10-Mavzu: Budjet tashkilotlarida moliyaviy hisobotlar nazoarti
1. Budjet tashkilotlarida moliyaviy hisobotlar nazoratining maqsadi va
vaziflari
Budjet tashkilotlarida moliyaviy hisobot nazoratining maqsadi moliyaviy
hisobot ma’lumotlarining to’liqligi va ishonchliligini, ularning amaldagi
qonunchilikka muvofiqligini tekshirishdan iborat.
Tekshiruvni o’tkazishning asosiy huquqiy manbalari bo’lib quyidagilar
hisoblanadi:
-
O’zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi
qonuni
1996 yil 30 avgust;
-
O’zbekiston Respublikasining “Budjet kodeksi” 2013 yil 26 dekabr;
-
O’zbekiston Respublikasining “Soliq Kodeksi” 2007 yil 25 dekabr;
-
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1999 yil 3 sentyabrdagi
414-sonli “Budjet muassasalarini mablag’ bilan ta’minlashni takomillashtirish
to’g’risida”gi qarori;
-
O’zbekiston Respublikasi AV tomonidan 2009 yil 16 sentyabrda 2007-son
bilan ro’yhatdan o’tgan “Davlat budjetining g’azna ijrosi qoidalari”;
-
O’zbekiston Respublikasi Davlat budjetida turuvchi tashkilotlarning
xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini tuzish, ko’rib chiqish,
tasdiqlash va
ro’yhatdan o’tkazish tartibi to’g’risida”gi nizom;
-
“Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi yo’riqnoma O’z.R.
AV. tomonidan 2010 yil 22 dekabrda 2169-son bilan ro’yhatdan o’tgan;
-
O’zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan mablag’ bilan ta’minlanadigan
tashkilotlarning davriy moliyaviy hisobotlarini tuzish, tasdiqlash hamda taqdi
qilish bo’yicha qoidalar” O’z.R. AV. tomonidan 2011 yil 27 sentyabrda 2270-son
bilan ro’yhatdan o’tgan.
Amaldagi qonunchilikka muvofiq O’zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligi
bilan
kelishmagan
holda
moliyaviy
hisobotlar
shakllariga
o’zgartirishlar kiritishga yo’l qo’yilmaydi.
Tekshirish davomida moliyaviy hisobotlar
tarkibiga kiruvchi shakllar
asosiy manba sifatida olinadi, ya’ni:
-
balans (1-shakl);
-
xarajatlar smetasining ijrosi xaqida hisobot (2-shakl);
-
debitorlik va kreditorlik qarzlari to’g’risida ma’lumot;
-
budjet tashkilotining rivojlantirish jamg’armasi bo’yicha pul mablag’lari
harakati to’g’risida hisobot (2-RJ shakl);
-
tibbiyot muassasalarini moddiy rag’batlantirish va rivojlantirish jamg’armasi
bo’yicha pul mablag’lari harkati to’g’risida hisobot (2-TMRJ shakl);
-
ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt shaklidan tushgan
mablag’lar harakti to’g’risida hisobot (2-TK shakl);
-
boshqa budjetdan tashqari mablag’lar harakati bo’yicha hisobot;
-
joriy yilning moliyaviy natijalari to’g’risida hisobot;
-
nomoliyaviy aktivlarning harakati to’g’risida hisobot;
-
agarda tashkilotlar qonunchilikka muvofiq hisobot davrida mahsulot (ish,
xizmat)lar ishlab chiqarish va sotish faoliyatlarini amalga oshirsa,
u holda ushbu
faoliyatlar bo’yicha belgilangan tartibda va muddatlarda moliya organlariga 2-
shakl moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotni taqdim qiladilar.
Tekshirish davomida barcha yillik va choraklik moliyaviy hisobotlarga
ilova qilingan tushuntirish xati tekshirish manbasi sifatida foydalaniladi. Chunki,
ushbu tushuntirish xatida budjet va budjetdan tashqari mablag’lar ijrosi
jarayonida vujudga kelgan asosiy omillar, jumladan:
-
budjetdan ajratilgan mablag’larni iqtisod qilinishning sabablari tahlili;
-
debetorlik va kreditorlik qarzlarining vujudga
kelish sabablari va davri,
agarda muddati o’tgan qarzdorliklarga yo’l qo’yilgan bo’lsa, undirish bo’yicha
ko’rilgan choralar;
-
qonunchilikka muvofiq tashkilotlarga soliq va boshqa majburiy to’lovlar
bo’yicha berilgan imtiyozlar natijasida bo’shab qolgan mablag’lar va ularning
sarflanishi;
-
tashkilot tomonidan hisobot davrida kirim qilingan va sarflangan qog’oz
to’g’risida ma’lumotlar;
-
o’g’irlik va kamomadlar to’g’risida ma’lumotlar;
-
moliyaviy hisobotlar bilan bog’liq bo’lgan boshqa tushuntirishlar;
-
hisobot yilining birinchi choragi bo’yicha moliyaviy hisobotlarga
tushuntirish xatida asosiy vositalar va boshqa aktivlarni (jumladan, tugllanmagan
qurilish va o’rnatiladigan asbob uskalarni) qayta baholash bo’yicha
axborotlar
yoritiladi.
Tushuntirish xati tashkilot rahbari yoki uning o’rinbosari (birinchi imzo
huquqidan foydalanuvchi shaxs), tashkilot bosh hisobchisi yoki uning
o’rinbosari (ikkinchi imzo huquqidan foydalanuvchi shaxs) hamda moliya-
iqtisod bo’limi boshlig’i (shtatlar jadvaliga muvofiq holda reja-iqtisod bo’yicha
mutaxassis) tomonidan imzolanadi va tashkilotning asosiy muhri bilan
tasdiqlanadi. Ushbu mas’ul shaxslar qaysi hisobot davrida ishlaganligi tekshirish
dalolatnomasining kirish qismida aks ettirilishi kerak.
Tekshirish davomida moliyaviy hisobot shakllaridagi barcha rekvizitlar va
nazarda tutilgan ko’rsatkichlar to’ldirilishiga e’tibor qaratilishi kerak.
Tashkilotlarda
tegishli aktivlar, passivlar va operatsiyalarning mavjud emasligi
sababli biror-bir modda (satrlar, ustunlar) to’ldirilmagan taqdirda, ushbu modda
(satr, ustun) ustidan chizib qo’yiladi.
Dostları ilə paylaş: