Ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt mablag’lar bo’yicha joriy yilga moliyaviy natijalarni tekshirish. Ta’lim muassasalarida to’lov-
kontrakt mablag’lari bo’yicha joriy yilga moliyaviy natijalari bu tashkilotning
mazkur mablag’lari bo’yicha moliya yili mobaynida, ya’ni hisobot yilining 1-
yanvaridan 31 dekabriga qadar bo’lgan davr mobaynida hisoblangan to’lov-
kontrakt shakli mablag’lari va ushbu vaqt mobaynida amalga oshirilgan xaqiqiy
xarajatlarini solishtirish natijasida olingan ko’rsatkichlardir.
Ta’lim muassasalarida to’lov-kontrakt mablag’lari bo’yicha joriy yilga
moliyaviy natijalarini teshirishda 25 “Ta’lim muassasalarida to’lov-kontrakt
mablag’lari bo’yicha joriy yilga moliyaviy natijalar” schyoti hisobda subsyotlarni
ochilish darajasi, ularning aylanishlari va asos bo’lgan birlamchi hujjatlar
tekshiriladi. Ushbu schet bo’yicha quyidagi subschyotlar ochilishi kerak:
250 “Ta’lim muassasalarida to’lov-kontrakt mablag’lari bo’yicha joriy yilga
moliyaviy natijalar”;
251 “Ta’lim muassasalarida to’lov-kontrakt shaklidan tushgan tushumlar
hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar”;
252 “Ta’lim muassasalarida to’lov-kontrakt mablag’lari bo’yicha daromadlar”;
251 “Ta’lim muassasalarida to’lov-kontrakt shaklidan tushgan tushumlar
hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar” subschyotida o’qitishning to’lov-
kontrakt shaklidan ta’lim muassasalari tomonidan amalga oshirilgan haqiqiy
xarajatlarni sintetik hisobi tekshiriladi.
Ushbu mablag’lar bo’yicha amalga oshirilgan xaqiqiy xarajatlar yil davomida
251 “Ta’lim muassasalarida to’lov-kontrakt shaklidan tushgan tushumlar hisobidan
amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar” subschyotining debetida aks ettirilib boriladi,
bunda hisob-kitoblar va boshqalarni hisobga oluvchi tegishli subschyotlar
kreditlanadi. Tekshirish jarayonida ushbu subschyotlar bo’yicha amalga oshirilgan
yozuvlarning asoslanganligi nazoartga olinishi kerak.
Tekshirish jarayonida foydalanilgan soliq va boshqa majburiy to’lovlar
bo’yicha imtiyozlar summasiga to’g’ri keluvchi haqiqiy harajatlarni
asoslanganligiga e’tibor qaratiladi. Ushbu mablag’lar hisobidan sotib olingan
moddiy aktivlarning sariflanishi yoki moddiy aktivlarni sotib olish bilan bog’liq
bo’lmagan holda tashkilotning moddiy –tehnika bazasini mustahkamlash
maqsadlariga ishlatilishi munosabati bilan amalga oshirilgan haqiqiy harajatlar 285
“Budjetga va budjetdan tashqari jamg’armalarga hisoblangan soliq va boshqa
majburiy to’lovlar bo’yicha imtiyozlar” schyotining aylanishlarini tahlil qilish
orqali tekshiriladi. Qolgan barcha haqiqiy xarajatlar 250 “Ta’lim muassasalarida
to’lov-kontrakt mablag’lari bo’yicha joriy yilga moliyaviy natijalar” subschyotiga
o’tkazilganlig sababli shu subschyotning debetidagi yozuvlar tekshirilishi kerak.
Ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt shaklidan tushgan
tushimlar talabalarning kurslari, fakultetlar, guruhlar shuningdek talabalar
familiyasi, ismi, sharifi bo’yicha tekshiriladi.