Budjet nazorati



Yüklə 2,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/132
tarix21.10.2023
ölçüsü2,32 Mb.
#158278
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   132
Budjet nazorati 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

 
 
2. Debitor va kreditorlar bilan hisoblashuvlarni analitik va sintetik 
hisobining nazorati 
Budjet tashkilotlari tomonidan qabul qilinadigan yuridik majburiyatlar 
xajmi belgilangan tartibga ko’ra ular iqtisodiy tasnifining tegishli moddalari 
bo’yicha smetlarda nazarda tutilgan ajratilgan budjet va budjetdan tashqari 
mablag’lar bilan, kapital qo’yilmalar xarajatlari bo’yicha esa har bir ob’ekt 
bo’yicha o’rnatilgan tartibda tasdiqlangan kapital qo’yilmalari miqdori bilan 
chegaralanadi. Bunda, yuridik majburiyatlarning vujudga kelishi holatlari 
nazoratga olinadi. 
G’aznachilik bo’linmalarida birinchi va ikkinchi guruh xarajatlari 
bo’yicha yuridik majburiyatlari ish xaqi va unga tenglashtirilgan xarajatlarni 
to’lash uchun naqd pul olishga so’rovnomalar asosida ro’yhatga olinadi. 
Ikkinchi va uchinchi xarajatlar guruhi bo’yicha yuridik majburiyatlar 
belgilangan tartibda tuzilgan shartnomalar asosida ro’hatga olinadi. Tuzilgan 
shartnoma va so’rovnomalarni belgilangan tartibga mosligi nazoratdan 
o’kaziladi. Budjet tashkilotlarini budjet mablag’lari hisobidan shartnomalari 
faqat xarajatlarni qoplashga manbaning mavjudligi to’g’risidagi tasdiqnoma va 
ushbu maqsadlarga ajratilgan budjet mablag’lari (limitlari) mavjud bo’lgan 
xarid xajmigagina tuzilishi mumkin. 
Debitorlik va kreditorlik qarzlari bo’yicha kelishmovchiliklar mavjud 
bo’lgan taqdirda tashkilot ularni bartaraf etish maqsadida tushinmovchiliklar 
haqidagi materiallarni tegishli idoralarga taqdim etishi shart. 
Budjet tashkilotlarida debitorlar va kreditorlar hisobi bo’yicha tekshiruv 
o’tkazishda quyidagi xususiyatlarga e’tibor qaratish kerak: 

yuridik va moliyaviy majburiyatlar g’aznachilik va uning xududiy
bo’limlarida ro’yxatga olinishi va to’lab beriilishi, ya’ni shu bo’g’inda qarshi 
tekshirishni amalga oshirish zaruriyati; 



tovar (ish, xizmat)lar etkazib berish bo’yicha mol etkazib beruvchi va 
pudratchilar bilan tuziladigan shartnomalarda oldindan to’lov 15 foiz 
miqdorida belgilanishi. 

tovar (ish, xizmat)lar etkazib berish bo’yicha mol etkazib beruvchi va 
pudratchilar bilan tuziladigan shartnomalar summasi 300 AQSh dollari 
miqdorigacha bo’lsa tanlov o’tkazmasdan to’g’ridan – to’g’ri shartnomalar 
tuzish. 300 AQSh dollaridan 100 ming AQSh dollarigacha bo’lsa tanlov 
o’tkazilib (birja savdolari ma’lumotlari asosida) shartnomalar tuzish. 
Tekshiruv o’tkazishda hisob qaydnomalarida hisobvaraqlar to’g’ri 
korrespondentlanganligini nazoratdan o’tkazish kerak. 150-sonli "Mol etkazib 
beruvchilar va pudratchilar bilan hisob kitoblar" schyotining krediti bo’yicha 
yozuvlar 232 “Budjetda moliyalashtirish”, 060 “Qurilish materiallari”, 061 
“Oziq-ovqat mahsulotlari”, 062 “Dori-darmonlar va yarani bog’lash 
vositalari”, 063 “Inventar va xo’jalik jihozlari”, 064 “Yonilg’i, yoqilg’i-
moylash materiallari” , 065 “Mashina va asbob-uskunalarning ehtiyot 
qismlari”, 069 “Boshqa tovar-moddiy zahiralar”sonli va boshqa hisobvaraqlar 
guruhining debeti bo’yicha yozuvlar bilan solishtiriladi. 150-sonli "Mol 
etkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob kitoblar" schyotining debeti 
bo’yicha yozuvlar 10 “Hisobvaraqdagi budjet mablag’lari” va 11 
“Hisobvaraqlardagi budjetdan tashqari mablag’lar” va boshqa hisobvaraqlar
bo’yicha kredit summalari bilan solishtirilishi lozim. Sintetik hisob 
ko’rsatkichlari tahliliy hisob ko’rsatgichlari bilan, oborotlar bo’yicha yakuniy 
ko’rsatkichlar va "Mol etkazib beruvchi va pudratchilar bilan hisob-kitoblar" 
hisobvarag’ining qoldig’i bosh kitob va balans ko’rsatkichlari bilan 
solishtiriladi. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1995 yil 12 maydagi “Halq 
xo’jaligida hisob-kitoblar o’z vaqtida o’tkazilishi uchun korhona va 
tashkilotlar rahbarlarining ma’sulyatini oshirish borasidagi chora-tadbirlar 
to’g’risida”gi PF-1154-sonli Farmoniga muvofiq, tovarlar amalda jo’natilgan, 
ishlar bajarilgan, xizmatlar ko’rsatilgan kundan boshlab 90 kun o’tgandan 


keyin, etkazib berilgan tovarlar, ko’rsatilgan xizmatlar va bajarilgan ishlar 
uchun mablag’lar kelib tushmaganligi muddati o’tib ketgan debitorlik qarzi 
deb hisoblanadi.
Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 19 iyuldagi “Muddati o’tkazib 
yuborilgan debitorlik qarzlar paydo bo’lganligi uchun vazirliklar, idoralar
xo’jalik birlashmalari va korxonalar rahbarlarining javobgarligini oshirish 
yuzasidan qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi 347-sonli qarorining 6-
bandida belgilanganidek, xo’jalik yurituvchi sub’ektlar to’lov muddati 
o’tkazib yuborilgagn debitorlik va kreditorlik qarzlarini har chorakda o’zaro 
solishtirib chiqishi shart. 
Tekshiruvchi olinayotgan tovar moddiy zahiralari, bajarilgan ishlar va 
ko’rsatilgan xizmatlar sifati va miqdori bo’yicha da’volar o’z vaqtida taqdim 
etilishiga, shuningdek, narx-navolar va tariflarga rioya qilmaslik, hisob-kitob 
hujjatlarida arifmetik hatolar aniqlanishi, tortish va o’lchash natijasida kelib 
chiqadigan kamchiliklarni tekshiruviga alohida e’tiborini qaratishi lozim. 
Da’volar nafaqat mol etkazib beruvchilarga, shuningdek, transport 
tashkilotlariga - yuk yo’lda yo’qotilganligi uchun, shaxsiy hisobvaraqlardan 
noto’g’ri ko’chirilgan yoki kiritilgan summalar bo’yicha taqdim etilishi 
mumkin. Da’volar yozma ravishda, da’vo summasi va kerakli isbotlar 
ko’rsatilgan holda, faks yordamida yoki buyurtmali xat bilan yo’llanadi. 
Da’voga javob yozma ravishda 30 kun muddatda olinishi shart.
Da’vo muddati o’tgan debitorlik va kreditorlik qarzlari tashkilot 
raxbarining ruxsati bilan amaldagi xarajatlarni oshirish bo’yicha hisobdan 
chiqariladi va bu xaqidva 10 kun muddatda tegishli moliya organlariga xabar 
qilinadi. 
Da’vo qilish muddati tugagan budjet mablag’lari bo’yicha yuzaga kelgan 
deponent qilingan qarz summalari tashkilot moliyalashtiriladigan (xarajatlari 
amalga oshiriladigan) tegishli budjet daromadiga da’vo qilish muddati tugagan 
oydan keyingi oyning 10 kunidan kechiktirmay kiritilishi kerak. 


Bunda, da’vo qilish muddati tugagan budjetdan tashqari mablag’lar 
bo’yicha yuzaga kelgan deponent qilingan majburiyatlar daromad sifatida aks 
ettiriladi. Da’vo qilish muddati tugagan boshqa kreditorlik qarzlar O’zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan tartibda hisobdan 
chiqariladi. 
Tekshiruvchi da’vo qilish muddati o’tgan da’volar mavjudligi va ular 
bo’yicha to’lovlar amalga oshirilmaganligi sabablarini aniqlashi kerak. 
Ma’lumki, tovar moddiy zahiralari olingandan keyin ular bo’yicha to’lov 
muddati 90 kundan oshmasligi lozim. Uch oy muddat o’tgandan keyin u 
ishonchsiz deb tan olinadi. Hisobdan chiqarish huquqini beruvchi hujjatlarga 
ega bo’lmagan tovar moddiy zahiralari kamomadlari yoki yo’qotishlari, 
shuningdek, mansabdor shaxslar tomonidan talon-toroj summalari da’volar 
bo’yicha hisob-kitob ko’rinishida berkitilmayotganligi aniqlanishi lozim.
Xorijiy mol etkazib beruvchilar bilan hisob-kitoblar bo’yicha kurs 
farqlari to’g’ri hisoblanganligi va ularni hisobda yuritilayotganligini 
tekshirishda valyutalar kotirovkasi jadvallaridan foydalanil adi. Bunda oyning 
har birinchi va oxirgi kuniga kurs farqlarini to’la, hujjatlar juda ko’p bo’lsa, 
tanlab olib qaytadan hisoblab chiqadi va ularni korxonada qabul qilingan hisob 
siyosatiga muvofiq 150"Mol etkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob 
kitoblar",152”Xaridor va bubrtmachilar bilan hisob kitoblar” va 231 “Budjet 
mablag’lari bo’yicha haqiqiy harajatlar”, 232 “Budjetdan moliyalashtirish”, 
262 “Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari bo’yicha 
daromadlar” sonli schyotlardagi yozuvlar bilan solishtirib chiqiladidi. Chet el 
valyutasi bo’yicha mablag’larning sintetik hisobi 381-son jamlanma 
qaydnomada (3-memorial orderda), analetik hisobi 292-son shakildagi joriy 
hisoblar va hisob-kitoblar daftarida (kartochkasida) chet el valyutasi turlari 
bo’yicha alohida holda yuritiladi 
Debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblarni tekshirishda odatda 
uchraydigan hatolar quyidagilardir:
-
shartnomalar yo’qligi yoki ularnoto’g’ri rasmiylashtirilganligi; 


-
mol etkazib beruvchilardan olingan tovar moddiy zaxiralarni kirim 
qilinmasligi; 
-
mol etkazib beruvchilardan olingan asosiy vositalar va nomoddiy 
aktivlarni o’z vaqtida kirim qilmaslik natijasida mol-mulk solig’ining 
kamayishi; 
-
asl nusxadagi hujjatlarni yo’q qilib yuborish (to’lov 
talabnomalari va topshiriqnomalari) odatda, qonunga xilof ravishda 
ushbu summalarni boshqa korxonalar bilan hisob-kitoblar evaziga hisobdan 
chiqarish; 
-
hisob yuritish hisobvaraqlarida haqoniy bo’lmagan debitorlik va 
kreditorlik qarzlarni aks etilishi; 
-
mol etkazib beruvchilar hisobvaraqlarida ajratib ko’rsatilgan 
summalarini hisobvaraqlarda noto’g’ri va qonunga xilof ravishda aks 
ettirish; 
-
hisobni tegishli ravishda olib bormaslik, hisobvaraqlarni noto’g’ri 
korrespondentlanishi, tahliliy hisob yo’qligi; 
-
mahsulot etkazib berish uchun shartnomalar yo’qligi yoki ular 
noto’g’ri rasmiylashtirilganligi; 
-
dastlabki hisob-kitob va to’lov hujjatlarning yo’qligi yoki ular 
to’liq rasmiylashtirilmaganligi; 
-
hisobni 
tegishli 
ravishda 
olib 
borilmasligi 
(hisobvaraqlar 
noto’g’ri korrespondentlanishi, tahliliy hisobning ishochsizligi va 
hokazolar); 
-
hisob-kitoblar bo’yicha inventarlash rasmiyatchilik nuqtai-
nazaridan o’tkazilishi; 
-
shartnomalar 
bo’yicha 
da’volar 
noto’g’ri 
rasmiylashtirilishi 
va taqdim etilishi. 
Budjet tashkilotlarida debetor va kreditorlik qarzlarini xaqqoniyligini 
tekshirishda tanlab olish usulidan foydalaniladi. Lekin, tekshirish jarayonida 
ichki nazorat tizimi natijalariga tayangan holda ham ish ko’rish mumkin. 


Buninng uchun nazorat tavakkalchiligini belgilash hamda debetor va 
kreditorlar bilan hisob-kitoblar auditi dasturini ishlab chiqish zarur. Shu 
sababli auditor tomonidan tashkilot buxgalterlari test sinovlaridan o’tkazilishi 
kerak. Na’munaviy savollar ro’yxati quyidagi jadvalda keltirilgan (1-jadval). 

Yüklə 2,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   132




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin