jumladan, ijaraga berilganlari ham dastlabki (tiklanish) qiymati bo’yicha aks
ettirilganligi;
-
Qayta baholash natijalari bo’yicha aniqlangan asosiy vositalarning tiklanish
qiymati yillik va choraklik balanslarda “Yil boshiga” ustunida kasr chizig’i bilan
(maxrajida)
aks ettirilganligi;
-
“Eskirish summasi” qatorida asosiy vositalarning balans tuzilgan hisobot
davri oxiriga hisoblangan eskirish summasi to’g’ri aks ettirilganligi;
-
“2-§. Noishlab chiqarish aktivlari” qatorida ishlab chiqarish xususiyatiga ega
bo’lmagan kapital xarajatlar, jumladan, erni obodonlashtirish bo’yicha
xarajatlar
(040-subschyot) to’g’ri aks ettirilganligi;
-
“3-§. Tovar-moddiy zaxiralar” qatorida hisobot davri oxiriga mavjud
bo’lgan tayyor mahsulot, qurilish materiallari,
oziq-ovqat mahsulotlari, dori-
darmon va yarani boglash vositalari, inventar va xo’jalik jihozlari, yonilg’i,
yoqilg’i-moylash materiallari, mashina va asbob-uskunalarning ehtiyot qismlari va
boshqa tovar-moddiy zaxiralari qoldiq summalarining to’g’ri ko’rsatilganligi,
balansdan tashqari 10 “Foydalanishdagi inventar va xo’jalik jihozlari” va 12
“Eskirganlarining o’rniga berilgan transport vositalarining ehtiyot qismlari”
schyotlarida aks ettirilgan tovar-moddiy zaxiralarning qoldiqlari bundan mustasno;
-
“4-§. Nomoliyaviy aktivlarga qo’yilmalar” qatorida o’rnatish
uchun
mo’ljallangan asbob-uskunalar, tugallanmagan qurilish, asosiy vositalarga boshqa
xarajatlar, nomoddiy aktivlarga boshqa xarajatlar, tovar (ish, xizmat)larga
xarajatlar va tovar-moddiy zaxiralarga boshqa xarajatlarning summalari «Bosh-
jurnal kitobi» (308-shakl) bo’yicha hisobot davrining oxiriga qoldiq summasi bilan
solishtirilishi kerak;
-
“Moliyaviy aktivlar” bo’limida mavjud hisobvaraqlardagi pul mablag’lari,
akkreditivlar, kassadagi nakd pul qoldiqlari va boshqa pul mablag’larining,
shuningdek g’aznachilik bo’linmalaridagi shaxsiy hisobvaraqlardagi pul
mablag’larining qoldiq summalarining to’g’ri aks ettirilganligi.
Tekshirish davomida balansning passiv qismidagi “Yil (chorak) oxiriga”
ustuni bo’yicha moddalarning to’g’ri aks ettirilganligi aniqlanadi va quyidagi
holatlarga e’tibor qaratiladi:
-
“Kreditorlar” bo’limida yil (chorak) oxiriga barcha hisob-kitoblar bo’yicha
qoldiq summalar (kreditorlik qarzlar)ni to’g’ri aks ettirilganligi;
-
“Moliyaviy natijalar” bo’limida tashkilotning joriy yilga moliyaviy natijalari
(300 - 343 qatorlar), shuningdek yakuniy moliyaviy natijalari (350 - 356 qatorlar)
har bir daromad (tushum)larning turlari bo’yicha alohida holda to’g’ri aks
ettirilganligi. Bunda, joriy yilga moliyaviy natijalar (300 - 343 qatorlar) bo’yicha
ko’rsatkichlar yillik balansda aks ettirilmaydi.
“Balansdan tashqari schyotlar” bo’limida hisobot davri oxiriga aks
ettirilgan balansdan tashqari schyotlar summasi ko’rsatiladi. Ushbu schetlarning
qoldiqdari va ularni vujudga kelish holatlari alohida o’rganiladi.
Dostları ilə paylaş: