to’lovlar bo’yicha hisob-ktoblar”schyotining krediti bo’yicha amalga oshiriladi.
Tekshirish jarayonida ushbu deponentga o’tkazilgan summalarni 441-son
shakldagi qoldiqlari yuqoridagi schyotlar yozuvi bilan taqqoslanadi. Deponent
majburiyatining to’lanishi 177- “Deponentlangan to’lovlar bo’yicha hisob-
ktoblar”schyotining debeti va 120-“Milliy valyutadagi naqd pul mablag’lari”
schyotining krediti orqali amalga oshiriladi.
Tekshiruvchi to’langan stipendiyalarni nazoratdan o’tkazish
jarayonida
kassa hisobotlariga ilova qilingan asoslovchi xujjatlarning xaqqoniyligini
tekshiruvdan o’tkazishi kerak. Bunda, deponentlangan summalarni to’lanishi
alohida o’rganiladi. Muddati o’tgan deponentlangan summalarni hisobdan
chiqarilishiga e’tibor qaratish zarur.
Ushbu schyotlarning qoldiqlari va aylanishlari
har bir stipendiya oluvchi
bo’yicha alohida holda yuritilgan analitik hisob registrlarining jamlamalari
bilan
solishtirilgan holda tekshiruvdan o’tkaziladi.
Ijtimoiy sug’urta hisobidan beriladigan nafaqalarni tayinlanishi va
to’lanishini tekshirishda O’zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy
muxofaza qilish vazirining 2002 yil 1 apreldagi 21-son buyrug’i bilan
tasdiqangan “Davlat ijtimoiy sug’urtasi bo’yicha nafaqalar tayinlash va to’lash
tartibi to’g’risida”gi nizom (O’z.R. Adliya vazirligida 2002 yil 8 mayda 1136-
son bilan ro’yxatga olingan) asos qilib olinadi.
Ushb unizomga asosan quyidagi to’lovlar hisoblanadi va amalga oshiriladi:
1.
Pensiya to’lovlari;
2.
Bola tug’ilganda beriladigan nafaqa;
3.
Dafn etish marosimi uchun beriladigan nafaqa.
Budjet tashkilotlari hisob-kitoblarni xududiy moliya organlari tarkibidagi
budjetdan tashqari pensiya jamg’armasi bo’limlariga taqdim etish
muddatlaridan kechiktirmasdan tuman (shaxar) byujet
tashkilotining pensiya
jamg’armasi hisobidan amalga oshiriladigan xarajatlarni to’lash uchun
so’rovnomani taqdim etadi. Tekshirish jarayonida ushbu so’rovnomada aks
ettirilgan nafaqa oluvchilar soni va to’lanadigan pensiya summasi,
kishi vafot
etganda beriladigan nafaqlar soni va summasi to’g’ri aks ettirilganligi
aniqlanadi.
Budjet tashkilotlari smetalari doirasida amalga oshiriladigan nafaqalarga
quyidagilar kiritiladi:
1.
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqalari;
2.
Xomiladorlik va tug’ish bo’yicha
nafaqalar;
3.
Qo’shimcha dam olish kuni uchun nafaqalar.
Dostları ilə paylaş: