6-Mavzu: Budjet tashkilotlarida moliyaviy aktivlar hisobining nazorati
1. Pul mablag’lari hisobi nazoratining maqsadi, vazifalari va manbalari
Pul mablag’lari nazoratining asosiy maqsadi - kassa muomalalarini
yuritilishi, pul mablag’larini maqsadli ishlatilishini ta’minlanishini tekshirish,
debetorlik va kreditorlik qarzlarini o’z vaqtida undirilishini ta’minlash hamda
hisob-kitob schyotidagi pul mablag’larini maqsadli sarflanishi va o’z
vaqtida
hisobda aks ettirilishini aniqlashdan iboratdir.
Budjet tashkilotlari daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosini amalga
oshirishda moliyaviy aktivlar, ya’ni pul mablag’lari hisobi alohida tashkil
etiladi. Moliyaviy aktivlarga hisobvaraqdagi pul mablag’lari, kassadagi pul
mablag’lari,
pul xujjatlari, yo’ldagi pul jo’natmalari va moliyaviy qo’yilmalar
kiradi.
Budjet tashkilotlarida shaxsiy hisobvaraqlarni ochish, yuritish, yopish
tartibi “Budjetdan mablag’ oluvchilarning shaxsiy hisobvaraqlarini O’zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligida va uning xududiy bo’linmalarida
yuritish qoidalari” (O’zbekiston Respublikasi Adliya vaziriligida 2007 yil 5
dekabrda 1746-son bilan ro’yhatga olingan)ga asosan amalga oshiriladi.
G’aznachilik va uning xududiy bo’linmalarida budjet tashkilotlari uchun shaxsiy
hisobvaraqlar ochib yuritilar edi. 2001 yildan boshlab budjet tashkilotlari pul
mablag’lari hisobini yuritish uchun moliya
organlari tomonidan shaxsiy
hisobvaraqlar ochilishi belgilandi. Moliya organlari tomonidan ochilgan shaxsiy
hisobvaraq dasturga kiritiladi hamda g’aznachilik va uning xududiy
bo’linmalarida ko’rinadi.
Budjet tashkilotlarida moliyaviy aktivlar hisobi nazoratining vazifalari
quyidagilardan iborat:
1.
budjet tashkilotlari moliyaviy aktivlar hisobini amaldagi me’yoriy-huquqiy
xujjatlar talablari bo’yicha tashkil etilishini o’rganish;
2.
moliyaviy aktivlar hisobini buxgalteriya boshlang’ich va yig’ma xujjatlari
hisob registrlarida o’z vaqtida rasmiylashtirilishini tekshirish;
3.
budjet va budjetdan tashqari pul mablag’larini daromadlar va xarajatlar
smetalari bo’yicha maqsadli sarflanishini tekshirish;
4.
buxgalteriya schyotlarida moliyaviy aktivlar
mavjudligi hamda harkatini
aniq, to’liq va o’z vaqtida aks ettirlishini tekshirish;
5.
tashkilot kassasida, shaxsiy hisobvaraqlardagi pul mablag’lari, pul xujjatlari,
moliyaviy qo’yilmalar butligini nazorat qilish;
6.
chet el valyutasidagi upl mablag’larini O’zbekiston Respublikasi Markaziy
banki tomonidan belgilangan xorijiy valyuta kurslari bo’yicha kurs tafovutlarini
to’g’ri aniqlanganligi va o’z vaqtida aks ettirilganligini tekshirish;
7.
budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag’lari mavjudligi holati va
harakatiga oid buxgalteriya yozuvlarini tekshirish va boshqalar.
Budjet tashkilotlarida pul mablag’larini tekshirish
manbalarini quyida
ko’rishimiz mumkin:
1.
Kassa muomalalarini tekshirish manbalari (1-chizma).
Kassa muomalalarini tekshirishning asosiy manbalari bu kassir hisoboti
hisoboti hisoblanadi. Kassa muomalalarini tekshirish uchun quyidagi birlamchi
xujjatlar asosiy manba hisoblanadi. Bular quyidagilardan iborat: kassa kirim
orderi (KO-1 shakl), kassa chiqim orderi (KO-2 shakl), to’lov qaydnomalari, pul
berish bo’yicha arizalar, ishonchnomalar va chek ilovalari.
Bundan tashqari,
kirim va chiqim orderlari yoki ular o’rnini bosuvchi xujjatlar kassaga
topshirilgunga qadar buxgalteriya tomonidan KO-3-son shakldagi kirim va
chiqim kassa orderlarinii ro’yhatga olish jurnalida qayd etiladi. Bu jurnalni
yuritilishini belgilangan qoidalarga mosligi alohida tekshiruvdan o’tkaziladi.
Davlat budjeti g’azna ijrosi sharoitida budjet tashkilotlari pul mablag’lari
G’aznachilik va uning hududiy bo’limlarida ochilgan shaxsiy hisobvaraqlarda
yuritiladi. Shunga alohida e’tibor
qaratish kerakki, g’azna ijrosiga o’tmagan
budjet tashkilotlari pul mablag’lari banklarda ochilgan hisobvaraqlarda
yuritilishi mumkin. G’aznachilik bo’linmalaridan olingan shaxsiy
hisobvaraqdan ko’chirma va unga ilova qilingan hujjatlar asosiy tekshirish
ma’nbalari hisoblanadi. Ularga to’lov topshiriqnomalari, naq pul mablag’larini
olishga so’rovnoma, ish bajarilganligini tasdiqlovchi
hisobvaraq fakturalar,
shartnomalar va avans to’lovlarini tasdiqlovchi xujjatlar kiradi.
Dostları ilə paylaş: