1-chizma. Kassa muomalalari hisobini tekshirish manbalarining sxematik
ko’rinishi.
Kassa kirim
order KO-1-son
shakl
Kassa chiqim order
KO-2-son shakl
Kassa kirim va chiqim xujjatlarini
ro’yhatga olish jurnali KO-3-son shakl
Kassa daftari KO-4-son shakl
Kassa hisoboti
381-son shakldagi jamlanma
qaydnoma
(1-son memorial order)
Bosh jurnal kitobi
308-son shakl
Hisobot shakllari
2.
Shaxsiy hisobvaraqlardagi mablag’lar bo’yicha muomalalarni tekshirish
manbalari:
2-chizma.
Shaxsiy
hisobvaraqlardagi
mablag’lar
bo’yicha
muomalalarni tekshirish manbalrining sxematik ko’rinishi
2. Kassa va kassa muomalalari hisobi nazoratini tashkil etish va o’tkazish
tartibi
Kassa va kassa muomalalari nazorati tushunchalarini bir-biridan farqlash
lozim. Bunda kassa nazorati tushunchasi – kassadagi naqd pul va unga
tenglashtirilgan mablag’lar qoldig’ini inventarizatsiyadan o’tkazish va hisob
ma’lumotlari bilan solishtirish tushiniladi. Inventarizatsiya 19-son BHMS
“Inventarizatsiyani tashkil etish va o’tkazish” nomli standart asosida amalga
oshiriladi.
Kassa muomalalarining nazorati – bunda, avvalgi o’tkazilgan tashqi yoki
mustaqil kassa inventarizatsiyasidan boshlab hozirgi o’tkazilgan mustaqil kassa
inventarizatsiyasigacha bo’lgan davrdagi barcha kassa muomalalarini tekshirish
tushuniladi.
Kassa inventarizatsiya qilinayotganda kassada xaqiqatda bo’lgan pul
mablag’lari va boshqa boyliklar tekshiriladi. Xaqiqatda bor bo’lgan pul
mablag’lari hisoblanganda kassada pul belgilari, pochta markalari va davlat boji
markalari hisobga olinadi.
Kassadagi qoldiqqa xech qanday xujjatlar va tilxatlar kiritilmaydi.
Kassirning kassada budjet tashkilotiga taalluqli bo’lmagan pul mablag’lari va
boshqa boyliklar borligi to’g’risidagi arizasi qabul qilinmaydi.
Inventarizatsiya dalolatnomasida mavjud pul mablag’lari boyliklarning
qoldig’i naturada va hisob ma’lumotlari bo’yicha inventarizatsiya
kuniga ko’rsatiladi xamda inventarizatsiya natijasi aniqlanadi. Shunga
alohida
etibor
qaratish
kerakki,
kassadagi
valyuta
mablag’lari
Tegishli xujjatlar ilova qilingan
to’lov topshiriqnoma
Mablag’lar bo’yicha shaxsiy
hisobvaraqdan
ko’chirmalar
Tegishli memorial orderlar
–
mablag’lar haraktiga oid
jamlanma qaydnoma 381-son
shakl
308-son shakl bosh jurnal kitobi
Hisobot shakllari
inventarizatsiyadan o’tkazilganda bloklangan pul kupyuralari ochib tekshirish
qurilmasi yordamida sanoqdan o’tkazilishi zarur.
Qat’iy hisobda turuvchi blankalarning xaqiqatda borligi
blankalarning turi u yoki bu turlarining boshlanish va oxirgi raqamlarini
hisobga olib tekshirilishi amalga oshiriladi. Mazkur tekshirishning
natijalari maxsus ro’yxatlar bilan rasmiylashtiriladi.
Budjet tashkilotlarida kassa muomalalarini tekshirayotganda tekshiruvchi
bu muomalalarni amalga oshirish belgilangan tartibga qanday amal
qilinayotganini, kassa intizomini, naqd pul bilan amalga oshirilgan muomalalar
qonuniyligi va maqsadga muvofiqligini aniqlashi lozim. Bu “Yuridik shaxslar
tomonidan kassa muomalalarini yuritish qoidalari” asosida aniqlanadi.
Naqd pullarni olish va berishda amalga oshirilgan muomalalar bilan bog’liq
bo’lgan hujjatlar to’g’ri rasmiylashtirilganligini tekshirish, barcha kirim va
chiqim kassa orderlari, to’lov qaydnomalari va boshqa xujjatlar aniq,
o’chirilmasdan va to’g’rilanmasdan to’ldirilganligi, barcha orderlar va ularning
ilovalari muomala sodir etilgan sana va kassirning imzosi qayd etilgan holda,
"olingan" yoki "to’langan" degan tamg’alar bilan tasdiqlanganligiga ishonch
hosil qilish lozim. Chiqim orderlarida (qaydnomalarida) "to’langan" degan
tamg’a bosilmaganligi ayrim holatlarda ulardan qayta foydalanishga olib keladi
(kassa daftari bo’yicha xarajatga o’tkaziladi).
Kassa muomilalarining nazoratida quyidagilarga alohida e’tibor qaratish
lozim:
•
to’lov qaydnomalarida - pul oluvchining imzosi haqiqiy ekanligi.
Qaydnomalarda bitta pul oluvchi shaxs bir nechta shaxs uchun imzo chekkanligi
holatlarining mavjudligi;
•
kirim va chiqim kassa orderlarini qayd etish daftarida (KO-3 shakli) - sana,
tartib raqami va summa kirim va chiqim kassa orderlari va kassa daftaridagi
shunga o’xshash ko’rsatkichlarga muvofiqligi;
•
chiqim kassa orderlarida - olingan summalar hisobi to’g’riligi (yozma
ravishda) va pul oluvchining imzosi, shuningdek, korxona xodimlar
jadvalida bo’lmagan oluvchilar pasport ko’rsatkichlari yozib qo’yilganligi;
•
barcha xujjatlarda - pul mablag’lari uchun mas’ul rahbarlarning imzolari
mavjudligi. Barcha chiqim kassa hujjatlariga rahbar shaxsan imzo chekkanligiga
e’tiborni qaratish lozim. Rahbar vaqtincha korxonada bo’lmasa (mehnat ta’tili,
xizmat safari, betoblik) va buyruq bilan o’z vazifalarini boshqa,
uni o’rnini vaqtincha egallab turgan shaxsga topshirgan holatlari istisno
hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksiga muvofiq rahbarlar
(birinchi shaxslar) o’rniga imzo qo’yish tartibini buzish, bunday hujjatlar huqukiy
kuchga ega emasligiga olib keladi;
•
kassa daftarida - rasmiylashtirilishi va yuritilishi, unga kiritilgan tuzatishlar
hakiqiyligi. Yakuniy aylanmalar va kun yakuni bo’yicha naqd pul qoldiqlarining
qayd etilishi to’g’ri hisoblanganligiga alohida e’tibor qaratiladi.
Bankdan cheklar bilan olingan naqd pullar to’liq kirim qilinganligi
tekshirilganda chek daftarchasining barcha ko’rsatkichlari (koreshogi) mavjud
ekanligini tekshirish lozim.
Budjet tashkilotida bir nechta kassir bo’lsa, har bir kassir uchun
yuritiladigan kirim qilingan va berilgan pullar hisobi bo’yicha daftar (KO-5
shakli) to’g’ri yuritilayotganini tekshirish kerak. Kassa intizomiga rioya
qilinishini tekshirayotganda quyidagilarni aniqlash lozim:
-
bankdan olingan naqd pullar mavqsadga muvofik ishtilganligi;
-
kassada mavjud bo’lgan pul qoldiqlari bank tomonidan belgilangan
limitga muvofiqligi;
-
ish haqi, mukofotlar, nafaqa to’lash uchun ishlatilmagan naqd pullar va
boshqa tushumlar bo’yicha summalar o’z vaqtida va to’liq bankka topshirilganligi;
-
naqd pullar bilan hisob-kitob qilish bo’yicha belgilangan qoidalarga
rioya qilinishi.
O’z vaqtida olinmagan ish haqi va boshqa hisoblangan pullar bo’yicha
deponentlangan summalar to’lanishiga alohida e’tibor berish kerak.
Tekshiruvchi kassa muomalalariga oid ichki nazorat holati to’g’risida iloji
boricha to’liq ma’lumot olishi, tashkilotda kassa intizomiga qanday rioya
qilinayotganligini aniqlashi zarur.
Budjet tashkilotlarida kassa mumomalalarini tekshirish yoppasiga amalga
oshiriladi, avvalam bor kassa hisoboti bo’yicha naqd pul koldiqlari bosh kitob
va balans ko’rsatkichlariga muvofiqligini tekshirib olinadi. So’ng boshqa
muomilalar tekshiriladi. Buning uchun auditor maxsus ish jadvalidan
foydalanishi mumkin (1-jadval).
Ko’plab bo’limlarga ega bo’lgan tashkilotlarda ish xaqi, stipendiyalar,
pensiyalar, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqalari va boshqa to’lovlarni
to’lashga kassirdan boshqa shaxslarga tashkilot raxbarining yozma buyrug’i bilan
ruxsat berilishi mumkinligini inobatga olib mazkur shaxslar bilan moddiy
javobgarlik to’g’risida shartnoma tuzilganligini tekshirish kerak. Bundan tashqari,
to’lovlarni berish uchun tarqatuvchilarga berilgan pullarni hisobga olish
daftarlarini yuritilishi nazoratga olinishi zarur.
Shtatda kassirlik lavozimi ko’zda tutilmagan tashkilotlarda xodimlarga ish
xaqi to’lash hamda mayda xo’jalik xarajatlari tashkilot buyrug’i bilan
rasmiylashtirilgan hisobdor shaxslar orqali amalga oshiriladi. Bankdan naqd pul
olish uchun cheklar anashu shaxslar nomiga yoziladi. Tekshirish jarayonida
bunday hisobdor shaxslar bilan olib borilgan muomalalarni buxgalteriya hisobida
yuritilishini belgilangan me’yoriy xujjatlar doirasida amalga oshirilganligi alohida
tekshirilishi zarur.
Budjet tashkilotlarida kassa muomalalarini tekshiruvdan o’tkazish jarayonida
inventarizatsiya natijasida aniqlangan natijalarni, ya’ni kamomad yoki ortiqcha
aniqlangan pul mablag’larni buxgalteriya hisobida to’g’ri aks ettirilishiga alohida
e’tibor qaratilishi kerak.
Inventarizatsiya natijasida kassada kamomad aniqlansa quyidagicha
buxgalteriya pravodkasi amalga oshiriladi.
1.
Iventarizatsiya natijasida kamomad aniqlangan pul mablag’lari summasiga
(agarda moddiy javobgar shaxsdan undirilmasa).
Dt 231, 241, 251, 261, 271 xaqiqiy xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar
Kt 120 Milliy valyutadagi naqd pul mablag’lari
2.
Inventarizatsiya natijasida kamomad chiqqan summaga (agarda moddiy
javobgar shaxsdan undirilsa)
a)
Kassada aniqlangan kamomadni moddiy javobgar shaxs zimmasiga yuklash
Dt 170 Kamomadlarga doir hisob-kitoblar
Kt 120 Milliy valyutadagi naqd pul mablag’lari
Ayibdor shaxs tomonidan kamomad summasining tashkilot kassasiga
to’lanishi
Dt 120 Milliy valyutadagi naqd pul mablag’lari
Kt 170 Kamomadlarga doir hisob-kitoblar
b)
Kamomad summasining moddiy javobgar shaxs oylik maoshidan ushlab
qolinishi
Dt 173 Xodimlar bilan Mehnatga xaq to’lash bo’yicha hisob-kitoblar
Kt 170 Kamomadlarga doir hisob-kitoblar
c)
Kamomad summasining shaxsiy hisobraqamga kirim qilinishi
Dt Shaxsiy hisobraqamlarni hisobga oluvchi schyotlar
Kt 120 Milliy valyutadagi naqd pul mablag’lari
Dostları ilə paylaş: |