-
analitik hisob ma’lumotlarining hisobot davrining birinchi sanasiga sintetik
hisob yuritish hisobvaraqlari bo’yicha aylanmalar va qoldiqlarga bir xil bo’lishi,
shuningdek moliyaviy hisobotlar ma’lumotlarining sintetik va analitik hisob
ma’lumotlariga mosligi;
-
moliyaviy hisobotlardagi tegishli yozuvlarni qayd
etish uchun belgilangan
tartibda rasmiylashtirilgan birlamchi hujjatlardan foydalanish.
Ushbu asosiy shartlarga rioya qilinmagan holda tuzilgan moliyaviy
hisobotlar noto’g’ri tuzilgan deb hisoblanadi.
Tashkilotlar jamlanma moliyaviy hisobotlarni o’zlari ko’rib chiqqan
tasarrufidagi quyi tashkilotlarning moliyaviy hisobotlari hamda o’zining
xarajatlar smetasi bo’yicha moliyaviy hisobotlari asosida tuzilgan bo’lishi kerak.
Moliyaviy hisobotlar, qoida tariqasida, o’sib boruvchi tartibda bitta o’n
xonali sonda ming so’m hisobida tuzilishi lozim.
Moliyaviy hisobotlarni tekshirishda ko’rsatkichlari
manfiy qoldiq bilan
chiqqan (manfiy qoldiqqa ega bo’lgan), ya’ni ushbu ko’rsatkichlar “minus”
belgi bilan aks ettirilgan holatlarning sabablari tahlil qilinishi kerak. Faqat
me’yoriy-huquqiy hujjatlar talablarini buzmagan holda manfiy qoldiqqa ega
bo’lish mumkmn.
Moliyaviy hisobotni tuzishda ayrim hatoliklarga yo’l qo’yilmoqda. Eng ko’p
tarqalgan hatolardan biri bu yillik buxgalteriya hisobotini tuzish oldidan aktivlar
va majburiyatlarni inventarizatsiyadan o’tkazishdir. Unga ko’p tashkilotlarda
jiddiy
e’tibor
bermaydilar. Inventarizatsiya o’tkazish talablari №19
“Inventarizatsiyani tashkil etish va o’tkazish” nomli BHMSda qayd etilgan. Bu
talablar
asosiy vositalar, materiallar, pul mablag’larining saqlanishini va hisob-
kitoblarning aniqligini ta’minlab beradi. Debitorlik va kreditorlik qarzlarini
muddatining o’tib ketganligini ham inventarizatsiya natijalariga ko’ra aniqlanadi.
Buning uchun korxonalar o’rtasida qoldiqlar ko’rsatilgan holda solishtiruv
dalolatnomalarini tuzish va muddati o’tgan qarzlarni belgilangan tartibda hisobdan
chiqarish kerak. Umidsiz debitorlik va kreditorlik qarzlarining ro’yxati tuzilib, uni
inventarizatsiya komissiyasiga beriladi. Komissiya
tomonidan xulosa tuzilib,
korxona rahbariga taqdim etilgach hisobdan chiqarishga buyruq chiqarilishi
mumkin.
Inventarizatsiya jarayonida sanoqdan o’tkazilayotgan tovar-moddiy
zaxiralari va asosiy vositalarning saqlanish holatlari, ishlab chiqarilgan muddatlari
va zavod tomonidan berilgan raqamlariga e’tibor qaratish zarur. Bundan tashqari
TMZning sanoqli zaxirasiga ega bo’lgan korxonalarda ularning buzilishi,
qiymatining tushishi va ma’naviy eskirishi holatlari ham inventarizatsiya natijasida
aniqlanadi. Bunday TMZlarni hisobdan chiqarish uchun ham yuqorida
qayd etilgan
kabi inventarizatsiya komissiyasi ma’lumotlari asosida hisobdan chiqarishning
aniq sabablari keltirilgan dalolatnoma tuziladi. Yaroqli TMZlar esa sotishning sof
qiymatiga qadar arzonlashtirilishi kerak.
Tekshirish jarayonida qonunchilikka muvofiq budjet tashkilotlari balans
moddalari inventarizatsiyadan o’tkazgan bo’lishlari shart. Balans moddalari
inventarizatsiyasining asosiy maqsadi quyidagilardan iborat:
-
asosiy vositalar, kapital qo’yilmalar,
moddiy boyliklar, pul mablag’lari va
qat’iy hisobda turuvchi blankalari va boshqa aktivlarning haqiqatda mavjudligini
buxgalteriya hisobi ma’lumotlariga taqqoslash yo’li bilan aniqlash, shuningdek
moddiy boyliklar va pul mablag’larining saqlanishini nazorat qilish;
-
qonunchilikda belgilangan tartibga muvofiq belgilangan normativdan yuqori
bo’lgan va foydalanilmayotgan moddiy boyliklarni aniqlash;
-
moddiy boyliklar hamda pul mablag’larini saqlash qoidalari va shartlariga
rioya qilish;
-
balansda hisobga
olingan moddiy boyliklar, kassalardagi, banklarning
depozit hisob raqamlaridagi, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligining G’aznachiligi va uning hududiy bo’linmalaridagi (keyingi o’rinlarda
G’aznachilik bo’linmalari deb yuritiladi) shaxsiy
hisobvaraqlardagi pul
mablag’lari, hisob-kitoblar va balansning boshqa moddalari qiymatining
haqiqiyligini tekshirish.
Budjet tashkilotlarida moliyaviy hisobotlarning to’g’ri tuzilganligini
tekshirishda quyidagi hisobot shakllari alohida o’rganiladi:
Dostları ilə paylaş: