2-chizma. Nomoddiy akvtivlarni nazoratdan o’tkazish manbalari
Nomoddiy aktivlarni hisobdan chiqarilishi asosliligini va o’z vaqtida amalga
oshirilganligini aniqlash uchun hisobdan chiqarish to’g’risidagi dalolatnomalarni
ramiylashtirilishi va to’g’ri tuzilganligi tekshiruvdan o’tkaziladi. Bundan
tashqari, nomoddiy aktivlarni sotish, beg’araz berish bo’yicha tuzilgan
shartnomalarning asosliligi va dalolatnomalarning to’g’riligi alohida
tekshiriladi.
Nomoddiy aktivlar kirimi va hisobdan chiqarilishiga oid buxgalteriya
xujjatlari (qaydnoma, dalolatnoma va boshqalar)
AV6-son shakldagi inventar
kartochka
274- son shakldagi 6-memorial order
308-shakldagi bosh jurnal kitobi
Hisobt shakllari
Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni kamomadi yoki yo’qotishlari
mavjudligi holatlarini hisobda aks ettirilashi va zarur hollarda huquqni
muxofaza qilish organlariga ma’lumotlarning taqdim etish holatlariga alohida
e’tibor
qaratiladi.
O’tkazilgan
inventarizatsiya
natijalarini
to’g’ri
rasmiylashtirilishi o’rganiladi.
2. Asosiy vositalar hamda nomoddiy aktivlarni analitik va sintetik
hisobining nazorati
Buxgalteriya hisobida asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar hisobi inventar
ob’ektlar bo’yicha tashkil qilinadi. Analitik hisobni bunday yuritilishi har
tomonlama asoslangan va sifatli nazorat o’tkazishni ta’minlaydi. Asosiy
vositalarni inventar ob’ektlari bo’yicha yuritilishi orqali ularni sinflashtirishni
to’g’ri tashkil qilish imkonini yaratib beradi.
Budjet tashkilotlarida asosiy vositalarni sinflashtirilishi orqali ularni
zarurligi va samarali ishlatilishi to’laqonli ta’minlanadi. Tekshiruvchi asosiy
vositalar analitik hisobini to’g’ri tashkil qilinganligini va uni sintetik hisobga
mosligini birinchi navbatda aniqlab olishi zarur.
Ma’lumki, har bir inventar ob’ekt moddiy javobgar shaxslarga biriktirilishi
va buxgalteriya hisobida bu ob’ektlar bo’yicha inventar kartochkalarni ochilishi
hamda ro’yhatga olinishi belgilab qo’yilgan. Bundan tashqari, har bir moddiy
javobgar
shaxs
bilan
moddiy
javobgarlik
to’g’risida
shartnoma
rasmiylashtirilgan bo’lishi kerak.
Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar hisobini tekshiruvdan o’tkazish
davomida ularning qaysi manbalardan kirim qilinganligi va nima sababdan
hisobdan chiqarilayotganligi alohida o’rganishni talab etadi.
Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni tashkilot ichida yo’nalishini to’g’ri
rasmiylashtirilishi, moddiy javobgar shaxslar o’zgarganda natijalarni hisobda
aks ettirilishini o’z vaqtida amalga oshirilganligi ham tekshirishdan o’tkazilishi
zarur.
Kutubxona fondlari uchun bitta inventar kartochka ochiladi, unda hisob
umumiy hisobi bo’yicha faqat pul ifodasida yuritiladi.
Budjet tashkilotlarida asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning sintetik
hisobi schyotlar rejasining asosiy vositalar va boshqa uzoq muddatli
nomoliyaviy aktivlar nomli bo’limida keltirilgan schyotlar orqali tartibga
solinadi. Tekshiri jaranyoida avvalambor buxgalteriya hisobi schyotlarining
etarli darajada ochilganligi aniqlanadi. Buning uchun tekshiruvchining asosiy
vazifasi moddiy aktivlarni asosiy vositalar trakibiga to’g’ri kiritilishini aniqlab
olishdan iborat.
Ma’lumki, qonunchilikka muvofiq asosiy vositalar tarkibiga zimmasiga
yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida tashkilot tomonidan uzoq
vaqt davomida (bir yildan ortiq) foydalaniladigan, shuningdek, ijaraga berish
mumkin bo’lgan moddiy aktivlar kiradi. Bular 01 - asosiy vositalar nomli
schyotning subschyotlari bo’yicha hisobga olinadi. Tekshirish jarayonida ushbu
schyotning sal’dosi 274-son shakldagi 6-memorial order jami summasi bilan
taqqoslanadi va bu summalar 308-son shakl bosh kitob va moliyaviy hisobot
shakllarining asosiy vositalarni hisobga oluvchi moddalari bilan mos kelishi
kerak.
Tugatish munosabati bilan asosiy vositalarni hisobdan chiqarganda
hisoblangan eskirish summasi 02-schyotning debeti va 01-schyotning kreditiga
taalluqli subschyotlar orqali amalga oshiriladi. Bunday buxgalteriya pravodkasi
AV-4 sonli shakl va 444-sonli shakl dalolatnomalari mavjud bo’lganda beriladi.
Tekshiruvchi dalolatnomalarning to’g’ri rasmiylashtirilganligini aniqlashi zarur.
Shuni alohida qayd etish kerakki, agarda asosiy vositalar va nomoddiy
akvtivlar realizatsiya orqali hisobdan chiqarilganda moliyaviy natija aniqlanishi
zarur. Bunda, budjet tashkilotlarida 201- Asosiy vositalar va boshqa aktivlar
realizatsiyasi nomli taqqoslovchi schyotdan foydalaniladi. Moliyaviy natija
ijobiy bo’lgan taqdirda 201-schyot 272- Boshqa budjetdan tashqari daromadlar
nomli schyotning kreditiga yopiladi. Agar moliyaviy natija salbiy bo’lsa, u holda
farq asosiy vositalarni kirim qilish manbalari xaqiqiy xarajatlarida aks ettiriladi.
Tekshiruvchi salbiy farq nima sababdan vujudga kelganligini, uni keltirib
chiqargan javobgar shaxslarni aniqlashi zarur. Bundan tashqari xarajatlarni
to’g’ri aks ettirilganligi quyidagi buxgalteriya schyotlari orqali aniqlanadi: 231-
Budjet mablag’lari bo’yicha xaqiqiy xarajatlar, 241-To’lovlarning maxsus
turlariga doir hisob-kitoblar bo’yicha mablag’lar hisobiga amalga oshirilgan
xaqiqiy xarajatlar, 251-Ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt
shaklidan tushgan tushumlar hisobidan amalga oshirilgan xaqiqiy xarajatlar va
boshqalar.
Nomoddiy aktivlarni yaratilishi bilan bog’liq barcha xarajatlar 080-
Nomoddiy aktivlarga xarajatlar nomli schyotlarda aks ettiriladi. Bu schyotning
aylanishlari tekshirilganda berilgan pravodkalarga asos bo’lgan yuk xatlari,
bajarilgan ishlarni qabul-topshrish dalolatnomalarining xaqqoniyligi aniqlanadi.
Nomoddiy aktivlarni hisobdan chiqarish 030-Nomoddiy akvtivlar schyotining
kreditida aks ettiriladi. Bunda, hisobdan chiqarish uchun asos bo’lgan xujjatlar
baholashning xaqqoniyligi tekshiruvdan o’tkaziladi. Shunga alohida e’tibor
qaratish kerakki nomoddiy aktivlar foydalnishga yaroqsiz holga kelgunga qadar
hisobda aks ettirilishi zarur.
Asosiy vositalar qonunchilikda belgilangan tartibda har yili qayta
baholanadi. Ularning qiymatini har yili 1 yanvar holati bo’yicha qayta
baholashni o’tkazish davrida narxlar darajasidan kelib chiqib o’tkaziladi.1
Yanvar holati bo’yicha asosiy vositalarni har yili qayta baholash oldingi qayta
baholash natijasida olingan ob’ektlarning dastlabki (tiklanish) qiymatidan, yil
davomida kelib tushgan asosiy vositalar bo’yicha esa - xarid qilish qiymatidan
amalga oshiriladi. Er uchastkalari va tabiatdan foydalanish ob’ektlarining
qiymati qayta baholanmaydi.
Asosiy vositalarni qayta baholashda qayta baholashni amalga oshirish
usullarini qo’llanilishi tahlil qilinadi. Asosan, qayta baholash aynan o’xshash
bo’lgan yangi ob’ektlarga xujjatlar asosida tasdiqlangan bozor narxlari bo’yicha
qo’yilgan qiymat asos qilib olinadi. Yoki, asosiy vositalar turlari bo’yicha ularni
xarid qilish davrlariga tabaqalangan asosiy vositalarning qiymatini o’zgarish
indekslarini qo’llagan holda aniqlanadi.
Tekshirish jarayonida asosan, asosiy vositalarni qayta baholanishini o’z
vaqtida amalga oshirilishi va buxgalteriya hisobidan to’g’ri aks ettirilganligi
aniqlanadi. Asosiy vositalarni o’z vaqtida qayta baholamaslik real bozor
baholaridan farq qilishga olib keladi va bu o’z navbatida asosiy vositalar
saqlanishi izdan chiqishiga olib kelish extimolini vujudga keltiriladi.
Asosiy vositalarga eskirish hisoblashni tekshirish eskirish hisoblash
vedomostiga asosiy vositalarni to’g’ri va aniq kiritilganligini aniqlashdan
boshlanadi. Budjet tashkilotlarida ishchi schyotlar rejasini tasdiqlanayotganda
“Asosiy vositalarning eskirishi” schyotining tegishli subschyotlarini tashkilotga
kirim qilingan asosiy vositalar manbalari bo’yicha eskirish hisoblanishini
alohida shakllantirib olishi mumkinligini inobatga olib subschyotlarning to’g’ri
ochilganligini aniqlab olish kerak. Masalan, 023/1-“Mashina va jihozlarning
eskirishi (Budjet mablag’lari hisobidan)”, 023/2 –“Mashina va jihozlarning
eskirishi (Riojlantirish jamg’armasi mablag’lari hisobidan)” va boshqalar.
Asosiy vositalarni qayta baholash natijasida asosiy vositaning eskirish
summasining oshishi 28-Moliyaviy natijalar schyotining debetida to’g’ri aks
ettirilganligi aniqlab olinadi va aksincha, eskirish summasining kamayishi bu
schyotning kreditiga olib borilishi zarur. Balansdan chiqarilayotgan asosiy
vositaga hisoblanagan eskirish summasini hisobdan chiqarilishi budjet
tashkilotlarida 02-schyotning debeti va 201-schtyoning kreditida aks ettiriladi.
Bunda, tuzilgan dalolatnomaning asoslanganligi aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: |