Budjet nazorati


To’lovlarni mahsus turlariga doir hisoblashuvlar bo’yicha moliyaviy



Yüklə 2,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/132
tarix21.10.2023
ölçüsü2,32 Mb.
#158278
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   132
Budjet nazorati 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

To’lovlarni mahsus turlariga doir hisoblashuvlar bo’yicha moliyaviy 
natijani tekshirish
. Budjet tashkilotiningto’lovlarning mahsus turlariga doir 
hisoblashuvlar bo’yicha joriy yilga moliyaviy natijalari bu tashkilotning mazkur
mablag’lari bo’yicha moliya yili mobaynida, ya’ni hisobot yilining 1-yanvaridan 
31 dekabriga qadar bo’lgan davr mobaynida hisoblangan ota-onalarning 
mablag’lari va ushbu vaqt mobaynida amalga oshirilgan xaqiqiy xarajatlarini 
solishtirish natijasida olingan ko’rsatkichlardir.
To’lovlarni mahsus turlariga doir hisoblashuvlar bo’yicha moliyaviy 
natijani audit qilishda 24 “To’lovlarni mahsus turlariga doir hisob-kitoblar
bo’yicha joriy yilga moliyaviy natijalar” schyoti hisobda subsyotlarni ochilish 
darajasi, ularning aylanishlari va asos bo’lgan birlamchi hujjatlar tekshiriladi. 
Ushbu schet bo’yicha quyidagi subschyotlar ochilishi kerak: 
240 “To’lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar bo’yicha joriy yilga 
moliyaviy natijalar”; 
241 “To’lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar bo’yicha mablag’lar 
hisobiga amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar”; 
242 “Ta’lim muassasalarida hisoblangan ota-onalarning mablag’lari”; 
241 “To’lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar bo’yicha mablag’lar 
hisobiga amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar” subschyotida tashkilotlar tomonidan 
bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalari va boshqa muassasalarda saqlanganligi 
(o’qitganligi)uchun ularning ota-onalari bilan amalga oshirilgan haqiqiy 
xarajatlarni sintetik hisobi tekshiriladi. 
Ushbu mablag’lar bo’yicha amalga oshirilgan xaqiqiy xarajatlar yil davomida 
241 “To’lovlarning maxsus turlariga doir hisob- kitoblar bo’yicha mablag’lar 
hisobiga amalga oshirilgan xaqiqiy xarajatlar” subschyotining debetida aks ettirilib 
boriladi, bunda hisob-kitoblar va boshqalarni hisobga oluvchi tegishli subschyotlar 
kreditlanadi. Tekshirish jarayonida ushbu subschyotlar bo’yicha amalga oshirilgan 
yozuvlarning asoslanganligi nazoartga olinishi kerak. 
Yil ohirida 241 “To’lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar bo’yicha 
mablag’lar hisobiga amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar” subschyoti debitida aks 
ettirilgan barcha haqiqiy xarajatlar 240 “To’lovlarning maxsus turlariga doir hisob-
kitoblar bo’yicha joriy yilga moliyaviy natijalar” subschyotning debitiga yozib 
hisobdan o’chirish yo’li bilan yopiladi. Yil oxirida 241 “To’lovlarning maxsus 


turlariga doir hisob-kitoblar bo’yicha mablag’lar hisobiga amalga oshirilgan 
haqiqiy xarajatlar”subschyotda qoldiq qolmaydi. Xarajatlarni nazorat qilishda 
ularni har bir turi va moddalari bo’yicha analitik hisobni yuritilishiga e’tibor 
qaratish zarur.

Yüklə 2,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   132




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin