Budjet nazorati


Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqalarini tekshirish



Yüklə 2,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/132
tarix21.10.2023
ölçüsü2,32 Mb.
#158278
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   132
Budjet nazorati 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqalarini tekshirish. 
Tekshirish 
jarayonidavaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasini berilish sabablarini 
o’rganish zarur. Qonunchilikka binoan ushbu nafaqa quyidagi hollarda berilishi 
mumkin: 
a)
vaqtincha mehnat qobiliyatini yo’qotish bilan bog’liq kasallikda 
(shikastlanishda); 
b)
sanatoriy-kurortlarda davolanganda; 
c)
kasallangan oila a’zosini parvarishlash zarur bo’lganda; 


d)
karantinda; 
e)
sil yoki kasb kasalligi tufayli vaqtincha boshqa ishga o’tkazilganda; 
f)
mehnat qobiliyatini tiklash yoki yasama a’zo (protez) qo’ydirish uchun 
reabilitatsiya muassasalariga yotqizilganda. 
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasini tayinlash uchun faqat 
belgilangan tartibda berilgan vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi (kasallik 
varaqasi) asos bo’ladi. Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi yo’qolgan 
hollarda, nafaqa, uning o’rniga takroriy berilgan vaqtincha mehnatga layoqatsizlik 
varaqasi (dublikat) asosida beriladi. Tashkilotda ushbu varqalarni hisobga olinishi 
va ularda ko’rsatilgan kunlar asosida hisoblanishi nazoratga olinadi. Bunda, 
xodimning ish staji to’g’ri aks ettirilganligi tekshirilishi zarur. 
Tashkilotda mehnatga layoqatsizlik nafaqalarini tayinlanishi bo’yicha ijtimoiy 
sug’urta komissiyasi tuzilishi kerak. Bu komissiya tarkibi kadraar bo’limi, kasaba 
uyushmasi, buxgalteriya bo’limi xodimlaridan iborat bo’ladi. Tekshirish jarayonida 
ushbu komissiyaning ish faoliyati o’rganiladi va o’tkazilgan yig’ilish 
bayonnomalari tuzilganligi aniqlanadi. Komissiya mehnatda mayiblanganlarga, 
kasb kasalligiga chalinganlarga nafaqa tayinlash, nafaqa to’lashni rad etish, 
nafaqadan (to’liq yoki qisman) mahrum etish va nafaqa olish huquqi yuzasidan 
kelib chiqqan nizolarni, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi va boshqa 
hujjatlarning asosli ravishda va to’g’ri berilganligini ko’rib chiqish huquqiga ega. 
Qolgan barcha hollarda nafaqalarni komissiyaning shu ishga vakil qilingan a’zosi 
tayinlaydi. 
Komissiyalar bo’lmagan korxonalarda nafaqalar, ish beruvchi tomonidan shu 
ishga buyruq bilan vakil qilingan shaxs tomonidan tayinlanadi. 
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo’yicha nafaqa mehnat qobiliyati 
yo’qolgan birinchi kundan to u tiklangunga qadar yoki tibbiy-mehnat ekspertiza 
komissiyasi (TMEK) tomonidan nogironlik belgilangunga qadar, hatto bu davrda 
xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan hollarda ham berilishi 
qonunchilikda belgilangan. Uzoq vaqt kasal bo’lganlarni TMEK ko’rigiga 
yuborish muddatlari mehnatga layoqatsizlik varaqalari va ma’lumotnomalar berish 
tartibi to’g’risidagi Yo’riqnomaga (ro’yxat raqami 873, 2000 yil 19 yanvar) binoan 
belgilanadi. 
Xodimning mehnatga qobiliyatsizlik kunlari yillik (asosiy va qo’shimcha) 
ta’til davriga to’g’ri kelgan hollarda, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasida 
ko’rsatilgan barcha kunlar uchun nafaqa to’lanadi. 
Tekshirish davrida nafaqa to’lanmaydigan holatlar o’rganilishi zarur. 
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik quyidagi davrlarga to’g’ri kelganda nafaqa 
to’lanmaydi: 

ish haqi saqlanmagan ta’til; 

bolani parvarishlash bo’yicha ta’til; 

ish vaqtincha to’xtatilgan; 



xodim ishdan (lavozimdan) chetlashtirilib, ish haqi to’lash to’xtatib 
qo’yilganligi sababli ishlamagan; 

harbiy o’quv yoki tekshiruv yig’ini; 

ishlab chiqarishdan ajralmagan holda o’quv yurtlarida tahsil olish 
munosabati bilan berilgan qo’shimcha ta’til. 
Ushbu davrlarda boshlanib, davom etayotgan mehnatga qobiliyatsizlik 
nafaqasi xodim ishga chiqishi (lavozimga tiklanishi) lozim bo’lgan kundan boshlab 
beriladi. 
Bundan tashqari, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi quyidagi 
hollarda berilmaydi: 

ishdan yoki boshqa vazifalardan bo’yin tovlash maqsadida o’z salomatligiga 
ataylab ziyon etkazgan yoxud o’zini kasallikka solganda; 

giyohvandlik yoki mastlik bilan bog’liq harakatlar oqibatida, shuningdek, 
spirtli va giyohvandlik moddalarini iste’mol qilish natijasida kasallikka 
chalinganda (jarohatlanganda); 

jinoyat sodir qilish vaqtida jarohatlanganda

sud qarori asosida majburiy davolanishga yuborilganda (ruhiy kasallardan 
tashqari); 

hibsda bo’lgan davrda; 

sud-tibbiyot ekspertizasidan o’tish davrida. 

Yüklə 2,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   132




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin