Bunda, budjetdan tashqari mablag’lar hisobidan sotib olingan asosiy
vositalar bo’yicha hisoblangan eskirish summasi esa, tegishli ravishda budjetdan
tashqari mablag’larning harakati to’g’risidagi hisobotlarda xarajatlar iqtisodiy
tasnifining 43 50 000 “Asosiy vositalarni sotib olish” xarajat moddasining
tegishli kichik modda va elementlari bo’yicha haqiqiy xarajatlar sifatida aks
ettiriladi.
Budjet tashkiloti bo’lmagan budjetdan mablag’ oluvchi tashkilotlar
tomonidan budjetdan olingan mablag’larning ijrosi bo’yicha tuzilgan xarajatlar
smetasining ijrosi haqida hisobot (2-shakl)da xarajatlar iqtisodiy tasnifining
tegishli moddalari, kichik moddalari va elementlari bo’yicha amalga oshirilgan
kassa xarajatlaridan oshmagan holda haqiqiy xarajatlarni to’liq aks ettirilganligi
aniqlanishi kerak.
Asosiy xarajatlar smetasi bo’yicha moliyalashtiruvchi tegishli moliya
organiga mazkur hisobotlarning nusxalari ma’lumot uchun takdim qilinadi.
Xarajatlar smetasining ijrosi haqida hisobot (2-shakl) xarajatlar tasnifining
har bir bo’lim, kichik bo’lim va bobi bo’yicha alohida holda tuziladi.
Budjet tashkilotlari tomonidan budjet hisob raqamlaridagi (shaxsiy
hisobvaraqlaridagi) tejab qolingan va belgilangan tartibda Budjet tashkilotini
rivojlantirish jamg’armasi hisob raqamiga o’tkazilgan budjet mablag’lari alohida
“Tejab qolingan va Budjet tashkilotining rivojlantirish jamg’armasiga
o’tkazilgan mablag’lar” (I - IV xarajat guruhlariga qo’shilmagan holda) qatorida
hisobot davrining kassa xarajatlari sifatida aks ettirilishi kerak.
Dostları ilə paylaş: