3. Asosiy vositalar hamda nomoddiy aktivlar saqlanish holatining nazorati
Budjet tashkilotlarida asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar ustidan
nazoratni tashkil qilishda ularning saqlanish holati hamda ishlatilishiga alohida
e’tibor qaratish zarur. Bunday nazorat ulardan samarali foydalanishni ta’minlab
beradi.
Tekshirish jarayonida quyidagilar aniqlab olinishi kerak:
- inventar kartochkalar, inventar kitoblari yoki ro’yxatlarining mavjudligi;
- texnik pasportlar va boshqa texnik xujatlarning mavjudligi vaholati;
- xo’jalik sub’ekti tomonidan ijaraga, saqlashga va vaqtinchafoydalanishga
topshirilgan yoki qabul qilingan asosiy vositalarga
xujjatlarning mavjudligi. Xujjatlar bo’lmaganda ularni olinishini
yokirasmiylashtirilishini ta’minlash zarur.
Buxgalteriya hisobi yoki texnik xujjatlar va registrda farqlar va
noaniqliklar borligi aniqlanganda ularga tegishli tuzatishlar va aniqliklar
kiritilishi kerak.
Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning saqlanish holati asosan
inventarizatsiya o’tkazish orqali tekshiriladi. O’zbekiston Respublikasida
inventarizatsiya O’zbekiston Respublikasi "Buxgalteriya hisobi to’g’risida"gi
Qonunining 11-moddasiga muvofiq ishlab chikilgan “Inventarizatsiyani tashkil
etish va o’tkazish” 19-BHMS bilan tartibga solinadi.
Inventarizatsiya o’tkazishdan avval mahsus komissiya tuziladi yoki
tashkilotda tuzilgan doimiy inventarizatsiya komissiyasi ish olib boradi. Asosiy
vositalar inventarizatsiya qilinganda komissiya albatta ob’ektni naturada
ko’rib chikishni amalga oshiradi va inventarizatsiya ro’yxatlariga ularning
to’liq nomini, maqsadini, inventar raqamini va asosiy texnik va foydalanish
ko’rsatkichlarini kiritadi.
Hisobga kiritilmagan ob’ektlar, shuningdek ob’ektlar bo’yicha hisob
registrlarida ularni ta’riflovchi ma’lumotlar yo’qligi yoki noto’g’ri
ko’rsatilganligi aniqlanganda, komissiya ushbu ob’ektlar bo’yicha
nventarizatsiya bo’yicha etishmaydigan yoki noto’g’ri ma’lumotlarni va texnik
ko’rsatkichlarni kiritishi kerak, masalan: binolar bo’yicha - ularning
maqsadini, ular kurilgan asosiy materiallarni xajmini (tashki va ichki o’lchov
bo’yicha), maydoni (umumiy foydali maydon), kavatlar soni (erto’la, yarim
erto’la, tashkari va (x.k.), kurilgan yili va boshqalar; kanallar bo’yicha uzunligi,
chukurligi, eni (tubi va usti bo’yicha), sun’iy inshootlar tubini va yonlarini
mustaxkamlash materiallari, ko’priklar bo’yicha joylashish joyi, materiallar
turkumi va ularning xajmi, yo’llar bo’yicha - yo’lning turi (shosse,
ixtisoslashtirilgan), uzunligi, koplash materiali, eni x.k.
Inventarizatsiyada aniqlangan hisobga olinmagan ob’ektlarning ba’xolari
joriy qiymat bo’yicha amalga oshirilishi kerak, eskirishi esa ob’ektning
xaqiqatdagi texnik holati bo’yicha baxolash va eskirish to’g’risidagi
ma’lumotlarni tegishli rasmiylashtirilgan dalolatnomalari bilan aniqlanishi
kerak.
Inventarizatsiya komissiyasi inventarizatsiyada aniqlangan hisobga
olinmagan ob’ektlar qachon va kimning farmoyishi bilan bunyod etilganini,
ularni bunyod etilishi uchun xarajatlar qaerga hisobdan chiqarilgani, va bularni
bayonnomada aks ettirishi shart. Asosiy vositalar ro’yxatiga ob’ektning asosiy
maqsadiga muvofiqnomlari bo’yicha kiritiladi. Agarda ob’ekt qayta
qurilgan, qaytatiklangan, kengaytirilgan yoki qayta jixozlangan bo’lsa va
buningokibatida uning asosiy maqsadi o’zgargan bo’lsa, unda bu ro’yxatga
yangimaqsadga muvofiq nom bilan kiritiladi. Agarda komissiya tomonidan kapital
xarakterda amalga oshirilgan ishlar (ko’shimcha kavat kurish, yangi binolar
kurish va boshqalar) yoki binolar va inshoatlarning bir kismini kisman yo’q
qilish (ayrim konstruktiv elementlarni buzish) buxgalter hisobida aks
ettirilmagan bo’lsa, u tegishli xujjatlar bo’yicha ob’ektning boshlangich qiymatini
ortishi yoki kamayishi summasini aniqlashi va amalga oshirilgan
o’zgarishlar to’g’risidagi ma’lumotlarni ro’yxatlarda keltirishi kerak. Bir vaqtning
o’zida komissiya bunda aybdor bo’lgan shaxslarni va hisob registrlarida u yoki
bu ob’ektlar bo’yicha konstruktiv o’zgarishlari o’z aksini topmaganligi sabablarini
aniqlashi kerak.
Mashinalar, anjomlar va asosiy jixozlar inventarizatsiya ro’yxatlariga
inventar raqami, ishlab chiqargan zavodi, ishlab chiqarilgan yili, maqsadi, kuchi
va x.k) ko’rsatilib kiritiladi. Bir tsex yoki bo’limga bir paytda kelib tushgan
guruh hisobi bo’yicha na’munaviy inventar kartochkada hisobga olinadigan bir
xil baxodagi xo’jalik inventr anjomlari, asboblar, stanoklar va x.k.
inventarizatsiya ro’yxatlarida ushbu buyumlarning nomlari ularning soni
ko’rsatilib keltiriladi.
Inventar ob’ektlar tomonidan asosiy vositalarga berilganraqamlar,
koida tariqasida, o’zgarmasligi kerak. Raqamlarni almashtirishob’ektlar o’zining
texnik ishlab chiqarish ko’rsatkichlari bo’yicha taalluqlibo’lgan guruhdan
boshqa asosiy vositalar gurxiga hato tariqasidakiritilgan bo’lsa, shuningdek
noto’g’ri raqam berilgani aniqlangandamumkin bo’ladi.
Inventarizatsiya paytida xo’jalik yurituvchi sub’ektdan tashkaribo’lgan asosiy
vositalar ob’ektlari (xarakatdagi temir yo’l tarkibida, avtomashinalarda,
kapitalta’mirlashga jo’natilgan avtomashinalar va anjomlar va x.k.da
bo’lganlar)ular doimiy faoliyat ko’rsatuvchi yoki ishchi komissiyalar
tomonidan, ularxo’jalikdan vaqtincha jo’natilganga kadar inventarizatsiya
qilingan bo’lishikerak.
Foydalanishga yaroqsiz bo’lgan va tiklanishi mumkin bo’lmaganasosiy vositalar
inventarizatsiya ro’yxatiga kiritilmaydi. Bu ob’ektlargainventarizatsiya
komissiyasi ushbu ob’ektlarni foydalanishga topshirilganmuddati va ushbu
ob’ektlarni yaroqsiz holga kelishiga olib kelgansabablari (buzilishi, to’liq
eskirishi va x.k) ko’rsatilib alohida ro’yxattuzadi. Bunday ob’ektlarni ro’yxatdan
chiqarish umumiy belgilangan tartibdaamalga oshiriladi.
O’z vositalar inventarizatsiyasi bilan bir paytda javobgarlik saqlanishida
bo’lgan ijaraga olingan asosiy vositalar xam tekshiriladi. Ko’rsatilgan ob’ektlar
bo’yicha alohida ro’yxat tuziladi, unda ushbu ob’ektlarni javobgarlik
saqlanishiga yoki ijaraga qabul qilinganligini tasdiqlovchi xujjatlar e’tirof etiladi.
Inventarizatsiya natijasida asosiy vositalar bo’yicha kamomad yoki
yo’qotishning aniqlanishi va undirilishi “ Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan
mol-mulk kamomadi va ortiqchasining buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish tartibi
to’g’risisda”gi nizom (Moliya vazirligi ,Davlat soliq qo’mitasi, Mehnat va aholini
ijtimoiy muxofaza qilish vazirligining 2004 yil 10 mardagi 37, 2004-26, 20/1 –
sonli qarori bilan tasdiqlangan)ga asosan tartibga solinadi. Ushbu nizomga asosan
ish beruvchining mulkiga etkazilgan zarar xajmi, zarar uchun xodimning moddiy
javobgarlik chegaralari va tartibini aniqlash O’zbekison Respublikasi Mehnat
kodeksi bilan tartibga solinishi ko’rsatilgan.
Bir oylik o’rtacha ish xaqidan oshmaydigan etkazilgan zarar summasini
aybdor xodimdan undirish ish beruvchining farmoyishiga muovfiq amalga
oshiriladi. Fayrmoyish etkazilgan zarar aniqlangan kundan boshlab bir oydan
kechikmasdan chiqarilishi mumkin. Bunda, zarar xajmi inventarizatsiya o’tkazish
davrida maskur joyda amal qilayotgan bozor baholari bo’yicha hisoblanadi.
Agar xodimdan undirilishi lozim bo’lgan etkazilgan zarar summasi uning
o’rtacha oylik ish xaqisidan yuqori yoki zarar aniqlangan kundan boshlab bir oylik
muddat o’tgan bo’lsa, unda undirish sud orqali amalga oshiriladi.
Ish beruvchining mulki o’g’irlanganda, kam chiqqanda, qastdan yo’qotish
yoki qastdag buzish natijasida hamda boshqa hollarda etkazilgan zarar xajmi bozor
qiymati bo’yicha hisoblanadi.
Inventarizatsiya jarayonida aniqlagan mol-mulkning bozor qiymatini
aniqlash uchun quyidagilardan foydalanish mumkin:
a)
ishlab chiqaruvchi tashkilotlardan va ularning rasmiy dilerlaridan, tovar
xom-ashyo birjalaridan, ko’chmas mulk birjalaridan yozma shaklda olingan xuddi
shunday mahsulotga doir narxlar to’g’risida ma’lumotlar;
b)
Markaziy bankning kamomad (ortiqcha) aniqlangan sanadagi va tegishli
mulkni sotib olish sanasidagi kurslarning nisbati shaklida aniqlangan hisob-kitob
kitob koefitsentini qo’llagan holda sotib olish sanasidagi (tasdiqlovchi xujjatlar
mavjud bo’lganda) mol-mulkning erkin konvertatsiyalanadigan valyutadagi
qiymati to’g’risida ma’lumotlar;
c)
tegishli davlat idoralarida mavjud bo’lgan narxlar darajasi to’g’risiadagi
ma’lumotlar;
d)
inventarizatsiya o’tkazilayotgan davrda ommaviy axborot vositalari va
maxsu adabiyotlarda e’lon qilingan narx darajalari to’g’risidagi ma’lumotlar;
e)
tegishli mol-mulkning qiymati to’g’risidagi baholovchining ekspert xulosasi.
Kamomad yoki yo’qotishning aniqlanishi buxgalteriya schyotlarida quyidagicha
aks ettirilishi kerak:
1.
Iventarizatsiya natijasida kamomad aniqlangan asosiy vositalar summasiga
(agarda moddiy javobgar shaxsdan undirilmasa).
a)
Hisoblnagan eskirish summasini hisobdan chiqarilganda
Dt 02 Asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi schyotlar
Kt 01 Asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar
b)
Qoldiq qiymatini hisobdan chiqarilganda
Dt 231, 241, 251, 261, 271 xaqiqiy xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar
Kt 01 Asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar
2.
Inventarizatsiya natijasida kamomad chiqqan budjet mablag’lari hisobidan
sotib olingan yoki sotib olinish manbasi noaniq bo’lgan asosiy vositalar
summasiga (agarda moddiy javobgar shaxsdan undirilsa)
a)
Hisoblangan eskirish summasining hisobdan chiqarilishi
Dt 02 Asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi schyotlar
Kt 01 Asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar
b)
Qoldiq qiymatini hisobdan chiqarilganda
Dt 231, 241, 251, 261, 271 xaqiqiy xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar
Kt 01 Asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar
c)
Ayibdor shaxsdan undirilgan summaning budjet daromadlariga hisoblanishi
Dt 170 Kamomadlarga doir hisob-kitoblar
Kt 160 Budjetga to’lovlar
d)
Ayibdor shaxs tomonidan kamomad summasining tashkilot kassasiga
to’lanishi
Dt 120 Milliy valyutadagi naqd pul mablag’lari
Kt 170 Kamomadlarga doir hisob-kitoblar
e)
Kamomad summasining hisobraqamga kirim qilinishi
Dt 113 Boshqa budjetdan tashqari mablag’lar
Kt 120 Milliy valyutadagi naqd pul mablag’lari
f)
Mablag’larning budjet daromadlariga o’tkazib berilishi
Dt 160 Budjetga to’lovlar
Kt 113 Boshqa budjetdan tashqari mablag’lar.
3.
Moddiy javobgar shaxs kamomad chiqishda ayibdor deb tan olingan holda
(agarda asosiy vosita budjetdan tashqari mablag’lar hisobidan xarid qilingan
bo’lsa)
a)
Hisoblangan eskirish summasining hisobdan chiqarilishi
Dt 02 Asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi schyotlar
Kt 01 Asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar
b)
Qoldiq qiymatini hisobdan chiqarilganda
Dt 170 Kamomadlarga doir hisob-kitoblar
Kt 01 Asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar
c)
Agarda mazkur asosiy vositaning qoldiq qiymati moddiy javobgar shaxs
zimmasiga olib borilgan summadan kam bo’lsa
Dt 170 Kamomadlarga doir hisob-kitoblar
Kt 272 Boshqa budjetdan tashqari daromadlar
d)
Agarda mazkur asosiy vositaning qoldiq qiymati moddiy javobgar shaxs
zimmasiga olib borilgan summadan ko’p bo’lsa
Dt 231, 241, 251, 261, 271 xaqiqiy xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar
Kt 170 Kamomadlarga doir hisob-kitoblar
e)
Ayibdor shaxs tomonidan kamomad summasining to’lanishi
Dt pul mablag’larini hisobga oluvchi schyotlar
Kt 170 Kamomadlarga doir hisob-kitoblar
Nomoddiy aktivlar saqlanishi nazoratga olinganda: tashkilotning ulardan
foydalanish huquqini tasdiqlovchi xujjatlar mavjudligini;
nomoddiy aktivlarni balansda to’g’ri va o’z vaqtida aks ettirilganinitekshirishi
zarur.
Agarda inventarizatsiya o’tkazish natijasida nomoddiy aktivlarning kaomadi
aniqlansa buxgalteriya schyotlarida quyidagicha aks ettirilishi kerak:
1.
Iventarizatsiya natijasida kamomad aniqlangan nomoddiy aktivlar
summasiga
Dt 231, 241, 251, 261, 271 xaqiqiy xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar
Kt 030 Nomoddiy aktivlar
2.
Inventarizatsiya natijasida kamomad chiqqan budjet mablag’lari hisobidan
sotib olingan yoki sotib olinish manbasi noaniq bo’lgan nomoddiy aktivlar
summasiga (agarda moddiy javobgar shaxsdan undirilsa)
a)
Kamomad chiqqan nomoddiy aktivning qiymatini hisobdan chiqarilishi
Dt 231, 241, 251, 261, 271 xaqiqiy xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar
Kt 030 Nomoddiy aktivlar
b)
Ayibdor shaxsdan undiriladigan summaning budjet daromadlariga
hisoblanishi
Dt 170 Kamomadlarga doir hisob-kitoblar
Kt 160 Budjetga to’lovlar
c)
Ayibdor shaxs tomonidan summasining to’lanishi
Dt Pul mablag’larini hisobga oluvchi schyotlar
Kt 170 Kamomadlarga doir hisob-kitoblar
d)
Mablag’larning budjet daromadlariga o’tkazib berilishi
Dt 160 Budjetga to’lovlar
Kt Pul mablag’larini hisobga oluvchi schyotlar
3.
Moddiy javobgar shaxs kamomad chiqishida ayibdor deb tan olingan holda
(agarda nomoddiy aktiv budjetdan tashqari mablag’lar hisobidan xarid qilingan
bo’lsa):
1.
Kam chiqqan nomoddiy aktivning hisobdan chiqarilishi
Dt 170 Kamomadlarga doir hisob-kitoblar
Kt 030 Nomoddiy aktivlar
2.
Agar mazkur nomoddiy aktivning qoldiq qimati moddiy javobgar shaxs
hisobiga olib borilgan summadan kam bo’lsa
Dt 170 Kamomadlarga doir hisob-kitoblar
Kt 272 Boshqa budjetdan tashqari daromadlar
3.
Agarda mazkur nomoddiy aktivning qoldiq qiymati moddiy javobgar shaxs
zimmasiga olib borilgan summadan ko’p bo’lsa
Dt 231, 241, 251, 261, 271 xaqiqiy xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar
170 Kamomadlarga doir hisob-kitoblar
4.
Ayibdor shaxs tomonidan kamomad summasining to’lanishi
Dt pul mablag’larini hisobga oluvchi schyotlar
Kt 170 Kamomadlarga doir hisob-kitoblar
Asosiy vositalar saqlanishi va ishlatish holatini nazoratdan o’tkazish
jarayonida amalga oshirilgan ta’mirlash ishlarini ham tekshiruvdan o’tkazish talab
etiladi. Buning uchun joriy va kapital ta’mirlash ishlari holatini ularning
buxgalteriya hisobida to’g’ri aks ettirilishini hamda kapital ta’mirlash jarayonida
asosiy vositalar qiymatini oshishi bilan bog’liq holatlarni alohida sinchkovlik bilan
tekshirish zarur.
Dostları ilə paylaş: |