3. Tovar moddiy zahiralar saqlanish holatining nazorati
Tovar-moddiy
zaxiralarning
saqlanish
holatini
tekshirish
asosan
inventarizatsiya o’tkazish orqali amalga oshiriladi. Inventarizatsiya, qoida
tariqasida, materiallarning mazkur binoda joylashgan tartibi bo’yicha amalga
oshiriladi. Inventarizatsiya paytida bir tovar-moddiy zaxiradan ikkinchisiga
tartibsizlik bilan o’tishiga yo’l qo’yish kerak emas.
Bir moddiy javobgar shaxsdagi turli alohidagi binolarda saqlanayotgan
tovar-moddiy zahiralar inventarizatsiyasi ular saqlanayotgan joylar bo’yicha
izchillik bilan o’tkaziladi. Boyliklar tekshirib bo’lingandan so’ng xona
plombalanadi va komissiya ishlash uchun boshqa keyingi xonaga o’tadi.
Tovar-moddiy zaxiralar inventarizatsiya ro’yxatlariga har bir nom
bo’yicha nomenklatura raqami, turi, guruhi, artikuli, navi va soni ko’rsatilib
alohida kiritiladi.
Ishchi inventarizatsiya komissiyasi raisi yoki uning topshirig’i bilan
komissiya a’zolari omborxona (saqlash joyi) mudiri va boshqa moddiy
javobgar shaxslar ishtirokida xaqiqatda bor bo’lgan tovar-moddiy
zahiralarni ularni albatta sanash, tortish yoki o’lchash yo’li bilan
tekshiradilar. Ro’yxatlarga qoldiq boyliklar to’g’risida moddiy javobgar
shaxslarning og’zaki ma’lumotlarni yoki hisob ma’lumotlarni ularning
xaqiqatda boriligini tekshirmasdan kiritish katiy man etiladi.
Inventarizatsiya paytida kelib tushgan tovar-moddiy zaxiralar moddiy
javobgar shaxslar tomonidan inventarizatsiya komissiyasi a’zolari ishtirokida
qabul qilinadi va inventarizatsiyadan keyin reestr yoki tovar hisoboti bo’yicha
hisobga kiritiladi. Ushbu tovar-moddiy zaxiralar "Inventarizatsiya paytida
kelib tushgan tovar-moddiy zaxiralar" nomli alohida ro’yxatga kiritiladi.
Ro’yxatlarda ular qachon, kimdan kelib tushgani, sanasi, kirim xujjatining
raqami, nomi, soni, narxi va summasi ko’rsatiladi. Bir vaqtning o’zida
kirim xujjatida inventarizatsiya komissiyasi raisining imzosi bilan
"inventarizatsiyadan keyin" deb ushbu materiallar yozilgan ro’yxatning sanasi
ko’rsatilib yozib qo’yiladi.
Uzoq muddatli inventarizatsiya o’tkazilganda istisno tariqasida faqat
xo’jalik yurituvchi sub’ektning raxbari va bosh buxgalterining yozma
ruxsatnomasi bilan inventarizatsiya jarayonida tovar-moddiy zahiralar
moddiy javobgar shaxslar tomonidan inventarizatsiya komissiyasining a’zolari
ishtirokida berib yuborilishi mumkin.
Ushbu boyliklar "Inventarizatsiya paytida berib yuborilgan tovar-
moddiy zaxiralar" nomli alohida inventarizatsiya ro’yxatiga kiritiladi.
Ushbu ro’yxat inventarizatsiya paytida kelib tushgan tovar-moddiy
zaxiralarga rasmiylashtirilgan xujjatlarga o’xshash komissiyasi raisining
imzosi bilan tayyorlanadi.
Boshqa xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga tegishli bo’lgan va javobgarlik
ostida saqlanayotgan tovar-moddiy zaxiralar o’z tovar-moddiy zaxiralari bilan
bir vaqtning o’zida inventarizatsiya qilinadi. Ushbu materiallarga alohida
inventarizatsiya ro’yxati tuziladi, unda mazkur materiallar jovobgarlik
ostida saqlanishiga qabul qilinganligini tasdiqlovchi tegishli xujjatlar
ko’rsatiladi.
Yo’lda bo’lgan, jo’natilgan, xaridorlar tomonidan o’z vaqtida to’lanmagan,
boshqa xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning omborlarida bo’lgan tovar-moddiy
zaxiralarning inventarizatsiyasi tegishli hisobvaraqlarda bo’lgan summalarni
asosiyligini sinchiklab tekshirishdan iborat bo’ladi. Hisobdagi ushbu tovar-
moddiy zahiralarning hisobi (yo’lda yuklab jo’natilgan va boshqalar) faqat
tegishli ravishda rasmiylashtirilgan xujjatlar bilan tasdiqlangan summada
qoldirilgan bo’lishi mumkin: yo’ldagisi bo’yicha material etkazib
beruvchilarning hisobvaraqlari, to’lov talabnomalari yoki ularni o’rnini
bosuvchi xujjatlar bilan, yuklab jo’natilganlari bo’yicha-xaridorlar
tomonidan taqdim etilgan hisobvaraq-fakturalari va to’lov talabnomalarining
nusxalari bilan, to’lov muddati kechiktirilgan xujjatlari bo’yicha-albatta bank
muassasasining to’lov talabnomalrini kartotekada ekanligi xaqidagi tasdig’i
bilan, boshqa tashkilotlarning omborlarida bo’lganlari bo’yicha-inventarizatsiya
sanasiga yaqin sanaga qayta rasmiylashtirilgan saqlash to’g’risidagi tilxat
bilan, bir shaxardan tovar etkazib beruvchilarning omborlarida bo’lganlari
bo’yicha - inventarizatsiya o’tkazish sanasiga qayta rasmiylashtirilgan saqlash
to’g’risidagi tilxat bilan.
Oldindan ushbu hisobvaraqlarni boshqa ikki yoklama yozuvda kayd
qilinadigan hisobvaraqlar bilan solishtirilishi kerak.
Masalan, "Yuklab jo’natilgan tovarlar, bajarilgan ishlar va xizmatlar"
bo’yicha ushbu hisobvaraqda to’lovi boshqa hisobvaraqlarda aks ettirilgan
summaning bor-yo’qligi aniqlanadi ("Turli debitorlar va kreditorlar bilan
hisoblashish" va h.k.).
Xaridorlar yoki buyurtmachilar tomonidan ularga yuklab jo’natilgan
mollar, bajarilgan ishlar va ko’rsatilgan xizmatlar uchun to’lov uzoq muddat
kechiktirilganda,
ushbu
kechiktirish
sabablari
aniqlanadi,
qaysiki
inventarizatsiya komissiyasining bayonida aks ettiriladi.
Kelib tushgan tovar-moddiy zaxiralarning hisobga kiritilmagani
aniqlanganda ularni olgan shaxslardan tushuntirish xatlari talab qilinadi,
suiste’mol qilingan hollarda esa materiallar tergov organlariga yuboriladi.
Inventarizatsiya ro’yxatlari (dalolatnomalari) yo’lda bo’lgan, yuklab
jo’natilgan, xaridorlar tomonidan o’z vaqtida to’lanmagan va boshqa xo’jalik
yurituvchi sub’ektlarning omborlarida bo’lgan tovar-moddiy boyliklarga
alohida tuziladi.
Yo’lda bo’lgan tovar-moddiy zaxiralarning ro’yxatida har biralohida
jo’natilgani bo’yicha kuyidagi ma’lumotlar keltiriladi: nomi (xujjatga
muvofiq), soni va qiymati (hisob ma’lumotiga muvofiq), yuklab jo’natilgan
sana, shuningdek mazkur boyliklar tegishli hisobvaraqlarda hisobga olinishiga
asos bo’lgan xujjatlarning ro’yxati va raqamlar. Bunda belgilangan vaqtda etib
kelmagan va hisobda yo’ldagi materiallar va tovarlar sifatida sanalgan yuklar
bo’yicha ularni qidirish bo’yicha qanday choralar ko’rilganini tekshirish kerak.
Yuklab jo’natilgan va xaridor tomonidan muddatida to’lanmagan tovar-
moddiy zahiralar ro’yxatida, xar bir alohida yuklab jo’natilgani bo’yicha
xaridorning nomi, tovar-moddiy zaxiralarning nomi, yuklab jo’natilgan
sanasi, hisobvaraq-faktura yozilgan sana, hisobvaraq-faktura raqami va
hisobvaraq-faktura summasi keltiriladi.
Boshqa xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning omborlarida saqlanayotgan
tovar-moddiy zahiralar ushbu boyliklarni javobgarlik ostida saqlash uchun
topshirilganligi to’g’risidagi xujjatlar asosida ro’yxatlarga kiritiladi. Mazkur
boyliklarga ro’yxatlarda ularning nomi, soni, navi, xaqiqiy qiymati (hisob
ma’lumotlari bo’yicha), yukni saqlash uchun qabul qilib olingan sanasi,
saqlash joyi, xujjatlarning raqamlari va sanasi ko’rsatiladi.
Mazkur boyliklar javobgarlik ostida saqlanayotgan xo’jalik yurituvchi
sub’ektlardan inventarizatsiya ro’yxatlarining nusxalari olinganda, komissiya
boyliklarining xaqiqiy sonini (inventarizatsiya ro’yxati nusxasi ma’lumotlari
bo’yicha) xujjatlar bilan aniqlangan soni bilan solishtiriladi.
Boshqa xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda qayta ishlashda bo’lgan tovar-
moddiy zaxiralar ro’yxatida qayta ishlovchi korxonaning nomi, boyliklar
nomi, soni, hisob ma’lumotlari bo’yicha xaqiqiy qiymati, boyliklarni qayta
ishlashga berilgan sana, xujjatlarning raqamlari va sanalari ko’rsatiladi.
Foydalanishda bo’dgan inventar va buyumlar ular joylashgan joylar va
ular javobgarligida saqlanayotgan shaxslar bo’yicha inventarizatsiya qilinadi.
Inventarizatsiya xar bir buyumni ko’rish yo’li bilan o’tkaziladi.
Inventarizatsiya ro’yxatlariga inventar va predmetlar buxgalteriya hisobida
qabul qilingan ro’yxatga muvofiq nomlar bo’yicha kiritiladi.
Ishchilarga
individual
foydalanishlari
uchun
berilgan
buyumlar
inventarizatsiyasida shaxsiy kartochkalar ochilgan, ularning ro’yxatiga tilxat
bergan mazkur buyumlarga javobgar bo’lgan shaxslar ko’rsatilib guruhli
inventarizatsiya ro’yxati tuzilishiga yo’l qo’yiladi.
Ro’yxatda buyumlarning boshlangich qiymati ko’rsatiladi. Agarda ushbu
buyumlarning eskirishi ularning xaqiqiy holati bo’yicha hisobga olinsa, unda
izohda ishchi inventarizatsiya guruhi tomonidan aniqlangan xar bir
buyumning eskirish qiymati yoki eskirishning bir xil miqdori bilan guruhi
ko’rsatiladi. Bunday holatda bir xil nomdagi eskirishi turli darajadagi
buyumlar ro’yxatga alohida satr bilan yoziladi.
Yuvishga va ta’mirlashga jo’natilgan maxsus kiyim va oshxona buyumlari
inventarizatsiya ro’yxatiga maishiy xizmat ko’rsatish korxonasining vedomost-
nakladnoy va kvitantsiyasi asosida yoziladi.
Yaroqsiz xolga kelgan va ro’yxatdan chiqarilmagan buyumlarga ishchi
inventarizatsiya komissiyasi tomonidan belgilangan shakldagi dalolatnomalar
foydalanish muddati, yaroqsizligi sabablari mazkur buyumlardan xo’jalik
maqsadlarida foydalanish mumkinligi ko’rsatilib tuziladi.
Tara ro’yxatlarga turlari, maqsadi va sifat holati (yangi foydalanishda
bo’lgan, ta’mir talab va h.k.) bo’yicha kiritiladi. Tekshirishdan oldin tara turlari
bo’yicha ajratilgan bo’lishi kerak:
- yogoch (yashiklar, bochkalar);
- karton;
- temirli (flyagalar, barabanlar);
- tekstil (koplar).
Yaroqsiz holga kelgan taraga ishchi inventarizatsiya komissiyasi
tomonidan sabablari va taraga javobgar bo’lgan shaxslar ko’rsatilib,
dalolatnoma tuziladi.
Inventarizatsiya ro’yxati tuzib bo’lingach sanalagn buyumlarning miqdori ,baholari va
summalari taksirovka qilinadi, ya’ni arifmetik jihatdan tekshirib chiqiladi. Ro’yxat komissiya
azolari tomonidan imzolangach solishtirish vedomostlari tuziladi.
Solishtirish vedomostlarida inventarizatsiya yakunlari, ya’ni buxgalteriya hisobi
ko’rsatkichlari va inventarizatsiya ro’yxatlari (dalolatnomalari) ma’lumotlari o’rtasidagi
farqlar aks ettiriladi. Ortiqcha va etishmaydigan tovar-moddiy boyliklar solishtirish
vedomostlarida ularning buxgalteriya hisobidagi baxosiga muvofiq keltiriladi.
Inventarizatsiya natijalarini rasmiylashtirish uchun inventarizatsiya ro’yxatlari
(dalolatnomalari) va solishtirish vedomostlarining ko’rsatkichlari birlashtirilgan yagona
registrlar ko’llanishi mumkin. Korxonaga taalluqli bo’lmagan, lekin buxgalteriya hisobida
bo’lgan (javobgarlik ostida saklanayotgan, ijaraga olingan, qayta ishlash uchun olingan)
boyliklarga alohida solishtirish vedomostlari tuziladi. Solishtirish vedomostlari hisoblash va
boshqa texnika vositalaridan foydalanib, xam ko’lda tuzilishi mumkin. Inventarizatsiya va
boshqa tekshirishlarda aniqlangan xaqiqatda bor bo’lgan moddiy boyliklar bilan buxgalteriya
hisobi ma’lumotlari o’rtasida aniqlangan farqlar kuyidagicha tartibga solinadi:
- ortiqcha bo’lgan , moddiy boyliklar va boshqa mulk xo’jalik yurituvchi
sub’ektning moliyaviy natijalari tegishincha kiritiladi va hisobiga olinadi yoki budjet
tashkilotida ortiqchalikni kelib chikishi sababi va aybdor shaxslar aniqlanib moliyalash
(fondlar)ni kuchaytirishiga hisob qilinadi;
- boyliklarning belgilangan me’yorlar doirasidagi zarari xo’jalik yurituvchi sub’ekt
raxbarining farmoyishi bo’yicha ishlab chiqarish chiqimlari va budjet tashkilotida muomala
yoki moliyalashni (fondlar)ni kamayishi hisobdan chiqariladi. Zarar me’yorlari faqat
xaqiqatda etishmaslik aniqlangandagina ko’llaniladi.
Bunda belgilangan me’yorlar doirasidagi boylik zararlari boyliklarni qayta navlash
bo’yicha etishmasligi hisobga kiritilgandan keyin aniqlanadi. Agarda belgilangan tartibda
qayta navlash bo’yicha hisobga kiritilgandan keyin xam boyliklar etishmasa, unda tabiiy
etishmaslik me’yorlari faqat etishmasligi aniqlangan boyliklar bo’yicha ko’llaniladi.
Tasdiqlangan me’yorlar bo’lmaganda etishmaslik me’yordan ortiq miqdordagi etishmaslik
deb karaladi;
- etishmaydigan boyliklarning me’yordan ortiqcha etishmasligi, shuningdek
boyliklarning buzilishidan kelib chiqqan yo’qotishlar javobgar shaxslarga taalluqli bo’ladi.
Suiiste’molchilik natijasida bo’lgan etishmasliklar va yo’qotishlar aniqlanganda,
etishmasliklar va yo’qotishlar aniqlangandan keyin 5 kun ichida tegishli materiallar tergov
organlariga berilishi kerak, etishmaslik va yo’kotilganlik summasiga esa fuqarolik da’vosi
qilinadi;
- boyliklarning buzilishida me’yorlardan ortiqcha etishmasliklar va yo’qotishlar va
etishmasliklar va yo’qotishlarda aniq aybdorlar aniqlanmaganda, unda xo’jalik yurituvchi
sub’ekt tomonidan Ishlab chiqarish va mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) bo’yicha xarajatlar tarkibi
to’g’risidagi Nizomga muvofiq ishlab chiqarish chiqimlari va muomalalariga yoki budjet
tashkilotida moliyalash (fondlar)ni kamayishiga hisobdan chiqarish mumkin.
Bunda boyliklarning buzilishidan kelib chiqqan me’yordan ortiq etishmaslik va
yo’qotishlarni hisobdan chiqarishga taqdim etilgan xujjatlarda bunday etishmasliklar va
yo’qotishlarni oldini olish bo’yicha ko’llanilgan chora-tadbirlar ko’rsatilishi kerak. Boyliklarni
buzilganligi fakti to’g’risidagi xulosa texnik nazorat bo’limi yoki sifat bo’yicha tegishli
inspektsiyalardan olinishi kerak.
Me’yordan ortiq bo’lgan etishmaslik va yo’qotishlar hisobdan chiqarish bo’yicha taqdim
etilgan xujjatlarni rasmiylshtirish uchun aybdor shaxslar yo’qligini tasdiqlovchi yoki aybdor
shaxslardan etishmasliklarni undirishni bekor qilish to’g’risida tergov yoki sud organlarining
qarorlari, texnik nazorat bo’limi yoki tegishli ixtisoslashtirilgan tashkilotlar (sifat bo’yicha
inspektsiyalar va boshqalar)ning boyliklarning buzilganligi fakti to’g’risidagi xulosasi
bo’lishi kerak.
Qayta navlash natijasida etishmasliklar va yo’qotishlarni o’zaro hisobga kiritish faqat
istisno tariqasidagi ko’rinishda aynan bir tekshirish davrida, aynan bir tekshirilayotgan
shaxsda, aynan bir nomdagi tovar-moddiy boyliklarga nisbatan va ishonchli shaxsning
ruxsati bilan aynan bir xil miqdorda yo’l qo’yilishi mumkin.
Yo’l qo’yilgan qayta navlash bo’yicha moddiy javobgar shaxslar ishonchli shaxslarga
to’liq tushuntirishlar taqdim etadilar. Qayta navlashdan qiymatning moddiy javobgar shaxslar
aybi bilan xosil bo’lgan etishmaslik qiymatning farqiga inventarizatsiya bayonlarida bunday
farq aybdor shaxslarga tegishli emasligi sabablari to’g’risida to’liq tushuntirishlar berilishi
kerak.
Inventarizatsiya natijasida kamomad chiqqan tovar moddiy zaxiralarning
chiqim qilinishi ularning kirim qilish manbalari bo’yicha xaqiqiy xarajatlar 231,
241, 251, 261, 271 schyotlari debeti va 06 tovar moddiy zaxiralar schyoti krediti
orqali aks ettiriladi.
Budjet mablag’lari hisobidan kirim qilingan tovar moddiy zaxiralar
kamomadi aniqlansa moddiy javobgar shaxsdan undiriladi va uning qiymati
tegishli budjetga o’tkaziladi.
Budjetdan tashqari mablag’lar hisobidan kirim qilingan tovar moddiy
zaxiralar kamomadi aniqlansa moddiy javobgar shaxs ayibdor deb tanolingan
holda undiriladigan summa 170 schyotning debeti va 05, 06 schyotlarning
tegishli subschyotlari kreditiga olib boriladi.
Budjet tashkilotlarida tashqi audit o’tkazish jarayonida tashkilotda tuzilgan
doimiy
inventarizatsiya
komissiyasi
tomonidan
o’tkazilgan
inventarizatsiyalarning sifati va natijalarini to’g’ri rasmiylashtirilishi alohida
o’rganiladi. Buning orqali ichki nazorat tizimi baholanadi va uning natijalaridan
foydalanishda tekshiruv riskini pasaytirishi mumkin. Tovar moddiy boyliklarini
saqlanishini tekshirishda moddiy javobgar shaxslarni Mehnat ta’tiliga o’z
vaqtida va belgilangan tartibda chiqishlari ko’rib chiqiladi. Agarda, moddiy
javobgar shaxs bir necha yillar davomida Mehnat ta’tiliga chiqmasdan faoliyat
olib borgan bo’lsa, bunday javobgar shaxs zimmasidagi moddiy boyliklar
inventarizatsiyasi natijalarini shubha ostiga olish mumkin. Bunga sabab, moddiy
javobgar shaxs va uning zimasidagi moddiy boyliklarni hisobini olib boruvchi
buxgalterni til biriktirishi extimoli borligidir. Shuning uchun moddiy javobgar
shaxslar belgilangan tartibda ta’tilga chiqishi va o’z zimmasidagi boyliklarni
qabul-topshirish dalolatnomalarini rasmiylashtirgan holda boshqa shaxsga
o’tkazishi zarur.
Inventarizatsiyalarni o’tkazish to’liq yoki qisman tashkil qilinishi mumkin.
Qisman inventarizatsiyalarni o’tkazish asosan tashqi auditorlar tomonidan
amalga oshiriladi. Bunda, tanlab olish mantiqiy jihatdan yo’lga qo’yiladi, yan’i
noyob, qimmat va o’g’irliklarga ko’proq moyil bo’lgan tovar moddiy boyliklari
olinadi.
Dostları ilə paylaş: |