5-Mavzu: Budjet tashkilotlarida tovar moddiy zahiralar hisobining nazorati 1. Tovar moddiy zahiralar hisobi nazoratining maqsadi, vazifalar va manbalari Tovar moddiy zahiralari nazoratining maqsadi – tashkilotlarda bunday
zahiralar xajmini asosli tashkil qilinganligi, ya’ni umumiy mablag’lar
tarkibidagi
ularning
ulushi
miqdorini to’g’riligini aniqlash, bunday
mablag’larning saqlanishi, sarflanishi va harakatini buxgalteriya hisobida to’g’ri
va aniq aks ettirilishini tekshirishdan iborat.
Yuqoridagi maqsadni sifatli amalga oshirish uchun bunday nazorat ma’lum
bir ketma-ketlikda tashkil qilinishi zarur, ya’ni:
-
tovar moddiy zahiralariining funktsional vazifasiga qarab ularni to’g’ri
sinflashtirilishi va iqtisodiy guruhlashtirilishini aniqlash;
-
iqtisodiy asoslangan va rotsional holda baholanishi;
-
xom-ashyo va materiallarni saqlanishi va sarflanishida progressiv texnik-
iqtisodiy me’yorlar tizimining qo’llanishi;
-
tovar moddiy zahiralarii nomenklaturlarini belgilashda aniq kodlar
tizimining qo’llanilishi;
-
aniq va asosli moddiy javobgarlik tizimining qo’llanilishi.
Tovar moddiy zahiralarii nazoratini tashkil qilishda quyidagi vazifalar hal
qilinishi talab etiladi:
1.
Moddiy aktivlarni qonunchilikda belgilangan tartibda tovar moddiy
zahiralarii tarkibida aks ettirish;
2.
Tovar moddiy zahiralariini kelib tushishi, ularning tashkilot hisobidan
chiqarilishi, shuningdek, saqlanishi va maqsadli sarflanishi ustidan nazorat qilish;
3.
Tovar moddiy zahiralari va xarajatlarning belgilangan me’yorlarini kuzatib
borish;
4.
Belgilangan tartibda realizatsiya qilinishi lozim bo’lgan fodalanilmayotgan
materiallarni o’z vaqtida aniqlash;
5.
Tovar moddiy zahiralari harakatini xujjatlarda to’g’ri rasmiylashtirish hamda
hisob registrlaridda o’z vaqtida qayd etish;
6.
Tovar moddiy zahiralarini harakatini buxgalteriya schyotlarida to’g’ri va o’z
vaqtida aks ettirish.
Budjet tashkilotlarida materiallar bo’yicha moliya yili oxiriga bo’lgan
qoldiqlar aniqlangan me’yorlar asosida tahlil qilinadi. Agar budjet tashkilotining
moliya yili oxirida bo’lgan materiallar bo’yicha qoldiq qiymati belgilangan
limitdan ortiqcha bo’lsa, keyingi moliya yilida budjet mablag’lari bo’yicha
xarajatlar smetasida materiallar sotib olish uchun kiritilgan summa limitdan
ortiq summaga kamaytiriladi.
Tovar moddiy zahiralarii o’rnatilgan me’yorlarni aniqlash uchun belgilang
ko’rsatkichlar “O’zbekiston Respublikasi Davlat budjetini tuzish va ijro etish
qoidalari” (O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2002 yil 14 martda
1111-son bilan ro’yhatga olingan)da keltirilgan.