Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasi bo’yicha pul mablag’lari
harakati to’g’risida hisobot shaklini tuzishdan oldin tashkilotlar:
-
hisobot choragi mobaynidagi faoliyat turiga muvofiq mahsulot (ish,
xizmat)lar ishlab chiqarish va sotishga, vaqtincha foydalanilmayotgan binolarni va
davlatning boshqa
mulklarini ijaraga berishga, yuridik va jismoniy shaxslar
tomonidan budjet tashkilotlariga ko’rsatilgan homiylik (beg’araz) yordamlarga,
shuningdek hisobot choragining oxirgi ish kunida
tejab qolingan budjet
mablag’lariga doir dastlabki hujjatlarni to’liqligini;
-
(shaxsiy) hisobvaraqlardan olingan ko’chirmalarni va tegishli hisob
registrlari ma’lumotlarini to’g’riligini tekshirib chiqadilar.
“1. Yil boshiga pul mablag’i qoldig’i” qatoriga
tegishli hisobvaraqlardan
ko’chirmalarga muvofiq Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasi bo’yicha
hisobot yilining birinchi yanvar sanasiga mavjud pul mablag’lari qoldig’i aks
ettiriladi. Bunda, g’aznachilik bo’linmalarining tegishli tranzit
hisobvaraqlaridagi tashkilotga tegishli bo’lgan qoldiq mab-lag’lar ham hisobga
olinishi lozim.
“2. Hisobot davrida tushgan daromadlar – jami” qatorida “a”, “b”, “v” va
“g” qatorlar bo’yicha hisobot davriga tushgan barcha
daromadlar
(tushumlar)ning yig’indisi ko’rsatiladi.
“a) mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotishdan”
qatorida
faoliyat turi bo’yicha mahsulot (ish, xizmat)lar ishlab chiqarish va
sotishdan
olingan jami tushumlar (pul mablag’lari) ko’rsatiladi.
“b) vaqtincha foydalanilmayotgan binolarni va davlatning boshqa
mulklarini ijaraga berishdan” qatorida vaqtincha foydalanilmayotgan binolarni
va boshqa mulklarni ijaraga berishdan tushgan daromadlar (pul mablag’lari)
ko’rsatiladi.
“v) yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan budjet tashkilotlariga
ko’rsatiladigan homiylik (beg’araz) yordami hisobidan” qatorida budjet
tashkilotini rivojlantirish jamg’armasi hisobvarag’iga homiy tashkilotlardan
hamda jismoniy shaxslardan tushgan homiylik yordamlari ko’rsatiladi.
“g) hisobot choragining oxirgi ish kunida tejab qolingan budjet mablag’lari
hisobidan” qatorida tejab qolingan va belgilangan tartibda budjet tashkilotining
rivojlantirish jamg’armasiga o’tkazilgan budjet mablag’lari ko’rsatiladi.
“3. Hisobot davrida amalga oshirilgan kassa xarajatlari – jami” qatorida
“Kassa xarajatlari – jami”da aks ettirilgan jami kassa xarajatlarining summasi
ko’rsatiladi.
“4. Hisobot davri oxiriga pul mablag’i qoldig’i” qatorida “1. Yil boshiga
pul mablag’i qoldig’i” qatorida aks ettirilgan summa va “2. Hisobot davrida
tushgan tushumlar – jami” qatorida aks ettirilgan tushumlar yigindisidan “3.
Hisobot davrida amalga oshirilgan kassa xarajatlari –jami” qatori bo’yicha aks
ettirilgan kassa xarajatlarining ayirmasi ko’rsatiladi.
“Xarajatlar yoyilmasi”da Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasi
mablag’lari hisobidan amalga oshirilgan kassa va haqiqiy xarajatlar
mazkur
hisobot shaklida keltirilgan xarajatlar iqtisodiy tasnifining xarajat moddalari,
kichik moddalari va elementlari bo’yicha aks ettiriladi.
Ushbu hisobot shakli tashkilotlar tomonidan har chorakda hisobot
choragidan keyingi oyning 10-sanasiga qadar topshiriladi.
Dostları ilə paylaş: