Budjet nazorati


 Hisobvaraqlardagi budjetdan tashqari mablag’lar hisobining nazorati



Yüklə 2,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/132
tarix21.10.2023
ölçüsü2,32 Mb.
#158278
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   132
Budjet nazorati 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

4. Hisobvaraqlardagi budjetdan tashqari mablag’lar hisobining nazorati 
Budjet tashkilotlarida ayrim tadbirlarni moliyalashtirish uchun budjetdan 
tashqari mablag’lardan foydalaniladi, ya’ni bular davlat budjeti mablag’lari 
emas, balki boshqa manbalar hisbidan tashkil etiladigan mablag’lardir. 
Budjetdan tashqari mablag’larni shakllantirish O’zbekiston Respublikasi 
Vazirlar 
Mahkamasining 
1999yil 

sentyabrdagi 
414-sonli 
“Budjet 
tashkilotlarini mablag’ bilan ta’minlash tartibini takomillashtirish to’g’risida”gi 
qaroriga muvofiq amalga oshiriladi. 
Tekshiruv jarayonida bunday mablag’larning shakllantirilishi manbalari 
o’rganiladi. Bu manbaalar jumlasiga quyidagilar kiradi: 
1.
to’lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblardan tushgan mablag’lar; 
2.
ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt shaklidan tushgan 
tushumalar; 
3.
budjet tashkilotlarini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari (tibbiyot 
muassasalarini rivojlantirish va moddiy rag’batlantirish jamg’armasi mablag’lari); 
4.
boshqa budjetdan tashqari mablag’lar. 
To’lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblardan tushgan 
mablag’larning nazorati. 
To’lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblardan 
tushgan mablag’lar tarkibiga ta’lim muassasalaridagi bolalarning ota-onalari 
tomonidan to’lanadigan badallari, shuningdek, ovqatlanganligi uchun xodimlardan 
tushgan mablag’alar kiradi. Tekshirish jarayonida bunday mablag’lar aks ettirilgan 
110- “To’lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar” schyotning kretid 
tomonida mablag’larni hisobdan chiqarish yuzasidan aks ettirilgan summalarini 
asoslanganligi o’rganiladi. 
Ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt shakli va tushgan 
mablag’larning nazorati.
Ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt 
shakli va tushgan mablag’larni taqsimlash tartibi 111- “Ta’lim muassasalarida 


o’qitishning to’lov-kontrakt shaklidan tushgan tushumlar” subschyotini tekshiri 
orqali amalga oshiriladi. Bundan, mablag’larning sarflanishi belgilangan nizomga 
ko’ra amalga oshirilganligi aniqlanadi. 

Yüklə 2,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   132




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin