazirlar Mahkamasiga, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga,
tegishli hokimiyatlarga axborot berilishi, qoida buzilishlarni yo’qotish bo’yicha
takliflar berilishi va aniqlangan ortiqcha ajratilgan mablag’lar summasini xarajatlar
smetasi bo’yicha tayinlash kamaytirilishi mumkin.
Tashkilotlarning smeta xarajatlarining to’g’ri
tuzilishi, tasdiqlanishi va o’z
vaqtida etkazilishi bo’yicha tekshirish natijalari O’zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligi va hududiy moliya organlarida muntazam umumlashtiradi va ko’rib
chiqiladi hamda ushbu ishlarni yanada takomillashtirish bo’yicha chora-tadbirlar
qabul qilinadi.